Fanga oid kompetensiya Sonlar Sonlarga oid fan mazmuni uchta bo‘limdagi tushuncha va ko‘nikmalardan iborat.
Sonlar: Butun sonlar 1. Butun sonning o‘nli yozuvida raqamlar o‘rnini bilish, jumladan tanib olish va ko‘rsatish; va butun sonlarni so‘zlar, rasmlar yoki belgilar yordamida ifodalash.
2. Butun sonlarni taqqoslash, tartiblash va baholash.
3. Butun sonlar bilan amallarni bajarish (+, -, x - = -).
4. Kontekstlarda berilgan amaliy masalalarni, jumladan o‘lchashlarga, pul munosabatlarga, sodda proporsiyalarga oid masalalarni yechish.
5. Toq va juft sonlarni aniqlash; sonning bo‘luvchilarini va karralilarini aniqlash.
Sonlar: Oddiy va o‘nli kasrlar 1. Kasrni butunning qismi, ulushi yoki sonli o‘qdagi nuqta sifatida tanib olish, kasrni so‘zlar, sonlar yoki modellar yordamida ifodalash.
2. O‘zaro teng (ekvivalent) bo‘lgan oddiy kasrlarni aniqlash; oddiy kasrlarni taqqoslash va tartiblash; sodda kasrlarni qo‘shish va ayirish, jumladan, amaliy masalalardagi vaziyatlar uchun
3. O‘nli kasr yozuvini bilish, jumladan so‘zlar, sonlar yoki modellar yordamida o‘nli kasrlarni ifodalash; o‘nli kasrlarni taqqoslash, tartiblash va chamalash; jumladan, amaliy masalalardagi vaziyatlarda.
Eslatma: To‘rtinchi sinfda oddiy kasrlar sifatida mahrajlari 2,3,4,5,6, 8,10,12 yoki 100 bo‘lgan kasrlar qaraladi. O‘nli kasrlar sifatida verguldan keyin bir va / yoki ikkita raqam bo‘lgan o‘nli kasrlar qaraladi.