Tòrtinchi sinfda matematikadan murakkab masala va ularni yechishga òrgatish metodikas
2.3 Vaqtga doir masalalar Boshlang’ich sinflarda vaqtga doir misol va masalalar qaraladi. Boshlang’ich sinflarda ayniqsa, III-IV sinfda ko'proq vaqtga doir misollar qaraladi, quyidagicha masala turlari ishlanadi:
1. Hodisalarniiig boshlanish vaqti va o’tgan vaqtiga ko’ra hodisaning boshlanish vaqtini topishga doir masalalar.
2. Hodisanmg tamom bo’lish vaqti va o’tgan vaqtga ko’ra hodisaning tugagan vaqtini topishga doir masalalar.
3. Hodisalar orasidagi vaqt oralig’ini topishga doir masala.
Bu xildagi masalalar o'zaro teskari masalalardir. Darsliklarda bu xildagi o’zaro teskari masalalarni bir vaqtda kirish va qarash tavsiya etiladi. Masalan, maktabda darslar soat 9 da boshlanadi va 4 soat davom etadi. Maktabda darslar qachon tugaydi?
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga "Vaqt o’lchovlari" mavzusini o’rgatishda bolalar vaqt o’lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo’lishlar kerak. Bular yil, oy, hafta, sutka, soat, minut. O’qituvchining vazifasi о’quvchilarni vaqtni aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga shuningdek, hodisaning qancha vaqt davom etganligi, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan har xil masalalarni yechishda foydalanishga o’rgatishdan iborat.
O’quvchilarga vaqtni tushuntirish dastlab tobel-kalendarning hafta kunlari aniq tasavvurlar orqali amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. 1 minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun shunday mashqlar kiritiladiki, bu mashqlar yordamida bolalar 1 minutda nima qilishga ulgurishi mumkinligini bilib oladilar.
O’quvchilrning o’zi hayotlarida 1 minutning ahamiyatini o'z tajribalaridan olib tushuntirish katta samara beradi.
Masalan: Ikki guruh qatnashchilari o’rtasida yugurish musobaqasi olib borildi. Bu musobaqada Yoqub Muzaffardan marraga bir minut oldin keldi. Agar Muzaffar yana ham tezroq harakat qilganida shu 1 minut ichida kelgan bo’lardi.
l. Dars soat 2 da boshlanadi va 45 minut davom etadi. Soat modelida dars qachon tugashini ko’rsating. Masalan:
12
9 3 3
6
2. Maktabda dars soatlari 8 da boshlanadi. 4 soat dars o'tilgandan keyin soat necha bo’ladi?
3. Agar kechasi soat 2 da yomg'ir yog'ayotgan bo’lsa, 48 soatdan keyin quyosh chiqib turishi mumkinmi?
Javob: yo’qmumkin emas, chunki 48 soatdan keyin yana kechasi bo’ladi.
Ikkinchi masalani yechishda yana o’sha chizmadan foydalanish mumkin. Chizmada o’quvchilar oldin darslarning kirish vaqtini belgilaydi va 13 sonini qo’yilgan belgidan chapga qarab 4 ta bo’lak sanaladi 9 raqamli belgi topiladi.
Yechilishi: 13 – 4 = 9
Javob: Maktabda darslar soat 9 da boshlanadi. Shundan keyin o’quvchilar bilan birgalikda berilganlarga teskari bo’lgan uchinchi masalani tuzish kerak. Maktabda darslar soat 9 da boshlanib soat 13 da tamom bo’ladi. Maktabda darslar qancha davom etadi.
O’quvchilar chizmaga asoslanib ushbu yechimni topadi.
Javob: 13 – 9 = 4 maktabda darslar 4 soat davom etadi.
O’quvchilar masalalarning shartlari, savollari va yechimlarini taqqoslab bu masalalarning hammasi o’zaro teskari masalalar ekaniga ishonch hosil qiladilar.
Bundan keyin shunga o’xshash masalalarni chizmaga asoslanmay yechish kerak.
Vaqtga doir bu xildagi bir qator masalalarni og’zaki yechish mumkin. Sutka ichidagi vaqtni hisoblashga doir qaralgan holdagi masalalar bilan bir qatorda darslikda ham masalalar ham berilganki, ularning matematik mazmuni shu vaqtda o’rganilayotgan mavzu mazmuni bilan o'rganiladi. Masalan; “Vaqt o’lchov birliklari bilan yozilgan ismli sonlarni qo’shish mavzusini o’rganishda o’quvchilarga yechish uchun quyidagilarga o’xshash masala1ar beriladi “.
O’quvchi birinchi kuni 12 soatu 45 minut, ikkinchi kuni 10 soatu 35 minut havoda bo’ldi. O’quvchi ikki kun davomida qancha vaqt havoda bo’lgan?
Yechilishi: 12 soat 45 minut
+ 10 soat 35 minut
22 soat 80 minut
80 minut – 1 soatu 20 minut, shu sababli 22 soat 80 minutni o'zgartirib, 23 soat 20 minutni hosil qilamiz. Bolalarda vaqt haqidagi tasavvurlar uzoq kuzatishlar, tajribalarning jamlanib borishi, boshqa miqdorlarni o’rganish jarayonida sekin rivojlanib boradi.
Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha bo’lgan davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalarning hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi bularning barchasi vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
1-sinf o’quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo, ularniiig amaliy faoliyatlarida shakllanadi: kun rejimi tabiat kalendarining yuritilishi va hikoyalar, ertaklar o’qiganlarida va kinofilm ko’rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabul qilishi, har kuni daftarlarda ish kunini yozib borishi bularning hammasi bola vaqt o’zgarishini ko’rishga, vaqt o’tishini his qilishga yordam beradi. Dastur 1 sinfda bolalarni hafta kunlari va ularning kelish tartibi bilan tanishtirish ishini ko'zda tutadi.
I sinfdan boshlab bolalarning tajribalarida ko’p uchratadigan tanish vaqt oraliqlarini taqqoslashga kirishish zarur. Masalan; nima uzoqroq davom etadi; darsmi yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki ta’tillarmi, nima vaqt bo’yicha qisqaroq; bolalarning mashg’ulotlardagi vaqtimi, ota-onalarning ish kunimi?
Katta amaliy ehtiyoji borligi munosabati bilan 1-sinf o'quvchilariga vaqtni soat yordamida qanday aniqlashni o’rgatish foydali, bunda bolalar vaqtini hozircha 1 soatgacha aniqlikda hisoblashga o’rganishlari yetarli.
Vaqt birliklari bilan tanishtirish bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini aniqlashtirishga yordam beradi. Bolalar har bir vaqt birligi haqidagi konkret tasavvurlarni shakllantirish, ular orasidagi munosabatlarning o'zlashtirilishiga erishish kalendar va soatdan foydalanishga o'rgatish va tugash vaqti ma'lum bo’lsa, uning davom etish vaqtini hisoblashga doir uncha murakkab bo’lmagan masalalarni ular yordamida yechish, shuningdek, unga teskari masalalarni yechishi zarur.
“Mashinist poyezdni bir shahardan ikkinchi shaharga haydab bormoqda. U 4 soatu 45 minut yurganidan keyin yana 2 soatu 35 minut ortiqroq yuradigan yo’l qoladi. Mashinist poyezdni bir shahardan ikkinchi shaharga qancha vaqtda haydab kelishi zarur?”
Masala shartini qisqacha bunday yozish mumkin:
Yurdi – 4 soatu 45 minut
Qoldi – ? Yurganidan 2 soat 35 minut ortiq.
Yechilishi: 4 soat 45 minut
+ 2soat 35 minut
6 soat 80 minut = 7 soat 20 minut.
7 soat 20 minut
+ 4 soat 45 minut
Xulosa O’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatish 4-sinf matematikasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda amallar soniga nisbatan cheklanmaydi, ya'ni o’quvchi nafaqat ikkita, balki uchta va to’rtta ko'paytmalarning yig’indisini topish talab etilgan, hayotiy masalalarni yecha olishi kerak.
Tarkibli masalalarda sodda masalalarning barcha turdagi ko’rinishlari uchrashi mumkin. Tadqiqotimizda berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog’lanish o’rnata olish ko’nikmasiga nisbatan talabni ko’proq qo’yuvchi bir qator yangi masalalar berish nazarda tutilgan. Bu masalalarni o’rganish uchun alohida dars qo'shimcha dars soatlari shart emas. Bunda o’qituvchi dastlab masala haqida tushuntirishlar olib boradi, so’ngra o’quvchilar o'zlari mustaqil ishlashlari uchun metodik tavsiyalar taklif qilishi mumkin.
Murakkab masala yechishda asosiy bosqichlarni quyidagicha belgilash mumkin:
1. masalani o'qish;
2. ma'lum va noma'lumlarni aniqlash;
3. qisqa yozuv yoziladi;
4. yechish rejasi tuziladi;
5. yechish bajariladi;
6. javob aniqlanadi:
7. javob tekshiriladi.
Masala yechishda materiallar asosan tevarak-atrofdan olinishi maqsadga muvofiq. Bizning tadqiqotimiz obyekti hisoblangan vaqtga doir, geometrik va idrok qiluvchi masalalar o’quvchilarni masala yechish bilan birga matematikani yaxshi o’zlashtirishiga ham xizmat qiladi.
“3-sinfda murakkab masalalar ustida ishlash” mavzusi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlardan quyidagi xulosalarga keldik:
boshlang’ich matematika kursida matnli masalalar, xususan, murakkab masalalar yechish alohida o’rin egallaydi
o’quvchilarni baho, miqdor va qiymat, vaqt, tezlik, masofa orasidagi va boshqa miqdorlar orasidagi mavjud bog’lanishlar bilan tanishtirishda murakkab masalalarning ahamiyati katta;
o’quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o’rgatishning ahmaiyati ular ustida ish olib borish usullariga bog’liq;
masalalar ustida ishlash jarayonida uni turli usulda yechish malakasini shakllantirib borish g’oyat muhim;
murakkab masalalar yechishda mulohaza yuritishning analitik va sintetik usulidan foydalanish o’quvchilarni ancha jiddiy fikrlashga o’rgatadi;
fikrlashning sintetik usulida o’quvchi masaladagi son ma’lumotlaridan boshlab, izlanayotgan ma’lumotga qarab tahlil etishni o’rganadi;
masalada izlanayotgan miqdordan ma’lum miqdorlarga qarab tahlil etish orqali analitik usulda yechish malakasi shakllanadi;
masalalar yechishda muammoli vaziyatni hosil qilish o’quvchining idrokini, fikrlashini o’stiradi;
geometrik mazmundagi masalalar ustida ish olib borishda o’quvchilarning geometrik tasavvurlarini o’stirishga, geometrik figuralar ustida ko’proq amaliy ishlar olib borish lozim;
o’qituvchi masala yechishning u yoki bu usulini qo’llaganda didaktika tamoyillarini hisobga olishi lozim.