MAVZU: TARBIYA JARAYONINI
SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
ILG’OR XORIJIY TAJRIBALAR.
Yaponiya ta`limida ``iqtidorli o`quvchi `` tushunchasi yo`q. chunki har bir o`quvchi alohida iqtidor sohibidir.
Ilg’or mamlakatlar ichida Yaponiya ta’limi o’ziga xos yo’nalishi yetakchi o’rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha:
maktabgacha ta’lim , boshlang’ich maktab , kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oiliy ta’lim tizimlariga kiruvchi oliy o’quv yurtlari.
Boshlang’ich maktabda o’qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o’z xulqining
Yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o’rgatishadi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi.
Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o’qituvchining maoshi davlat rahbarlari
orasida ham yuqori bo’lgan yagona davlat.
Majburiy ta’lim muhiti. Ta’limning bu pog’onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha
bo’lgan bolalarni o’z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam
ko’rsatiladi.
Yuqori o’rta maktab 10-11-12-sinflarni o’z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlari mavjud. Yuqori bosqich o’rta maktablarda butun o’quv jarayonida o’quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O’quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o’z xohishlariga
ko’ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi.
Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va mas’uliyati ayniqsa kattadir.
Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo’lib o’sishlari uchun oila sulolasi
va davlat oldida o’zlarini ma’sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida
ko’plab metodik qo’llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya
orqali ko’plab pedagogik maslahatlar berib boriladi.
Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo’llib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qog’oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak bo’lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o’rnatilgan.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg’unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o’rgansa arziydigan jihatlari
ko’p. E’tiborli yana bir tomoni – Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan cheklanibqolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning
ilg’or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o’zlashtiril-gan.
Bunday tajribalar Respublikamiz ta’lim tizimini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishda qo’l kelishi shubhasiz.
Amerikada o’rta ta’lim 12 yil bo’lib
boshlang’ich o’rta va quyi maktablarga bo’linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o’quvchilarning 88 foizi o’qiydi.Ta’lim
muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, Qo`shma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta’limga sarflanadi.
12foiz o’quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar, turli mablag’lar va xayriya mablag’lari hisobidan shakllantiriladi.
Mamalakatlarda ta’lim maskanlari raqamlarga ega emas, ammo ular hududlar bo`yicha yoki mashhur kishilar nomi bilan ataladi.
Odatda har bir sinf xonasi televizor va kompyuterga ega. Kompyuter sinflari yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Amerikada nusxa ko’chirish uskunalari juda ko’p joylashtirilgan. Chunki o’qituvchi tomonidan o’quvchlarga deyarli barcha vazifalar bosma shaklda beriladi.Boshlang’ich maktabda har yil sinf o‘qituvchisi
o’zgaradi. Boshlang’ich sinflarda matematik bilimlarning hajmi Rossiya va Angliya maktablari darajasiga nisbatan biroz yengilroq.
Amerika maktablaridagi o’ziga xos usullaridan biri har bir o’quvchining, ,
Hisobot kartasi”yuritilishidir. Unda o’quvchi 10 xil xatti -harakati bo’yicha
baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan, farzandlariga
oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi.
Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o’quvchilari uchun “Sevimli o’yinchoq” metodini qo’llashadi. Bu metodda bolalar o’yinchog`ini tariflaydi.
Mazkur metodni qo’llashdan maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bo`lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o’rgatishdir. Amerikada ta’limni haddan ziyod
demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli boy moddiy baza va tajribaga ega bo’lgan
davlatda butunlay savodsiz bo’lgan bolalar ham topiladi.
Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o’choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro o’z shaxsini erkin rivojlantirish, o’z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o’qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta’lim tizimi boshlang’ich va o’rta ta’lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o’qish bepul.
Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab tiplariga bo`linadi: boshlangi’ch
maktab; yo’nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab; gimnaziya; umumiy
maktab ; maxsus maktab.
Boshlang’ich maktab ta’lim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlang’ich
maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish maktabga o’tishadi. Asosiy yoki to’liq xalq
maktabi boshlang’ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan
barcha o’quvchilar uchun majburiydir.
Asosiy maktab o’qituvchilari o’zlarini
o`qituvchi emas, ijtimoiy pedagog, deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagi
o’quvchilar yomon o’zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta’lim olishiga majbur
bo’lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo’lib, odatda 5-10-sinflarni
o’z ichiga oladi.
Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va
o’quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish
ko’nikmalariga yuqori talab qo’yadigan kasb egalari bo’lishi uchun kasbiy ta’lim
kurslariga tayyorlaydi.
Ayni damda AQSH pedagogikasidagi:
1. Bolani o’z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhiyatida tarbiyalash.
2.O’quvchinig eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchunkurash
3.Bolani kamsitmaslik, insoniylik qadriyatlarini va g’ururini yerga urmaslik
4.O’quvchini ilk davridanoq kasbga yo’naltirish
5. Vataniga faxr va iftixor ruhi bilan tarbiyalash.
Yaponiya ta’limidagi :
1. Bolani maktabga puxta tayyorlash
2. Kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
3.O’quvchilarni nafosat jismoniy kamolotiga berilayotgan etibor;
4. O’qituvchi kadrlariga yuksak talabchanlik;
5. Yosh talantlar bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
Germaniya ta’limidagi :
1. Tabaqallashtirib o’qitishga kuchli e’tibor;
2.O’quvchilarni mehnat ta’limini mustahkamlash
3. Kasbga yo’naltirish.