Sonlar: ifodalar, sodda tenglamalar va munosabatlar 1. Noma’lum sonni yoki amalni aniqlash (masalan, 17 +w = 29). 2. Masaladagi vaziyatga doir noma’lumlarni o‘z ichiga olgan ifodani yoki sonli ifodani aniqlash va yozish.
3. Ob’ektlar ketma-ketligida qonuniyatlarni aniqlash va foydalanish (masalan, butun sonlardan tashkil topgan ketma-ketlikda ketma-ket joylashgan hadlar orasidagi munosabatlarni va berilgan butun sonlar juftliklarini hosil qilgan qoidani aniqlash).
Geometrik shakllar va o‘lchashlar Geometrik shakllar va o‘lchashlarga oid fan mazmuni ikkita bo‘limdagi tushuncha va ko‘nikmalardan iborat.
Geometrik shakllar va o‘lchashlar: nuqtalar, to‘g‘ri chiziqlar va burchaklar 1. Uzunliklarni o‘lchash va uzunliklarni chamalash.
2. Parallel va perpendikulyar chiziqlarni aniqlash va chizish.
3. Turli burchaklarni aniqlash, taqqoslash va chizish (masalan, to‘g‘ri, o‘tmas va o‘tkir burchak).
4. Nuqtalarning tekislikdagi o‘rnini topish uchun norasmiy koordinata sistemalardan foydalanish.
Geometrik shakllar va o‘lchashlar: yassi va fazoviy shakllar 1. Yassi va fazoviy shakllarning sodda xossalaridan, jumladan o‘qqa nisbatan simmetriyadan va burish simmetriyasidan, foydalanib, ularni aniqlash va taqqoslash.
2. Fazoviy shakllarni ularning yassi ko‘rinishlari (razvertka, proeksiya) bilan bog‘lash.
3. Ko‘pburchaklar perimetrlarini topish; kvadrat va to‘rtburchak yuzlarini topish; yuzlarni berilgan yassi shakllar bilan qoplash hamda hajmlarni kublar bilan to‘ldirish yordamida chamalash.
Eslatma: To‘rtinchi sinfda geometrik shakllar sifatida doira, uchburchak, to‘rtburchak va boshqa ko‘pburchaklar, shuningdek kub, to‘g‘ri parallelepiped, konus, silindr va shar qaraladi.
Ma’lumotlar tahlili: o‘qish, solishtirish va taqdim etish 1. Jadvallar, piktogrammalar, ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘qish, solishtirish va taqdim etish.
2. Ma’lumotlarning turli ko‘rinishlardan foydalanib savollarga javob berish uchun ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qish (masalan, masalalarni yechishda va hisob-kitoblarni bajarishda, ikki va undan ko‘p bo‘lgan ma’lumotlar manbalarni birlashtirish, ma’lumotlar bo‘yicha xulosa chiqarish).