Mavzu: Taraqqiyotning o’zbek modeli



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə3/4
tarix15.06.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130570
1   2   3   4
O\'zbek model

Uchinchidan, aholida shaxsning, barcha ijtimoiy guruh va qatlamlarning manfaatlari to‘liqroq hisobga olinadi va ularning yaratuvchilik imkoniyatlari, ijodiy salohiyati samaraliroq ro‘yobga chiqadi. Jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yil sayin ortib boradi. Fuqarolik jamiyati asoslari shakllanadi. Demak, qonunning ustuvorligi tamoyili – O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat yangilanishi, inson shaxsining yuksalishi uchun xizmat qiladi.

To‘rtinchi tamoyil: Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bunda bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan tegishli choratadbirlar ko‘rish nazarda tutiladi. Kuchli ijtimoiy siyosatning tarkibiy qism va yo‘nalishlari ko‘p. Ular orasida ijtimoiy ta’minot, yangi ish o‘rinlarini yaratish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat, sport va jismoniy tarbiya sohalari faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash va isloh qilish qanchalik muhim o‘rin tutsa, jinoyatchilikka qarshi kurashish, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash kabi masalalar ham shunchalik dolzarbdir. Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish va aholining turli qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish o‘zbek modelining insonparvarlik mohiyatini belgilovchi tamoyillardan biridir.

Beshinchi tamoyil: Bozor iqtisodiyotiga tadrijiy asosda, puxta o‘ylab, bosqichmabosqich o‘tish. Bu jarayon islohotlarning huquqiy asoslari va kafolatlarini vujudga keltirishni, aholini ijtimoiy himoyalash va ularda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish bilan birga olib borishni nazarda tutadi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, yangi jamiyat barpo etish uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo‘lib, u faqat tegishli mavjud ishlab chiqarish va faoliyat tuzilmalari va huquqiy asosni yaratishnigina emas, shu bilan birga, qadriyatlar tizimida chuqur o‘zgarishlarni, xo‘jalik faoliyatini va amaliy munosabatlarni amalga oshirishni ham ko‘zda tutadi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin