Mavzu. Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish


Sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi



Yüklə 47,9 Kb.
səhifə6/7
tarix01.06.2023
ölçüsü47,9 Kb.
#121522
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu. Tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish

4. Sotish bilan bog’liq xarajatlar hisobi

Mahsulotlarni sotish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan farqli o’laroq mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar sotish xarajatlari deyiladi. Sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:



  • mol yuboruvchi korxona hisobidan preyskurantlarga yoki shartnoma shartiga binoan qilingan idish va joylash (qadoqlash va o’rash), (o’rash qog’ozlari, taxtachalar, kanoplar) xarajatlari;

  • ulgurji baho franko – yuklab jo’natish bekati usulida (yuklash, yetkazib berish, tushirish) belgilangan hollarda mol yuboruvchi hisobidan mahsulot sotish bo’yicha qilinadigan transport xarajatlari;

  • korxonaning moliyaviy rejasida nazarda tutilgan mahsulot sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.

Tayyor mahsulotlar omborga qabul qilingandan keyin qadoqlangan va o’ralgan hollarda, idish xarajatlari sotish xarajatlariga kiritiladi.
Agar qadoqlash sexlarda mahsulotlarni omborga topshirishga qadar bajarilgan bo’lsa, idishlar qiymati mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Nizom binoan bu xarajatlar 9410 «Sotish xarajatlari» schyotida hisobga olinadi3[32]. Bu schyot tranzit bo’lib aktiv schyotlarga mansub, oy boshiga unda qoldiq bo’lmaydi; debet aylanmasi mahsulotni jo’natish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ko’rsatadi, kredit aylanmasi esa hisobot oyida foydani kamaytirishga o’tkazilgan summalarni ko’rsatadi. 9410- schyoti bo’yicha ochilgan schyotlarning analitik hisobi debet va kredit oborotlari bo’yicha hisobot oyi va yil boshidan jamlanib keluvchi xarajat summalarini moddalari bo’yicha ko’rsatgan holda 15- qaydnomada yuritiladi Bu, o’z navbatida, mahsulot sotish xarajatlarini tahlil qilish va hisobot tuzishni osonlashtiradi. Bu schyotlarning debet oborot summalari 1, 2, 7, 10/1- jurnal – orderlarda aks ettiriladi, kredit oborot summalari esa – 11- jurnal – orderda. Noishlab chiqarish xarajatlar har oyda to’liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o’tkaziladi: Dt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9410- «Sotish xarajatlari» schyoti.
Quyida sotish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish chizmasini keltiramiz.



Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin