Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli
Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi. Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi o‘sib kelayotgan avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama etuk etib tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan etuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. SHuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omildir. O‘zbekiston Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko‘rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Bu xususida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof etadi: «Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun, o‘z qobiliyatini, o‘z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma’nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir».
Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta’kidlansa, islom ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra etuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lishdir.
2. SHaxsning jamoada qaror topishi. SHaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo‘lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me’yorlar mohiyatini o‘zlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. SHuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo‘lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
3. Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. CHunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.