Tizimni ifodalashda qo‘llaniladigan matematik modelning berilishiga qarab ularni chiziqli va chiziqsiz
tizimlar kabi sinflashtirish ham mumkin. Tizim va tashqi muhitning o‘zaro ta’siri xarakteri bo‘yicha
yopiq va ochiq tizimlar farqlanadi.
Tabiiy tizimlar. Inson –mashina tizimlari.
Tizimni sinflanishi qilish bir necha omillarga bog‘liq bo‘lib, quyida biz siz bilan mana shu omillarga
ko‘ra tizim qanday tasniflanishini ko‘rib o‘tamiz. Har bir omilga alohida ahamiyat berib nazar
solsangiz, qaysi tizimni o‘rganayotganimiz va unga bog‘liq bo‘lgan omillarni darhol ajratishingiz
mumkin. Demak, tizim:
1. Sun’iy
2. Tabiiy tizimga bo‘linadi.
Tabiiy tizim deb – tabiatan mavjud bo‘lgan tizimlarga aytiladi.
Sun’iy tizim deb - inson ishtirokida tashkil etilgan tizimga aytiladi. Sistemotexniklar asosan sun’iy
tizimlarni tahlil qilish bilan ish lib boradilar. Sun’iy tizimni tahlil qilish tizimni tashkil etuvchi barcha
komponentlarini tahlil qilishdan boshlanadi, ya’ni tizim qanday komponentlardan tashkil topgan,
uning ichki va tashqi aloqalari qaysilar, bu tizim qaysi maqsadga yo‘naltirilgan, qaerda, qanday, nima
uchun foydalaniladi.