Entropiya – grekcha “o‘zgarish” degan ma’noni bildiradi, S harfi bilan belgilanadi. Entropiya jismda qancha foydasiz energiya borligini ko‘rsatadi. Entropiya holat funksiyasi bo‘lib, jism holati o‘zgarsa o‘zgaradi.
Izotermik qaytar jarayonda jismga berilgan issiqlikning uning absolyut haroratga nisbati entropiya deyiladi.
Entropiya o‘zgarishi manfiy (ΔS < 0) bo‘lgan jarayon o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi.
Bulardan kelib chiqib, termodinamikaning II qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin: «Izolirlangan sistemalarda faqat entropiyasi ortadigan jarayon o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi va entropiyasi maksimal qiymatga etguncha davom etadi».
≥ dan ≥ bo‘lsa va bu formulani termodinamikaning I qonuni bilan birlashtirilsa,
I va II qonunlarining birlashgan tenglamasi kelib chiqadi.
Τ ΔS ≥ ΔU + P ΔV
Entropiya izolirlangan sistemalarda jarayonning o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishini belgilasa( mezoni xisoblansa), yopiq sistemalarda jarayonning o‘z-o‘zidan ketishini termodinamik potensiallar belgilaydi.
Bulardan:
Izobarik– izotermik potensial (Gibbs energiyasi)
G=H-TS
Izoxorik – izotermik potensial (Gelmgols energiyasi)
F=U-TS
Ular ham holat funksiyalari bo‘lgani uchun
ΔG=ΔH-TΔS Δ F=ΔU-TΔS
Bu potensiallar sistemaning ish qobiliyatini belgilaydi, ya’ni energiyaning ishga aylangan qismini ko‘rsatadi:
- ΔG=AP - ΔF=AV
Buni termodinamikaning I va II qonunlarining birlashgan tenglamasidan keltirib chiqaramiz:
TΔS=ΔU+Av dan
Av=TΔS-ΔU=T(S2-S1)-(U2-U1)=TS2-U2 - TS1+U1=
( U1- TS1) -(U2- TS2) =F1-F2=-(F2-F1)=-ΔF
Av = -ΔF
Xuddi shunga o‘xshab Ar = -ΔG keltirib chiqariladi.
Bu ikkala funksiya ham holat funksiyasi bo‘lib, moddalarning tabiatiga, massasiga va haroratga bog‘liq.
II.XULOSA
III.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Evstratova K.I., Kupina N.A., Malaxova E.E., Fizicheskaya i kolloidnaya ximiya. - M., Vыsshaya shkola, 1990.
2.Aminov S.N. Fizik va kolloid kimyo. – Ma’ruzalar matni. Toshkent., 2000. 249 bet.
3.Olimov N.Q. Fizik va kolloid kimyo. Toshkent., Fan., 2006.
4.Ershov YU.A., Popkov V.A. i dr. Obщaya ximiya. -M., Vыsshaya shkola, 2003.
5.Florence A.T., Attwood D. Physicochemical Principles of Pharmacy. - Macmillan, 1988. - 485 p.
6.Raximov X.R. Fizik kimyo. Tashkent, 1978
E’tiboringiz uchun raxmat !!!
Dostları ilə paylaş: |