Ilmiy munozarali darslarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
Ilmiy munozarali darslarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, ilmiy munozara o’tkaziladigan muammolarning umumiy obzori, darsda o’quvchilar guruhi bajaradigan topshiriqlar bilan tanishtiradi.
II. O’quvchilar faoliyatini munozarali va muammoli vazifalarni bajarish va hal etishga yo’llash.
III. O’quvchilar guruhi o’rtasida o’quv bahsi va munozarani tashkil etish.
IV. O’quv bahsi va munozara yakuni. O’qituvchi dars davomida bahs va munozara keltirib chiqargan muammolar yechimidagi asosiy g`oya va tushunchalarni takidlab, xulosalar chiqaradi.
IV. O’quvchilarni baholash. O’quv bahsi va munozaralarda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
Didaktik o’yinli darslar orasida konferensiya darslari ham muhim o’rin tutadi. Konferensiya darslari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi konferensiya darsini o’tishdan avval dars mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Mazkur dars o’tishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. E’lon qilingan didaktik o’yinli darsda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchilarning ixtiyorida bo’ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o’qituvchi tomonidan ijobiy rag`batlantirish va muloqot madaniyati, o’quvchilarning darsga qizg`in ishtiroki muhim omil sanaladi.