Mavzu: tarbiya fanini o'qitish tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 133,21 Kb.
səhifə8/33
tarix05.10.2023
ölçüsü133,21 Kb.
#152363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli-fayllar.org

Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya —bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, qonunga itoatkor xulqatvor ko‘nikmalari va odatlarni shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni ko‘zlagan ifodasidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarur.
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning tamoyili jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. Avvalo, huquqiy tarbiya yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi sanaladi.
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi quyidagilardan iboratligini ifodalaydi:
Birinchidan, huquqiy tarbiya subyektlariga: davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi.
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya obyektlariga: mansabdor
shaxslar, fuqarolar, ichki ishlar idoralari xodimlari kiradi.
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlari kiradi.
To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, viktorinalar kiradi.
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag‘batlantirish, majburlash kabilar kiradi.
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniya, adabiyot va san’at asarlari, ko‘rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi.
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy tarbiyaning bog‘liqligi yanada ortadi.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi. Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari, politexnik ta’lim o‘rganiladi. Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha bir qancha xususiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi, politexnik ta’lim —bu ishlab chiqarishning barcha sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy asoslarni va prinsiрlarni, mehnat ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi, bu — umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quvchilarni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etishni taqozo qiladi.
Uchinchisi, ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak, makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish, maktab uchastkasida ishlash).
To‘rtinchisi, o‘z-o‘ziga xizmat qilish. U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash, ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda, tartibli saqlashni nazarda tutadi.
Beshinchisi, uy mehnati, bu ham maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.

Yüklə 133,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin