Davlat xaridini tanlov o’tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Shartnomani bajarish bo’yicha eng yaxshi shartlar tanlov ishtirokchilarining takliflarini baholash bo’yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
2-savol bayoniEng yaxshi takliflarni tanlash (tanlov) o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon tanlov ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida 30 kun avval davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladi. Tanlov o’tkazilishi to’g’risidagi e’londa quyidagi axborot bo’lishi kerak: * tovarning (ishning,xizmatning) batafsil tavsifi va narxi; * tanlov o’tkaziladigan joy manzili;
* tanlov ishtirokchilariga qo’yiladigan talablar; * davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan aloqada bo’lishi uchun bog’lovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxsning yoki boshqa xodimlarining nomi,lavozimi va manzili; * tanlov hujjatlari qoidalarini izohlash uchun so’rov berish shakli; * takliflarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
* tanlov takliflarini rasmiylashtirishga doir talablar. Tanlov o’tkazish to’g’risidagi e’londa qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa axborot ham bo’lishi mumkin. Tanlov hujjatlari davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o’tkazilishi to’g’risidagi e`lon bilan bir vaqtda joylashtiriladi.
Tanlov hujjatlarida quyidagilar bo’lishi kerak: * tanlov o’tkazilishi to’g’risidagi e’londa ko’rsatilgan axborot; * shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda to’lov tartibi haqidagi axborot; * tanlovda ishtirok etish uchun taklif qaysi tilda tayyorlanishi kerakligi bo’yicha talab; * tanlov ishtirokchilariga tanlov hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi,taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
* agar tovarning (ishning,xizmatning) muqobil variantlariga yo’l qo’yilsa, lotni almashtirish bo’yicha muqobil takliflarni baholash tartibining tavsifi; * texnik topshiriq; * Qonunga muvofiq ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari va ko’rib chiqish tartibi. Tanlov hujjatlarida davlat buyurtmachilari har bir tovar (ish,xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko’rib chiqilishini e’lon qilishi mumkin.