Mavzu: Tarmoq topologiyasi
Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo’yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo’lishi mumkin bo’lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo’lmasa-da, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini. afzallik va kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.
Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir:
• «Shina» (bus), hamma kompyuterlar bitta aloqa yoliga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o’zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1.1-rasm);
• «Yulduz» (aBesaa, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyuterlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o’z aloqa yo’llaridan foydalanadi (1.2-rasm);
• «Halqa» (kojiluo, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi. axborotni esa, zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyu-terdan oladi va bu zanjir yopiq, ya'ni halqasimondir (1.3-rasm).
Amalda ba'zi hollarda asosiy topologiyalarning kombinatsiyasi . ham ishlatilishi mumkin. lekin ko’pchilik tarmoqlar sanab o’tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadi. Endi sanab o’tilgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
1.2.1. «Shina» topologiyasi
«Shina» topologiyasi (ba'zi hollarda «umumiy shina» ham, deb ataladi) o’z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bo’lishini va barcha abonentlar teng huquqliligini taqozo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo’li bitta. Aks holda. uzatilayotgan axborot ustma-ust bo’lishi natijasida o’zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida amalga oshiriladi (hal cluplex), almashinuv bir vaqtning o’zida emas, navbat bilan ikki yo’nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy abonent bo’lmagani uchun puxtaligi bbis boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holatda boshqarilayotgan sistema ham o’z vazifasini bajarishdan to’xtaydi. «Shina» tarmog’iga yangi abonent qo’shish ancha oddiydir va uni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo’shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan «Shina»da eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki. har bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas.
Mumkin bo’lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. «Shina» dagi kompyu-teriarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham qo’rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo’lganda. ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega bo’lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo’lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda «Shina» oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar. ya'ni tern/inator ulanishi lozim (1.1-rasmda to’rtburchak shaklda ko’rsatilgan).
Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo’lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo’lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo’lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikast-langanda yoka uzilish hosil bo’lganda, aloqa yo’lining moslashuvi buziladi va hattoki, o’zaro ulangan kompyuterlar o’rtasida ham axborot almashinuvi to’xtaydi. «Shina» kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to’qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to’xtaydi. «Shina»dagi tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda. uni ajratib qo’yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas.
«Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yo’lidan axborot signallari o’tish davomida so’nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuiiing uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo’yiladi. Bundan tashqari. abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog’liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qo’yiladigan qo’shimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko’pincha bir necha segmentlar ishla-tiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar
o’zaro maxsus signallarni tiklovchi qurilma-repiterlar yoki tak-rorlovchi qurilmalar orqali ulanadi (1.4-rasmda ko’rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini cheksiz oshirib bo’lmaydi, chunki aloqa yo’lida signalni tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir.
1.2.2. «Yulduz» topologiyasi
«Yulduz» — bu markazi aniq mavjud topologiya bo’lib, bu markazga barcha abonentlarulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko’rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yiiqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nasbatan keskin ko’p bo’ladi. Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so’z ham yuritib o’tirilmaydi. Odatda, aynan markaziy kompyuter eng ko’p quwatga ega boladi. sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuterorqali amalga oshiriladi. «Yulduz» topologiyali tarmoqlarda liech qanday konflikt holat bolishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o’rin yo’q.
«Yulduz»ning bu topologiyadagi tarmoq kompyuterlarini buzilishga barqaror ishlashi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, tashqi kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyu-terlarga ta'sir qilmaydi. lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqni butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to’qnashuv ro’y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi to’xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. «Shina» dan farqli «Yulduz» da harbiraloqayo’lida faqatgina ikkita abonent bo’ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. Ko’pincha kompyuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yo’li ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo’lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qo’shimcha tashqi terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi.
«Yulduz»da signallarni aloqa yo’lida so’nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal boladi, chunki harbirsignalni qabul qiluvchi qurilma bir xil amplitudali signalni qabul qiladi. «Yulduz» topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan abonentlar soni chegaralangan. Odatda, markaziy abonent'8—16 tadan ko’p bo’lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko’rsata oladi. Ko’rsatilgan cheklanish oralig’ida qo’shimchn abonentlarni ulash ancha oddiy bo’lsa, qo’yilgan cheklanishdan ortiq bo’lgan hollarda abonent ulash imkoni yo’q. Ba'zi hollarda yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda, tashqi abonentlardan birining o’rniga markaziy abonent ulansa, natijada, o’zaro ulangan bir necha yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil bo’ladi. 1.2-rasmda keltirilgan «Yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz», deb ataladi, 1.5-rasmda keltirilgan chizma «Passiv yulduz» topologiyasi bo’lib, u faqat tashqi ko’rinishdangina yulduzga o’xshashdir.
Amaliyotda «Passiv yulduz» topologiyasi «Aktiv yulduz» topologiyasiga nisbatan ko’p tarqalgan. Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan va taniqli Inrernet tarmog’ida ham «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalanilgan. «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalaniladigan tarmoq markazida kompyuter emas, balki konsentrator yoki xab (hub) o’rnatiladi, bu qurilma repitr bajargan vazifani bajaradi. Konsentratorning (xab) vazifasi o’tayotgan signalni tiklab, ularni boshqa aloqa yo’llariga uzatishdan iborat. Vaholanki, kabellarni o’tkazilishi aktiv yulduzsimon bo’lsa hamki, haqiqatda esa, biz «Shina» topologiyasiga to’qnash kelamiz, chunki axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o’zida barcha qolgan kompyuterlarga uzatiladi, lekin markaziy abonent mavjud emas. Tabiiyki, «Passiv yulduz» oddiy shinadan qimmatga tushadi, chunki bu holda, albatta, konsentratordan foydalanish shart. Biroq, bu topologiya bir qator qo’shimcha yulduzsimon topo-logiyada mavjud, shuning uchun oxirgi vaqtda «Passiv yulduz» «Aktiv yulduz» topologiyali tarmoqlarni siqib chiqarmoqda. «Aktiv yulduz» va «Passiv yulduz» topologiyalarining oralig’idagi topologiya ham mayjud. Bu holda konsentrator o’ziga kelayotgan signalni faqat tiklabgina qolmay, axborot almashinuvini ham boshqaradi, lekin o’zi axborot almashishda ishtirok etmaydi.
«Yulduz» topologiyasining katta afzalligi shundan iboratki, hamma ulanish nuqtalari bir joyda jamlangandir. Bu xususiyati tufayli tarmoq ish faoliyatini oson nazorat qilishga. nosozliklarni u yoki bu abonentni tarmoq markazidan oddiy uzib qo’yib tuzatishga (bu holatni shinada amalga oshirib bo’lmaydi), tarmoqni hayotiy muhim nuqtalaridan begona abonentlarni ulash imko-niyatini chegaralash kabi qulayliklarni beradi. «Yulduz» ulanish holatida har bir tashqi abonent kompyuteriga bitta axborotni ikki tomonga uzatish va ikkita (axborot har bir kabeldan faqat bir tomonga uzatiladi) kabel ulanish imkoni mayjud. Ikkinchi holat amalda ko’proq uchraydi.
«Yulduz»simon topologiyali barcha tarmoqlarning umumiy kamchiligi boshqa turdagi topologiyalarga nisbatan kabel ko’p sarflanishidir. Masalan, «Shina» topologiyasiga (1.1-rasm) nisba-tan «Yulduz» topologiyusida bir necha marotaba uzun kabel sarflanadi. Bu holat tarmoq tannarxiga sezilarli darajada ta'sir qilishi mumkin.
1.2.3. «Halqa» topologiyasi
Dostları ilə paylaş: |