Reja Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o‘rganishning metodologik asoslari. Madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va vazifalari. Madaniyat va sivilizatsiya. Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 232,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix06.04.2023
ölçüsü232,96 Kb.
#93978
1   2   3   4   5   6   7
1 madaniyatshunoslik

Qadriyat – borliq va jamiyat, voqelikdagi muayyan narsalar, voqealar, hodisalarning, inson 
hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiyaxloqiy, madaniyma’naviy ahamiyatini 
ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha. Ko‘pgina hollarda kishilar qimmatbaho buyumlarni 
qadriyat deyishadi. Aslida esa qadriyat so‘zining ma’nosi boshqacharoq. Masalan, ming yillar 
ilgarigi buyumning bugungi kun uchun moddiy jihatdan bahosi arzimas bo‘lishi mumkin, negaki, 
uni hozir ishlatib, undan foydalanib bo‘lmaydi. Ammo bobokalonlarimizdan bizgacha yetib kelgan 
moddiy va madaniy meros sifatida u buyum nihoyatda qadrli, ahamiyatli bo‘lishi mumkin. 
Qisqa qilib aytganda, qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan 
barcha moddiy va ma’naviy madaniyat unsurlari tushuniladi. Qadriyatlar ijtimoiytarixiy 
taraqqiyot mahsuli bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, 
ma’naviyma’rifiy an’analar, urfodatlar, xattiharakatlar majmuyidir. Qadriyat insoniyat yaratgan va 
yaratayotgan moddiy va ma’naviy boyliklarning gultojidir. Qadriyatlarning ahamiyati shundaki, ular 
kishilarning xattiharakatini, xulqatvorini tartibga, tegishli me’yorga solishga va to‘g‘ri yo‘naltirishga 
xizmat qiladi. 
Qadriyatlarni madaniyat singari moddiy va ma’naviy qadriyatlarga ajratish mumkin. Moddiy 
qadriyatlarga insonlar uchun jismoniy qulayliklar yaratuvchi xo‘jalik, texnik, sog‘liq, jinsiy juftlik, 
moddiy boylik, qulay maishiy shartsharoitlar, toza suv, sifatli oziqovqat va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ma’naviy qadriyatlarga insoniyat hayotiga ming yillar davomida shakllangan an’ana, urfodat va 
marosimlar, ilmiy, ma’rifiy axloqiy, estetik, diniy, badiiy va boshqa ma’naviy boyliklar kiradi. Ayrim 
qadriyatlar tarixiy, davriy xususiyat kasb etib, davr o‘zgarishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. Shu 
bilan birga, doimiy, universal ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar ham mavjud. Masalan, odamni 
qahramonlikka, Vatanga sodiqlikka undovchi qadriyatlar. Badiiy, axloqiy qadriyatlar ham 
universal qadriyatlar hisoblanadi. Eng yuksak qadriyatlar erkinlik, tinchlik, ezgulik, mehr va 
muruvvat, yaxshilik, go‘zallik, muhabbat, adolat, haqiqat, baxt singari mezonlarda ifodalanadi. 
Bu ne’matlar shuning uchun qadriyatlar deyiladiki, ularni kishilar o‘zlari uchun ahamiyatli bo‘lganligi 
uchun qadrlaydilar. 
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning asrlar davomidagi amaliy 
faoliyatida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar orasida eng oliysi inson, uning hayotidir. 
Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida erkinlik, ozodlik, tenglik, barqarorlik, tinchlik, totuvlik 
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlardir. 


Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga ham 
bo‘linadi. 
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiyruhiy hodisa bo‘lib, u millatning genofondi, tili, turmush tarzi, 
madaniyati, tarixi, urfodatlari, an’analari, milliy ongi, moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, 
ijtimoiysiyosiy hayotining barcha jihatlarida namoyon bo‘ladi. O‘z milliy qadriyatiga ega 
bo‘lmagan millat yo‘q. Milliy qadriyatlarning sohibi muayyan millatdir. Millatning tanaz
Yüklə 232,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin