Mavzu: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahorat



Yüklə 5,37 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü5,37 Kb.
#114414
Mavzu Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahorat-hozir.org


Mavzu: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahorat

Mavzu: Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda pedagogik mahorat


Reja:
1. Tarbiyaviy ishlarni amalga оshirishda pedagоgik mahоrat va uning turlari.
2. Tarbiyaviy ishlarni mоhirоna tashkil etish.
3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining mahоrati.
«Pedagogik mahorat» tushunchasi murakkab bo‘libquyidagi komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat.
I - O‘qituvchining shaxsi va uning kasb faoliyatiga ijobiy munosabati;
II - kasbga oid bilimlar;
III – kasbiy faoliyatiga oid qabiliyatlar; ko‘nikma va malakalar;
IV - kasbiy ijodkorlik.
Ushbu qobiliyatlar pedagogning asosiy funksiyalarga mos keladi. Bular quyidagilar:
a) tashkilotchilik qobiliyati - o‘qituvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, mu’im vazifalarni ‘al etishga ru’lantirishni va o‘z ishini to‘ri uyushtrishni nazarda tutish (xususan o‘z ishini to‘ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish, uni konkret ‘ollarda bor sharoitlarga moslashtirish);
b) to‘g‘ri muomala qila olish (kommunikativ) qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular va ularning ota-onalari bilan pedagogik va psixologik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish;
v) didaktik qobiliyati – xususan, bilish va tushuntira olish qobiliyati - bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanlarni o‘quv fani hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq bo‘ladi, o‘z fanlari sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
SHu bilan birgalikda o‘qituvchi, o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta oladi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg’otadi hamda zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira oladi, qiyin narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza oladi.
Bunday qobiliyatli o‘qituvchi dars materiallini bayon etish jarayonida o‘quvchilarning qanday o‘zlashtirayotganliklarini qator belgilar asosida payqab oladi va zarur hollarda bayon qilish usulini o‘zgartiradi;
g) kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘qituvchi o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira oladi, uning shaxsini vaqtinchalik ru’iy ‘olatlarini juda yaxshi tushuna bilish. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ru’iyatidagi ko‘z ilamas o‘zgarishlarni ‘am tez fahmlab oladi;
Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi, hamda o‘rinli qochiriq, hazil, engilgina istehzo nutqni o‘zlashtiradilar. O‘quvchining nutqi jonli, obrazli talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, xis-hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim;
d) nutq qobiliyati - nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o‘z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi.
Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi, hamda o‘rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni o‘zlashtiradilar. O‘quvchining nutqi jonli, obrazli talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, xis-hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim;
e) obro‘ ortira olish qobiliyati - o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig’indisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qatiiyligi, talabchanligi va xakozalarga), shuningdek o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish masuliyatini his etishga, o‘zining xaq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog ‘liq.
y) kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati - o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra bilishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga boliqdir.
j) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari hajmi, kuchi, ko‘rquvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Bu qobiliyat o‘qituvchilik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi saboqni bayon qilish mazmuni va formasini, o‘z fikrini (yoki o‘quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o‘quvchilarni ko‘rib turadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini xushyorlik bilan kuzatadi, intizomsizlik xollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat xatti-harakatlarini ham kuzatib boradi.
http://hozir.org
Yüklə 5,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin