Reja Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya. Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix06.04.2023
ölçüsü232,96 Kb.
#93978
  1   2   3   4   5   6   7
1 madaniyatshunoslik



1-mavzu. Madaniyatshunoslik fani predmeti va vazifalari 
 
Reja 
 
1.Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. 
2.Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari.
3. Madaniyat va sivilizatsiya. 
Tayanch so‘z va iboralar 
 
Madaniyatshunoslik predmeti. Mentalitet. Dialektik metod. Sistemali yondashuv metodi. 
Tarixiylik metodi. Madaniyat tushunchasi. Moddiy madaniyat. Ma’naviy madaniyat. Madaniyatning 
vazifalari. Sivilizatsiya. Vorisiylik. Ma’naviy meros. Qadriyatlar. Milliy qadriyatlar. Umuminsoniy 
qadriyatlar. Milliy o‘ziga xoslik. Milliy tiklanish. XXI asrda dunyoni madaniyat va ma’naviyat qutqaradi 
Madaniyatshunoslik eng yosh fan hisoblanadi. U asosan XX asr ikkinchi yarmida 
ijtimoiy muammolarni yechishda madaniyatning ta’sirini ko‘tarishga, ta’limtarbiya ishlarini 
insonparvarlashtirishga, ehtiyojning kuchayishi natijasida mustaqil fan sifatida shakllandi. G‘arb 
mamlakatlari Oliy o‘quv yurtlarida Madaniyatshunoslik fani o‘qitila boshlandi. Sobiq Sovet Ittifoqi 
davrida madaniyatshunoslikka soxta fan deb qaraldi, unga yetarli e’tibor berilmadi, ta’lim 
muassasalarida o‘qitilmadi.
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan keyin madaniyatshunoslik fani 
respublika Oliy o‘quv yurtlarida alohida fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. 
Xo‘sh, madaniyatshunoslik qanday fan? 
Madaniyatshunoslik fanining predmeti inson faoliyati, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va 
ma’naviy qadriyatlari sivilizatsiyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi, madaniyatlararo muloqot kabi 
dolzarb masalasidir. Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonni, uning 
mazmunmohiyati va ahamiyatini tahlil qiladigan, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini 
o‘rganadigan gumanitar fandir.
Madaniyatshunoslik fani, birinchidan, insoniyat taraqqiyotining ibtidoiy turmush tarzidan to 
hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi madaniy jarayonni butunligicha, yaxlit idrok etishga, madaniyat 
taraqqiyoti haqida barcha fanlar tomonidan to‘plangan bilim va tushunchalarni integratsiyalashga 
ko‘maklashuvchi fandir. 

Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin