1.2-rasm. Tizimni murakkabligi bo‘yicha klassifikatsiyalanishi.
1.3-rasm. Tizimning maqsad bo‘yicha klassifikatsiyalanishi.
1.4 – rasm . Vaqt bo‘yicha klassifikatsiyalanishi.
Eng umumiy ko‘rinishda barcha tizimlar moddiy va mavhum (abstrakt) tizimlarga bo‘linadi.
Moddiy tizimlar – moddiy (ashyoviy) ob’ektlar majmuasidir: bular noorganiq (texnik, kimyoviy
va shu kabilar), organiq (biologik), aralash turdagi ob’ektlar bo‘ladi. Aralash turdagi
ob’ektlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: agrotexnik tizimlar («inson-mashina» tizimi);
ijtimoiy tizimlar (odamlarning jamoadagi munosabatlari), ijtimoiy-iktisodiy tizimlar
(insonlarning jamoadagi munosabatlari bilan ishlab chikarish jarayonining aloqasi).
Mavxum
tizimlar – inson tafakkurining maxsulidir. Ular bilim, nazariya va gipotezalardir.
Murakkablik darajasiga ko‘ra oddiy, murakkab va o‘ta murakkab(yirik tizim) tizimlar farqlanadi.
Oddiy tizimlarga oddiy strukturaga ega va oson matematik tavsiflanadigan tizimlar kiradi
.
Murakkab tizim– bir biri bilan chambarchas bog‘langan holda umumiy maqsad uchun xizmat
qiluvchi alohida tizim ostilari kompleksidir.
Tizim parametrlarining o‘zgarishi vaqtga bog‘liq yoki bog‘liq emasligiga qarab ular, mos
ravishda
, dinamik va statik tizimlar sifatida farqlanadi.
Tizim holatining o‘zgarish xarakteriga qarab ular
diskret va
uzluksiz tizimlarga ajratiladi. Agar
tizimning bir holatdan boshqasiga o‘tishi qandaydir oraliq holatlardan o‘tmasdan yuz bersa, u
holda bu tizim
diskret deyiladi.Agar tizim istalgan ikki holatning biridan ikkinchisiga
o‘tishidaalbatta oraliq holat orqali o‘tsa, u holda tizim
uzluksiz deyiladi.
Tizimlarni deterministik va ehtimoliy(stoxastik)tizimlarga ham ajratish mumkin.
Deterministik tizimlar
aniq topiladigan ko‘rsatkichlarga ega,
ehtimolli tizimlar esa tasodifiy (ehtimolli) xarakterli
ko‘rsatkichlarga esa bo‘ladi. Misollar:
deterministik tizimlar: regulyatorli mo‘zlatgich; tizim sexda
dastgohlarning joylashtirilish tizimi, avtobus marshrutlari tizimi; fakultet darslari jadvali, kompyuter,
televizor; yig‘uv avtokonveyeri.
Ehtimolli tizimlar: korxona mahsulotini statistik nazorat etish tizimi,
tashkilotlardagimaterial-texnik ta’minot tizimi; aeroport atrofida samolyotlar harakatini boshqaruvchi
tizim; energetik tizim boshqaruvi.
Tizimni ifodalashda qo‘llaniladigan matematik modelning berilishiga qarab ularni
chiziqli va chiziqsiz