Mavzu: Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar



Yüklə 75 Kb.
səhifə1/3
tarix04.05.2023
ölçüsü75 Kb.
#107150
  1   2   3
Mavzu Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar


Mavzu: Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar
Reja:
1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘gri rivojlantirish uchun namuna ekanligi.
2. Tarbiyachi nutqiga qoyilgan pedagogik talablar.

Tayanch tushunchalar: ilg’or tajribali, tabiatga qiziqish, haqiqatgo‘ylik, madaniyatli munosabat, madaniy ahloq, texnikaviy vositalar, murakkab oborotlar, ritmika, monoton nutq, pauza, ritm, tembr, ohang, sheva, mahalliy so‘zlashuv, diksiya, ibora, nutqning shoshqaloqligi.

1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘gri rivojlantirish uchun namuna ekanligi. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, goyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikkasini chukur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Predmeti va uning nazariyasini chuqur bilishi, bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog – tarbiyachining obro‘sini oshiradi. Bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni xurmat qilish tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan, talablaridan hisoblanadi. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog – tarbichi bo‘la olmaydi.
Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. O‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga xurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg’otadi, uqituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog’liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat –yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin