Tanlov ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi axborot ishonchsiz ekanligi aniqlangan taqdirda,xarid komissiyasi bunday ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilining istalgan bosqichida tanlovda ishtirok etishdan chetlatishi mumkin.Tanlov g’olibini tanlov hujjatlarida ko’rsatilgan mezonlar asosida aniqlash uchun xarid komissiyasi rad etilmagan takliflarni baholashni amalga oshiradi.
E’londa tanlovni o’tkazish vaqti sifatida ko’rsatilgan vaqtda xarid komissiyasi tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar solingan konvertlarni takliflarni baholash uchun ochadi.Tanlov ishtirokchisining vakolatli vakili konvertlarni ochish tartib-taomili chog’ida hozir bo’lishga haqli. Tanlov hujjatlarida va taklifda ko’rsatilgan mezonlar asosida shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan tanlov ishtirokchisi g’olib deb topiladi.
Agar tanlov hujjatlarida tanlovning har bir tovari (ishi,xizmati) xarid qilish tartib-taomili- ning alohida birligi sifatida ko’rib chiqilishi nazarda tutilgan bo’lsa,xarid komissiyasi g’olibni tanlovning har bir predmeti bo’yicha aniqlaydi. Takliflarni ko’rib chiqish hamda baholash natijalari takliflarni ko’rib chiqish va baholash bayonnomasida qayd etiladi. Bayonnomada quyidagi axborotlar bo’lishi kerak: -tanlov takliflari ko’rib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt to’g’risidagi axborot;
-hozir bo’lgan xarid komissiyasi a’zolarining va tanlov ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi axborot; -takliflari ko’rib chiqilgan tanlov ishtirokchilari to’g’risidagi ma’lumot; -takliflari ularni rad etishning aniq sabablari ko’rsatilgan holda rad etilgan tanlov ishtirokchilari haqidagi axborot; -tanlov g’olibi to’g’risida qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumot; -tanlov g’olibining nomi (yuridik shaxslar uchun),familiyasi,ismi,otasining ismi (jismoniy shaxslar uchun), turgan joyi (pochta manzili).
Takliflarni ko’rib chiqish va baholash bayonnomasi xarid komissiyasining barcha a`zolari tomonidan imzolanadi hamda undan olingan ko’chirma u imzolangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portalida e’lon qilinadi.