xususiyati qismlilik xususiyatining alohida ajratib olingan yig‘indisiga mos keladi.
Majmauviylikning boshqa ikkita sinfi –
noorganik va tabiiy tizimlar elementlar o‘rtasidagi mavjud
aloqalarni va yaxlit tizimda elementlarga alohida holda ta’sir ko‘rsatmaydigan yangi xususiyatlarning
paydo bo‘lishini xarakterlaydi. Aloqalar, yaxlitlik va barqaror strukturaga bog‘liqlilik – bular har qanday
tizimning farqli belgilari hisoblanadi.
Agar biz organiq va noorganiq tizimlarni sinflash va ularni farqlashda davom etadigan bo‘lsak,
ko‘rsatilgan tizimlarning strukturaviy prinsiplarining taqsimlanishida (ularni tarkib topishi, tuzilishi va
x.k) etarlicha qiyinchilikka duch kelamiz. Gap shundaki, tizimning organiq va noorganiq yaxlitligidagi
asosiy farlanish ularga tegishli takomillashuv jarayonlarining o‘ziga xosligida taqdim etiladi:
ushbu
tizimlarning strukturasi bu jarayonlarning natijasi bo‘ladi va ularni tushuntirishga xizmat qiladi.
Tizimning tuzilishi (strukturasi) – tizim elementlarining asosiy xossalarini belgilovchi barqaror
o‘zaro ichki aloqalar majmuasidir.
Dostları ilə paylaş: