Mavzu: tarbiya fanini o'qitish tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash



Yüklə 331,49 Kb.
səhifə16/26
tarix28.04.2023
ölçüsü331,49 Kb.
#104388
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. SHaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
YUqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga ko‘ra to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi.
4. Jamoani shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo‘yilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam bo‘lishi, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Ta’lim-Ta’lim tamoyillari o‘zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko‘rinishlari o‘zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi.
Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin:
Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g‘oyalarni ifodalaydi:

  • fuqarolik;

  • ilmiyligi;

  • tarbiyalovchi ta’lim;

  • fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);

  • tabiat bilan uyg‘unligi;

  • madaniyat bilan uyg‘unligi;

  • insonparvarligi.

Fuqarolik tamoyili. Unga ko‘ra ta’lim mazmunini shaxsning sub’ektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo‘naltirishda namoyon bo‘lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o‘zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog‘liq.

Yüklə 331,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin