Mavzu: Termodinamikaning I va II qonunlari Reja: Termodinamikaning I qonuni termodinamikaning II qonuni



Yüklə 39,09 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü39,09 Kb.
#196713
1   2   3
Anvar mustaqil ish issiqlik

ΔU(ichki energiyaning oʻzgarishi)

Q (issiqlik miqdori)

W (gaz ustida bajarilgan ish)

+plus agar temperatura T ortsa

+ agar gazga issiqlik uzatilsa

+ agar gaz siqilsa

- agar temperatura T kamaysa

−agar gaz issiqlik yoʻqotsa

− agar gaz kengaysa

0 agar temperatura T oʻzgarmasa

0 agar hech qanday issiqlik uzatilmasa

0 agar hajm oʻzgarmasa

Issiqlik miqdori Q va temperatura T bir narsami?
Yoʻq. Bu – termodinamikaning birinchi qonuni bilan ishlashda yuzaga keladigan eng keng tarqalgan notoʻgʻri tushunchalardan biri. Issiqlik miqdori Q gazga berilgan issiqlik energiyasini bildiradi (masalan, idish devorlari orqali oʻtkazilgan issiqlik). Boshqa tomondan, T harorat – bu gazning toʻla ichki energiyasiga proporsional boʻlgan kattalik. Shunday qilib, Q – bu issiqlik oʻtkazuvchanlik orqali olingan energiya, ammo T gaz ichki energiyasiga proporsional. Agar konteyner termodinamik izolyatsiyalangan boʻlsa, gazga kiradigan issiqlik miqdori nolga  (Q=0) teng boʻlishi mumkin, ammo bu gazning harorati nolga teng degani emas (chunki gaz biroz ichki energiyaga ega boʻladi).
Buni tushunib olish uchun gaz Q issiqlik miqdori chiqarsa ham, uning harorati T oshishi mumkinligini hisobga oling. Bu gʻayrioddiy boʻlib tuyuladi, lekin ish ham, issiqlik miqdori ham gazning ichki energiyasini oʻzgartirgani sababli ular gazning haroratiga ham taʼsir qilishi mumkin. Masalan, siz porshenni muzli suvga qoʻysangiz, gaz issiqlik energiyasini chiqaradi. Lekin biz porshen bilan gazni siqadigan boʻlsak va gaz ustida bajarilgan ish gaz yoʻqotilgan issiqlik energiyasidan kattaroq boʻlsa, gazning umumiy ichki energiyasi ortadi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Energiyaning saqlanish qonuni har hil energiyaning bir–biriga aylanishini belgilaidi, ammo ayni vaqtda bu prosesslarda biror ustun yo`nalish bor–yo`qligini ko`rsatmaydi. Biroq, tajriba shuni ko`rsatadiki, energiyaning hilma–hil turlari issiqlikkka hamma vaqt va to`la aylanadi, issiqlik esa energiyaning boshqa tur–hillariga mashina va apparatlar yordamigina aylantiriladi. Bunda aylanish prosessida issiqlikning bir qismi atrofdagi jismlarga tarqalib, albatta isrof bo`ladi.Issiqlik almashinishida issiqlik hamma vaqt temperaturasi yuqoriroq jismlardan temperaturasi pastroq jismlarga o`tadi. Issiqlikni kamroq qizigan jismdan ko`proq qizigan jismga o`tkazish uchun (masalan, holodilniklarda ana shunday bo`ladi) tashki kuchlar yordamida ish bajarish talab qilinadi, buning uchun esa qo`shimcha energiya sarflanadi.
Shunday qilib, energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi va issiqlik almashininshiga oid tabiiy proseslarda muayan yo`nalish bor: energiyaning har qanday turlari issiqlikka aylanadi, issiqlik esa ko`proq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlarga o`tar ekan, atrofdagi barcha jismlar orasida tarqaladi. Bu issiqlik odam uchun yo`qotilgan issiqlik hisoblanadi. Tajriba yana shuni ko`rsatadiki, sistemaning temperaturasi atrofdaqi jismlarning temperaturasidan qanchalik yuqori bo`lsa, sistemadagi issiqlikdan foydalanish imkoniyati shunchalik katta bo`ladi. Masalan, yuqpri temperaturagacha qizdirilgan bugning issiqlik energiyasini energiyaning boshqa tur–hillariga aylantirish uncha qiyin emas, ammo temperaturasi atrofgagi muhit temperaturasidan kam farq qiladigan dengiz va okeanlar suvidagi issiqlikdan foydalanish amaliy jihatdan mumkin emas. Issiqlikning ana shu jihatdan «sigatini» harakterlash, shuningdek issiqlikning energiyaning aylanishi va issiqlik almashinishi prosesslarida yuz beradigan qimmatsizlanish va sochilishini miqdor jihatdan hisobga olosh uchun termodinamikada keltirilgan issiqlik deb ataladigan kattalikdan foydalaniladi.Keltirilgan issiqlik Qpr issiklikning berilishi yoki olinishiga muvofiq keladigan termodinamik temperatura T ning bir gradusiga to`gri keladigan issiqlik miqdori Q bilan o`lchanadi:


Termrdinamikaning ikkinchi qonunida huddi ana shu hodisa aks ettirilgan; termordinamikaning ikkinchi qonuni quyidagicha tariflanadi: berk sistemada energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi bilan boglangan barcha real prosesslar sistemasining umumiy entropiyasi ortadigan tarzda boradi.Smuv =Smaks Bunda berk sistemaning muvozanat holatiga mumkin bo`lgan eng katta entropiya to`gri keladi:
Ayni vaqtda sistemaning barcha energiyasi sistemaning barcha jismlari orasida bir tekis tarqaladigan issiqlikka ailanadi. Shunday qilib, termodinamik sistemaning ichki energiyasi U ning hammasidan ham real sharoitda ishga aylantirish uchun foydalanavermaydi, uning entropiya o`zgarishi  bilan boglangan bir qismi bunda yuqotiladi. Ichki energiyaning ishga aylantirilishi mumkin bo`lgan qismi sistemaning erkin energiyasi deb ataladi va F bilan belgilanadi, erkin energiyani quyidagi nisbatdan topish mumkin:

Yüklə 39,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin