Trening qonunlarining maqsad va vazifalari.
Trening guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish.
Gurnhiy trening o’tkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish.
Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati.
Trening qonunlarining trening maqsadi va vazifalariga yo’nalganligi guruhning qo’yilgan maqsadga erishishiga yordam beradi.
2.Treningni moddiy texnik jihozlash. Odatda trening mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh a’zolari bir biriga hissiy yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak.
Masalan: yumaloq stol atrofida kishilarning to’planishi yuzma-yuz o’tirish va hakozolar. Bu “Men - o’yinda” deb ataluvchi holat bo’lib, ishtirokchilar, boshlovchi ham doira shakldagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ishtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Guruh a’zolarining qanday shakli stol atrofida o’tirishlari, yoki bir- birlariga nisbatan fazoviy joylashishlariga qarab, shaxslarni o’zlarini ruhiy his qilishlari ham har xil bo’ladi. Masalan: agar trening guruhi a’zolari to’rt burchak stol atrofida joylashgan bo’lsalar bunda har bir a’zoning fazoviy tavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo’ladi va bunday holat “Men- munozaradaman” deb ataladi.
Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida o’tkazilayotgan suhbatdagi shaxs holati ‘Men o’yindaman’ deb atalsa yumshoq yuza (Krislo, gilam va devan) ustida xohlagan qulay holat bo’lsa “Men- o’zimda” deb ataladi.
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart.
Shuningdek,mashg'ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo'lgan shinam xonada o'tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng miqdorda stullar bo'lishi kerak. Mashg'ulotda qulay, rohat baxsh etadigan, ko'ngil (dil) ochadigan osoyishta, sokin sharoit yaratilgani yaxshi (ayniqsa, dastlabki, mashg'ulotlarni o'tkazishdaj, yarim qorong'ulik, muloyim) yaxshisi lirik va minor ovozlij musiqa, derazalarga nozik, nafis pardalar tutilgani ma'qul va hakazo.
Shunday qilib har bir ijtimoiy psixologik vaziyat, uning maqsadi va boshlovchining niyatlariga qarab ishtirokchilarning fazoviy qay yo’sinda
joylashishlari, xonaning tuzilishi, jihozlaming joylashishi, xona va trening ishtirokchilarining izoliyatsiyalanganligi ham trening samaradorligini belgilaydi.
Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik o‘ziga
xosligi.Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, ya’ni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, o’z guruhi va undan tashqari munosabatga kirishish va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdan iboratdir. Trening har qanday guruhlarda olib borilishi mumkin, ya’ni turli yosh davrlarida ( maktabgacha yosh davri, kichik maktab yosh davri, o’smirlik, o’spirinlik, talabalik, kattalar va hakozolar), turli soha vakillari orasida (o’qituvchi pedagoglar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, korxona ishchilari va hakozolar), ijtimoiy mavqeiga ega shaxslar (rahbar xodimlar, ishchilar kabi)o’rtasida.
Mashg’ulotni o’tkazish uchun albatta boshqaruvchi bo’lishi shart, chunki treningni maqsadi va ijobiy natijasini aniqlash ma’lum dasturlar asosida olib boriladi. Masalan, boshqa kishilarni va o’z-ozini tushuna olish, o’ziga baho berish, atrofdagilarni tinglash va ularni idrok etish kabi ijtimoiy-psixologik muammolar shakllantiriladi.
Ijtimoiy psixologik trening maqsadi va vazifasiga asoslanib, murakkablashtirib yoki soddalashtirilib tashkillanadi. Ishtirokchilarning faoliyatiga qarab, mashg’ulot tarkibiga rolli, harakatli o’yinlar, munozarali bahslashuvlarni kiritish mumkin. Ayniqsa, axloqiy-ma’naviy mavzulardagi muammolarni hal qilishda munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir. Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shaxsga alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo’l qo’ygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi, munozaradan kelib chiqadigan xulosani va qarorni guruhning o’ziga havola qilish lozimligini unutmasligi zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish faoliyatida, turli maslahat shahobchalari, o’smir va o’spirinlar tarbiyasi borasida keng qo’llanishi mumkin.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guuhdagidan farqli o’laroq, katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
Shu o’rinda, treningni uyushtirishda quyidagi keltirilgan tavsiyalarni nazarda tutish maqsadga muvofiq:
Har kim o’zining shaxsiy ichki siqiqligini yengish va barcha ishtirokchilarning ko’zlariga to’g’ridan to'g’ri qarash.
Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish.
Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual va tashkiliy kuch sarflashni talab qilish.
Mashg’ulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo’lgan xonada o’tkazish lozim va qulay roxatbaxsh etadigan ko’ngil ochadigan muloyim derazalarga nafis pardalar bo’lishi kerak.
Har bir ishtirokchi o’yinini tayyorgarliksiz bajarish shart.
Trening boshlashda avval o’zining chaqiruv ya'ni karton qog’ozlari yozish va berish kerak.
Munozaralar yuritishning yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida “mozgovaya ataka”, inglizchasiga -“breynshtorming” ( brain storming) deb ataladi. Bizning tilimizda bu tushunchaning aniq analogik tarjimasi yo’q, lekin uni “miyaga hujum” yoki “fikrlar to’qnashuvi”, “fikrlar jangi” deb atash mumkin. Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar koproq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay erkin, “tilga nima kelsa” aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa ko’proq muammo ancha notanish, savol murakkab yoki noaniq bo’lgan sharoitlarda qo’l keladi. Ya’ni, bunda “erkin assotsiatsiyalar”ga yo’l beriladi va oxir oqibat guruhning ozi ma’lum ratsional “mag’zni” ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A. Osborn 30-yillardayoq taklif etgan va yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning natijalarini bashorat qilishda ma’lum yutuqlarni qo’lga kiritgan edi. Lekin keyinchalik mutaxassislar uni faqat nostandart, o’ziga xos yechimi bo’lgan vazifalarni muhokama qilgandagina qo’llash mumkin, degan fikrni bildira boshladilar. Biroq to’g’ri tashkil etilgan breynshtormingning amaliy afzalliklari ko’p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
Jumlalar juda qisqa bo’lishi kerak, lekin ular ning asoslanishi shart emas.
Har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya’ni fikrlar tanqiddan holidir.
Mantiqiy fikrdan ko’ra, fantastik yoki qo’qqisdan, tasodifan miyada paydo bo’lgan fikr muhimroq.
Fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi.
Bildirilgan fikr yoki g’oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi, ya’ni ular - muallifsizdir.
Fikr yoki yaxshi g’oyalarni tanlash alohida “tanqidchilar” yoki guruhning norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.
Trening guruini yig‘ishning o‘ziga xosligi, guruh ishtirokchilarining soni va yoshi. Ijtimoiy treningning yana bir jihati borki, bunda ishtirokchilar o’rtasida samimiy, iliq munosabatlar o’rnatilishi ular o’zaro bir birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun trening tashkil etuvchi shaxs mashg’ulot boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir birini tanib iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart.
Buning uchun masalan: Trening qatnashuvchilari bir birlariga xushomat qilishlari taklif etiladi. Xushomat yoki takalluf albatta yonidagi shaxsning tashqi ko’rinishi, yuz ifodasi, kiyimining rangi, didi kabilarga talluqli bo’lishi mumkin. Ammo bu xushomatda asl xushomad elementlari minimal ifodalanishi zarur, ya’ni bo’rtirib yo’q narsani aytish ham muloqotga xalaqit berishi mumkin.
Shuningdek, ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib unda alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari ularda individual shakllinishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga qo’yiladi.
Trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi bo’lishi lozim. Yana boshlovchida zarur trening mashg’ulotlari muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ayrim tomonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasi mavjud bo’lishi lozim.
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart.
Treningning asosiy ustanovkasi: rolli o'yin shaklida bo’lib, rolli vaziyatni idrok etishni tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki trening qatnashchilarida trenerning yordamida o'yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual munosabatini uyg'otish zarur.
Treningni o'tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqot usullarini o'zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglashtiruvchi vaziyatni rag' batlantirish j oiz.
Trening faoliyati 8-10 mashg'ulotni o'z ichiga qamrab oladi xolos. Treningning hamma mashg'ulotlari uning ishtirokchilari bilan faqat do'stona, samimiy his-tuyg'ular asosida va ixtiyoriy tarzda o'tkaziladi.
Trening ishtirokchilarining soni 8-10 kishidan 15-20gacha bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat bo’lgan guruhdir. Ishtirokchilarning ko’payib ketishi o’zaro ishonch muhitinining tarkib topishiga halaqit berishi mumkin. A’zolari kam bo’lgan alohida guruhlarda esa ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunishlari va tez til topisha olish sharoitini yaratadi. Agar ishtirokchilar soni 25 kishidan oshib ketsa, dastur asosida ishtirokchilarni bir necha kichik guruhlarga bo’lgan holda o’kaziladi, lekin bunda treningni tashkil etish bosqichi ko’p vaqtni talab etadi. Natijada ishtirokchilarning diqqati ham bir muncha bo’linib, ko’zlangan natijaga erishishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ishtirokchilarning yoshi orasidagi farqi esa 4-5 yoshni tashkil etishi treningni mahsuldorligini, o’zaro bir-birini tushunishi, his qilishi, hurmatini saqlashi kabilaming yuzaga chiqishiga olib keladi.
Har qanday trening treneming qisqacha axboroti ya’ni treningni maqsadi, vazifalari , ishtirokchilar egallashi mumkin bo’lgan omillar haqida fikr bildirishi bilan boshlanadi. Shuningdek, ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil etish, o’tkazilishi, mashg’ulot so’ngida qanday natijalarga erishishi haqida tushunchalar beradi. Keyingi bosqichda trener guruh a’zolari bilan mashg’ulot davomiyligini kelishib olib, mashg’ulotning davomiyligi quyidagicha tashkillash mumkinligini aytadi:
Mashg’ulot haftasiga 4-5 kun 8 soatdan(orada 1 soat yoki 30 minut tanaffus beriladi). Bunday trening eng samarali natija beradi.
Mashg’ulot haftasiga 2-3 kun har kuni 4-5 soat. Samarali natija beradi.
Mashg’ulot haftasiga 1 kun 3-4 soatdan . Bunda kamroq samara beradi.
Guruh bilan mashqlarni o'tkazishda (majburiy mashqlarni) shartlar
bo'yicha qoidalarga rioya qilinmasa, u holda o'yinli trening ijobiy natija bermasligi to'g'risida oldindan kelishib olishish kerak. Jumladan:
bir-biriga samimiylik, xayrixohlik:
bir-biriga ishonish. ( o'zaro ishonch ):
-mashqlarni bajarish davomida shaxsga baho bermaslik, balki uning faoliyatiga va muloqot usullariga baho berishlik:
ishtirokchilar o'yindan qay darajada qanoatlanganligi haqidagi taassurotlarini shu zaxotiyoq trenerga ma'lum qilishlik:
topshiriqlarni bajarish faqat ijobiy gepotezaga mo'ljallanganlik:
jismoniy nuqsonlarga nisbatan e'tiborni qaratmaslik:
treningning borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat bermaslik:
“Bu yerda va hozir”-degan shartni bajarish ya'ni trening paytida ro'y bergan hamma narsa tashqariga olib chiqilmaslikka va hozirgi muloqotda nimalarni his etayotganligini ma'lum qilmaslik:
tomoshabinlar trenerning ruxsati bilan emas, balki guruhning barcha a'zolarining roziligiga binoan qatnashishlik kabilar:
Treningni muvaffaqiyatli o'tkazishning va uning sermahsulligi, muvaffaqiyati ko'p jihatdan trener bilan ishtirokchilar o'rtasidagi o'zaro bir- birini tushinish darajasiga bog'liqdir.
Dostları ilə paylaş: |