Mavzu: Termodinamikaning II qonuni. Kirish


O‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydigan jarayonlar



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#194280
1   2   3   4   5
Презентация1

O‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydigan jarayonlar – tashqaridan energiya sarflanganda sodir bo‘ladigan jarayonlardir (m: gazlar aralashmasini ajratish, nasos orqali suvni pastdan tepaga tortib olish).
O‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayonlarda muvozanat yuzaga keladi. Sistemaning muvozanat holati deganda, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan holati tushuniladi.
1.4 Termodinamikaning ikkinchi qonuni
 
Termodinamikaning I qonuni tabiatda o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayonlarning yo‘nalishini ko‘rsatib bera olmaydi. Masalan, issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga berilishi, suvning tepadan pastga oqishi, gazlarning aralashishi.
Termodinamikaning II qonuni o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan jarayonlarning yo‘nalishini belgilab beradi. Ikkinchi qonunni birinchi bo‘lib S.Karno ta’riflagan. U 1824 yilda issiqlikning mexanik ishga aylanish sharoitini o‘rganib, quyidagi xulosaga keldi:
Issiqlik mashinalarida issiqlik manbaidan olingan issiqlik to‘laligicha ishga aylanmaydi, uning ma’lum bir qismi sovutgichga beriladi. Issiqlik manbaidan olingan issiqlikni Q1 deb belgilasak, sovutgichga berilgan issiqlik Q2 bo‘lsa, Q1 - Q2 issiqlikning ish(A)ga aylangan qismi bo‘ladi.
Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti.
- isitgichdan berilgan issiqlik
- sovutgichga berilgan issiqlik
- foydali ish koeffitsienti
Shu formula orqali hisoblanadi.
Issiqlik mashinasining (f.i.k.) ishchi jism tabiatiga bog‘liq bo‘lmay, isitgich va sovutgich haroratlarining farqiga bog‘liq (Karno-Klauzius teoremasi.
Bu teoremani ham termodinamikaning II qonuning ta’rifi deb qarab, quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
- isitgich harorati
-sovutgich harorati
Bu formula 1850 yilda R.Klauzius taklif etgan ta’rifga mos keladi: “Issiqlik sovuq jismdan issiq jismga o‘z-o‘zicha o‘tmaydi”.
1.5 ENTROPIYA
Haroratlar farqi qancha kam bo‘lsa, issiqlikning shuncha kam qismi ishga aylanadi. Ishga aylanmayotgan qismi esa ortib boradi. Ana shu ishga aylanmayotgan energiyani hisobga olish uchun 1865 yilda nemis olimi R.Klauzius «entropiya» tushunchasini kiritdi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin