Gess qonunining 3 ta xulosasi bor. 1– xulosa. Lavuaze –Laplas qonuni : Murakkab moddaning oddiy moddalardan hosil bo‘lish issiqlik effekti, uning oddiy moddalarga parchalanish issiqligiga qiymat jihatdan teng, lekin ishora jihatdan qarama-qarshi
=
2– xulosa. 2 xil dastlabki holatdan bitta oxirgi holatga o‘tgan issiqlik effektlarining ayirmasi 1-chi dastlabki holatdan 2-chi dastlabki holatga o‘tish issiqlik effektiga teng.
3– xulosa. Bitta boshlang‘ich holatdan 2ta oxirgi holatga o‘tish issiqlik effektlarining ayirmasi 1-chi oxirgi holatdan 2-chi oxirgi holatga o‘tish issiqlik effektiga teng.
Kirxgoff qonuni: Jarayon issiqlik effektining haroratga bog‘liqligini Kirxgoff qonuni tushuntiradi, bu erda
Q1 – T1 haroratdagi issiqlik effekti
Q2 – T2 haroratdagi issiqlik effekti
–dastlabki moddalar issiqlik sig‘imlarining yig‘indisi
– oxirgi moddalar issiqlik sig‘imlarining yig‘indisi
Formuladan ko‘rinib turibdiki, haroratni 10ga oshirganda jarayon issiqlik effektining o‘zgarishi dastlabki moddalar issiklik sig‘imlari yig‘indisidan mahsulotlar issiqlik sig‘imlari yig‘indisini ayirmasiga teng.
Agar, bo‘lsa, jarayonning issiqlik effekti o‘zgarmaydi, ya’ni issiqlik effekti haroratga bog‘liq bo‘lmay qoladi.
1.3 Termodinamik jarayonlar Jarayon sistemaning bir holatdan boshqa holatga o‘tishidir. Bunda sistemaning barcha termodinamik funksiyalari o‘zgaradi.
Sistemaning holat parametrlaridan qaysi biri termodinamik jarayon vaqtida o‘zgarishsiz qolishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
T= const – izotermik jarayon (doimiy haroratdagi jarayon)
R= const – izobarik jarayon (ochiq kolbada boradigan jarayon)
V= const – izoxorik jarayon (avtoklavlarda boradigan jarayon)
Q= const – adiabatik jarayon ( bunday jarayon vaqtida sistema tashqi muhitga issiqlik bermaydi va olmaydi ham. U o‘zining ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi.
O‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayonlar – tashqaridan energiya sarflamasdan sodir bo‘ladigan jarayonlardir (m: issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga o‘tishi, gazlarning aralashib ketishi,suvning yuqoridan pastga oqishi va b.).