Tòrtinchi sinfda matematikadan murakkab masala va ularni yechishga òrgatish metodikas
I Bob Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi Murakkab masalalar yechishga o'rgatish. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari sodda masalalarni o'zlashtirib olganlaridan keyin, ya'ni ular shart va natijani ajratib olganlaridan keyin ma'lum va noma'lumlarni qiynalmay ajratadigan bo'ladilar, masala yechishning dastlabki ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin darsga tarkibli masalalar kiritila boshlaydi. Murakkab masalalarni yechishga tayyorlash sodda masalalarni yechishdanoq boshlanadi. Eng oldin berilgan masala shartiga savol qo'yish bilan bog'liq bo'lgan topshiriqni aytish kerak. Berilgan ma'lumotlardan foydalanib, qanday savolga javob berish mumkinligini to'g'ri aniqlash malakasi tarkibli masala ustida bundan keyin ishlashda muhim rol o'ynaydi. Bu malaka hamma o'quvchida bir xil va tez shakllanmasligini hisobga olib, bu yo'nalishdagi ishni o'quvchilarning kuchlari yetadigan materialdan foydalanib, ya'ni sodda masalalardan foydalanib ilgariroq o'tkazish kerak.
O'quvchilarni murakkab masalalarni yechishga o'rgatishda o'quvchi aqliy faoliyat bilan fikr yuritishi lozim. Murakkab masalalarni yechishga kirishishdan oldin ularni turlari (xillari) bo'yicha bo'lib, so'ngra yechimini izlash metodlarini tanlash va tadbiq etishga kirishilsa, ish ma'lum darajada osonlashadi. Murakkab masalani sodda masalalarga ajratish va sodda masalani yechish natijasida izlanayotganlar bilan berilganlar o'rtasidagi bog'lanish xarakteri aniqlanadi. Buning asosida bu masalani yechish uchun arifmetik amal tanlanadi va natija hisoblanadi.
Murakkab masalani yechish bosqichlari quyidagi reja asosida amalga oshiriladi: 1) O'quvchilar tomonidan masala mazmunini o'zlashtirish
2) masalaning tahlil qilish va reja tuzish (murakkab masalani sodda masalalarga ajratish va yechish rejasini tuzish)
3) masala yechish (amallar tanlash, ularni bajarish, yechishning borishini va hisoblashlarni yozish);
4) Masala yechimini tekshirish