Siyosiy madaniyat –
kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, maqsadlarini ifodalovchi
siyosiyhuquqiy g‘oyalar majmuyidir. Siyosiy madaniyat jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalari
manfaatlari bilan bog‘liq holda vujudga keladi va siyosiy faoliyatda namoyon bo‘ladi. Har bir
ijtimoiy tabaqa o‘zining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib g‘oyalar, dasturlar ishlab chiqadi,
siyosiy tashkilotlar tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat
qiladi.
Siyosiy madaniyat huquqiy madaniyat bilan bog‘liq. Huquqiy madaniyat qonunlarni bilish,
ularga
amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy munosabatlar, huquqiy faollik
madaniyati demakdir.
Iqtisodiy madaniyat deganda iqtisodiy bilim,
iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat,
iqtisodiyijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati jamiyat iqtisodiy
madaniyatining tarkibiy qismidir. Shaxs iqtisodiy madaniyatining kamol topishi uchun iqtisodiy
qadriyatlarni, iqtisodiy bilimlarni puxta egallashi lozim, shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat
yurita oladi.
Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi.
Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy
qadriyatlar tizimini ifodalasa, shaxs axloqiy madaniyatida
axloqiy qadriyatlarning individuallikda qanday darajada aks etishi ifodalanadi.
Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, din, fan va
boshqalar ham muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: