Mavzu: Tòrtinchi sinfda matematikadan murakkab masala va ularni yechishga òrgatish metodikas mundarija I bob Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi



Yüklə 70,76 Kb.
səhifə9/11
tarix04.01.2023
ölçüsü70,76 Kb.
#78389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tòrtinchi sinfda matematikadan murakkab masala va ularni yechishga òrgatish metodikas

2.2 Tarkibli masalalar
Bola maktabdagi mashg‘ulotlarning birinchi kunidanoq masala bilan uchrashadi. 1-sinf o‘quvchilari bilan qilinadigan dastlabki suhbatlarining birida o‘qituvchi o‘quvchi qanday hayotiy tajriba va bilimga ega ekanini aniqlash maqsadida eng soda masalaga murojaat qiladi: Masalan, ―Sening 3ta daftaring bor edi, sen yana bitta daftar olding. Sendagi daftarlar nechta bo‘ldi?‖.
Maktabda o‘qitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar o‘quvchilarga matematik tushunchalarni to‘g‘ri shakllantirishga uni o‘rab turgan muhitning o‘zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o‘rganilayotgan nazariy qoidalarni qo‘llanish, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog‘lanishlarni o‘rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar Yechish mumkin bo‘lgan masalalar tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi.
Matematik maslalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan Yechish mumkin bo‘lgan masalalar sodda masalalardan jumlasiga kiradi. Bir nechta sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi.
Har qanday sodda maslalaga doir ikkita teskari masala tuzish mumkinki ularning har biriga o‘sha sharti bo‘yicha izlanayotgan son sifatida esa to‘g‘ri masala shartidan ma`lum bo‘lgan son qatnashadi. Masalan, ―Karimning 10ta kaptari bor edi. U o‘rtog‘i Anvarga 5tasini berdi. Karimning nechta kaptari qoldi?‖ masalaga 2ta teskari masala tuzish mumkin. Birinchisi: ―KArimning bir nechtakaptari bor edi. U o‘rtog‘i Anvarga 5 tasini bergandan keyin unta 5ta kaptar qoldi. Oldin Karimda nechta kaptar bor edi?‖. Ikkinchisi: ―Karimda 10ta kaptar bor edi. U birnechtasini o‘rtog‘i Anvarga bergandan so‘ng o‘zida 5ta kaptar qoldi. Karim o‘rtog‘iga nechta kaptar bergan?‖ Bu masala berilgan birichi masalaga nisbatan, shuningdek ikkinchi masalaga nisbatan ham teskari masala sifatida qarash mumkin.
Bundan tashqari, sodda masalalar orasidan bilvosita ifodalangan masalalar ajratiladi. Masalan quyidagi masala shunday masalalar jumlasiga kiradi: ―Irodaning 15ta kitobi bor. Opasida esa 5ta ortiq kitob bor. Opasida nechta kitob bor?‖ Bu masala shartida ―ortiq‖ deyilgan, masala esa qo‘shish bilan yechiladi (15+5=20).
Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash mumkin.

  1. Arifmetik amallar mazmuniniochishga doir masalalar; yig‘indini, qoldiqni topishga doir masalalar, bir xil qo‘shiluvchili masalalar, bo‘lishga doir masalalar.

  2. amalning noma`lum komponentlarini topishga doir masalalar.

  3. Bir nechta birlik ―ortiq‖ munosabati bilan bog‘liq masalalar, sonni bir necha birlik orttirishiga bevosita ifodalangan masalalar, sonlarni ayirmali taqqoslashga doir masalalar.

  4. Kattaliklarning proporsional bog‘lanishlariga doir masalalar.

Hamma turdagi sodda masalalar o‘quvchi uchun quyidagi maqsadlarda kerak bo‘ladi:
1) matematik masalaning strukturasi bilan tanishish, ya`ni uing sharti, berilganlari, savoli izlanayotgan miqdori bilan, masalaning yechimi, savoli, javobi, amal bilan tanishish

  1. bolalarda masala savoliga javob berish uchun bajarish kerak bo‘ladigan amallarni tanlashga ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalash.

  2. Shartga kirgan kattaliklar orasidagi elementlari funksionalmunosabatlarni birichi marta ko‘rish amallar komponentlari orasidagi bog‘lanishlarni tushunish

  3. Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog‘lash, bu bolalarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiardi.

  1. Sodda masala matni o‘zgartirish ustida ishlash o‘quvchiga ko‘proq mavhum tushunchalarni egallashga yordam beradi

  2. O‘quvchini har xil tarkibli masalalari Yechishga tayyorlash

  3. Bola ongiga matematika asoslarini joylash uning bilim doirasini kegaytirish, iroda va talachanlikni tarbiyalash.

Bolalar eng oldin tanishadigan dastlabki masalalar, tabiiyki bolalar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Yig‘indi va qoldiqni topishga doir masalalar shunday masalalar jumasiga kiradi. Bunday masalalarni Yechish bilan tanishtirishni parallel olib boorish maqsadga muvofiq.
Bolalarni sodda masalalar bilan tanishtirishning dastlabki bosqichida o‘qituvchi oldida birdaniga bir qancha murakkab muammolar paydo bo‘ladi.

  1. bolalar ongiga masala bilan bog‘liq bo‘lgan aniq tushunchalarga doir ikkilamchi signallar kirishi va mustahkamlanishi kerak;

  2. masalarda berilgan sonlarni va izlanayotgan sonni ko‘ra olish malakasini hosil qilsih;

  3. amallar va ularning komponentlarini ongli tanlashga o‘rgatish.

Bolalar 5 ichida sanashning ba`zi malakalarini egallab olganlaridan keyin uni o‘rganishni davom ettirish nilan bir vaqtda masalalar va ularni Yechish bila tanishtirishni harakat bilan bajariladigan masalardan boshlash ma`qul. O‘qituvchi stoldan chap qo‘liga 2ta daftar oladi va ―chap qo‘limda 2ta daftar bir‖-deydi. So‘ngra o‘ng qo‘liga yana ikkita daftar oladi va ―o‘ng qo‘limda yana 2ta daftar bor. Ikkalama qo‘limda nechta daftar bor?‖ deydi. Sanashni o‘rganishga yordam beradigan mashqlarni har kuni o‘tkazish foydali shu bilan bir vaqtda oldin rasmlarga qarab, undan keyin esa rasmlar va sonlar bo‘yicha masalalar tuzish va Yechishga o‘tish mumkin.
Bolalar harakatli masalalarni Yechishni o‘zlashtirib olganlaridan va shunday masalalardan birini yechib bo‘lganlaridan keyin o‘qituvchi bunday deyishi mumkin. ―Biz sizlar bilan masala yechdik, unda yana bitta masala yechamiz. Tinglang, men masalani o‘qib beraman‖ – masala shartini o‘qiydi, bolalar esa uni Yechishadi. Bolalar masala shartini, savolini qanday ajratishni tushunishlari uchun o‘qituvchi ularga ushbu masalani beradi: ‗Nigora 2ta olma uzdi‘ va bolalardan ―bu masalalardan nimani bilish mumkin yoki nima haqida so‘rash mumkin‖ligini aytishni so‘raydi. O‘quvchilar javob beradi: ―Nigora hammasi bo‘lib qancha olma uzgan?‖. Bolalar masala savoli bilan shu yo‘sinda tanishadilar. O‘qituvchi bunday deyishi mumkin: ―bu narsalarning savoli. Unga qanday javob berish mumkin yoki Nigora hammasi bo‘lib nechta olma uzganini qanday bilish mumki?‖. O‘quvchilar buning uchun 2 bilan 2ni qo‘shish kerak deb javob berishlari va qo‘shishni kartochkalar yordamida bajarishlari kerak.
Masalani yana bir marta o‘qib chiqqandan keyin o‘quvchilardan biriga masalada nima haqida so‘ralmoqda deb savol berish, ikkinchisiga savolni takrorlashni, uchinchisiga masalada nima ma`lumliginiaytishni taklif qilish kerak, so‘ngra bir qancha o‘quvchiga masala takrorlashni taklif qilish kerak. Shunday mashqlardan keyin bolalar masalaning sharti va savolini qanday ajratish kerakligini tushunadilar.
Bolalarga muvaffaqiyatli ta`lim berishda mustaqil ravishda sodda masalalar tuzish malakasi katta ahamiyatga ega. Tarkibli masalalar Yechishda o‘quvchilarning sodda masalalar topish va ularning ketma-ket qatorini mustaqil tuzishlariga to‘g‘ri ke;adi. Agar o‘quvchi sodda masala tuzish malakasiga ega bo‘lsa, u holda bunday o‘quvchini tarkibli masala Yechishga o‘rgatish oson. Sodda masalalarni Yechishda bolalarni ularga doir har xil savollarni o‘ylab topishga va savollarga doir mos ma`lumotlarni tanlashga majbur qilinishining sababi mana shunda.
Birinchi sinf o‘quvchilari soda masalalarni o‘zlashtirib olganlaridan keyin, ya`ni ular shart va savolni ajratishni o‘rganib olganlaridan keyi ma`lum va noma`lmlarni qiynalmay ajratadiga bo‘ladilar, Yechishningdastlabki ko‘nikmalarini oladilar, shundan keyin sekin asta darsaga tarkibli masalalar kiritila boriladi.
Murakkab (tarkibli) masalalarni Yechishga tayyorlash sodda masalalarni yechsihdayoq boshlanadi, bunda tarkibli masala bilan tanishtiris funksiyasini bajarib qolmay, balki ularning rivojlanishlariga ijobiy ta`sir ham ko‘rsatadi.
Eng oldin berilgan masala shartiga savol qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqni aytish kerak. Berilgan ma`lumotlardan foydalanib, qanday savolga javob berish mumkinligini to‘g‘ri aniqlash malakasi tarkibli masala ustida bundan keyin ishlashda muhimdir. Bu malaka hamma o‘quvchida bir xil va tez shakllanmasligini hisobga olib, bu yo‘nalishdagi ishni o‘quvchilarning kuchlari yetadigan materialdan foydalanib, ya`ni soda masalalardan foydalanib ilgariroq o‘tkazish kerak.
Tarkibli masalalarning Yechishga tayyorlashda ikki savolli masalalar alohida o‘rin tutadai. Masalan: ―Bir o‘ramda 10m, ikkinchisida undan 3m kam gazlama bor. Ikkala o‘ramda necha metr gazlama bor?‖. Berilgan topshiriqqa asoslanib, u bilan ishlashga ijobiy yaqinlashish mumkin. Masalan, o‘quvchiga savollarni boshqacha tartibda berish va oldin qaysi savollarga javob berish kerakligini yoki berilgan savollardan qaysinisaga o‘quvchilar javob bera olishlarini aniqlash kerak. Bu misol o‘quvchilarga bu savollarning o‘zaro bog‘liq ekanliklarini tushunish imkonini beradi. Bu omilni yaxshi o‘zlashtirish uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ikkita savolli masalalar Yechish uchu berish kerak va o‘quvchilar e`tiborini shu holga qaratish kerak. Masalan bunday masalani berish mumkin: ―Birinchi yashikda 20kg, ikkinchi yashikda 10kg nok bor. Ikkala yashikda jami necha kg nok bor? Birinchi yashikdagi nok ikkinchi yashikdagi noklardan necha kg ortiq?‖
Ikkinchisi birinchisining davomi bo‘lgan o‘zaro bog‘liq ikkita sodda masalani Yechish topshirig‘i o‘quvchilar uchun ancha qiyinchilik qiladi. Shunga qaramay bunday topshiriqlar ham tarkibli masalalarni Yechishga tayyorlash va Yechish bosqichida foydalidir.
Tarkibli masala bilan tanishtirishda har xil metodik usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Masalani, masalan, birdaniga Yechishga kirishish mumkin. Misol tariqasida ushbu masalani keltirish mumkin: ―Birinchi javonda 8ta kitob, ikkinchi javonda 4ta kam kitob bor. Javondagi hamma kitoblar nechta?‖.
O‘qituvchi masala shartini gapirib berar ekan, birinchi javonda nechta kitob borligini (8ta) ko‘rsatadi; ikkinchi javonni ko‘rsatadi va undagi kitoblar 2ta kamligini aytadi. Bolalar masalani o‘qituvchining savollari bo‘ycha takrorlashadi, o‘qituvchi
esa ishning berishida doskada sxematik rasm bajaradi: ―Birinchi javon haqida nima ma`lum? Ikkinchi kitob javonida nechta kitob borligi ma`lummi? Ikkinchi javondagi kitoblar haqida nima ma`lum? Masalada nima haqida so‘ralmoqda?
Shundan so‘ng muhokama qilinib bolalar masalaning yechilishiga keltiriladi: ―Birinchi javonda nechta kitob borligini biz bilamizmi? Ikkinchi javonda nechta kitob borligini bila olamizmi? Buning uchun nima qilish kerak? Nega? 2ni ayrish bilan nimani bilib olamiz? Ikkala javonda birgalikda nechta kitob borligini bilish uchun bundan keyin nima qilish kerak? (Birinchi javondagi kitoblar soni bilan ikkinchi javondagi kitoblar sonini qo‘shish kerak.) Shunda biz masalaning asosiy savoliga javob bera olamizmi? (Ha.) Masalaning yechilishini doskaga va daftarlarga yozishadi.
Tarkibli masala bilan tanishtirishning birinchi darsidan keyinoq tarkibli masalani uyda Yechishga berib bo‘lmaydi, buning uchun bolalar oldin tarkibli masalaning yechilishini yozish malakasini egallab olishlari kerak. O‘quvchilarni tarkibli masala bilan tanishtirgandan keyin tavsiflangan ish usullari o‘z ahamiyatlarini yo‘qotmasliklari kerak.
Darslarda tarkibli va sodd masalalarni Yechishga tayyorlashda foydalangan har xil metodik usullardan ham ijodiy foydalanish kerak. Masalan, o‘quvchilarni tarkibli masalalar bilan tanishtirilgandan keyin, ikkinchi darsda bunday ishni tashkil qilish mukin.
Doskaga ikkita soda masala matni yozib qo‘yiladi:

  1. Bo‘yoqchi bir uyda 8ta eshikni, ikkinchi uyda 5ta eshikni bo‘yashi kerak. Bo‘yoqchi qancha eshikni bo‘yashi kerak?

  2. Bo‘yoqchi 13ta eshikni bo‘yashi kerak. U 5ta eshikni bo‘yab bo‘ldi. U yana nechta eshikni bo‘yashi kerak?

O‘qituvchi oldin sinfning sodda masalani Yechish bo‘yicha ishni tashkil qiladi. Shundan keyin u murakkab masala matnini beradi: ―Bo‘yoqchi bir uyda 8ta, ikkinchi uyda 5ta eshikni bo‘yashi kerak. U 5ta eshikni bo‘yab b‘oldi. Bo‘yoqchi yana nechta eshikni bo‘yashi kerak?‖

O‘quvchilare`tiborini berilgan tarkibli masala bilan sodda masalalar


orasidagi bog‘lanishga qaratish uchun sodda masalalar orasidagi bog‘lanishga qaratish uchun sodda masalalar matnidan tarkibli masalani ajratish foydali. Mazkur usul tarkibli masalalarda sodda masalalarni ko‘rishga yordam beradi. Keyinchalik ba`zi tarkibli masalalarni Yechishnigina emas, balki unalrni taqqoslashni, tarkibli masalalarni Yechishga yo‘naltirilgan har xil topshiriqlardan ijodiy foydalanishlarni ham kiritish kerak. Masalan, ―Maktabdagi musiqa to‘garagida 34 nafar, tasviriy san`at to‘garagiga 26 nafar, tikuvchilik to‘garagida esa 40 nafar o‘quvchi qatnashmoqda. Uchala to‘garakda hammasi bo‘lib necha nafar o‘quvchi qatnashmoqda?‖ Masala bilan ishlashni. Oldin berilgan shartga har xil savollar taklif qilish kerak, bu savollarga bolalar og‘zaki ommaviy javob berishadi: musiqa va tasviriy san`at to‘garagiga nechta o‘quvchi qatnashmoqda? Tasviriy san`at va tikuvchilik to‘garagiga jami nechta o‘quvchi qatnashmoqda? Musiqa va tikuvchilik to‘garagiga nechta o‘quvchi qatnashmoqda?
O‘tkazilgan ommaviy ish berilgan tarkibli masalarning har xil usullar bilan

yechilish imkoniyatini tushunishga yordam beradi:







1-usul




2-usul

3-usul

1)

34+26=60

1)

26+40=66

1) 34+40=74

2)

60+40=100

2)

66+34=100

2) 74+26=100

Ajratilgan vaqtda o‘quvchilarga mustaqil Yechish uchun tarkibli masalani berib, o‘qituvchi ishning borishini kuzatib boradi. Shundan keyin doskada berilgan masalaning uchta usul bilan yechilishi ochiladi, bunda o‘qituvchi har xil o‘quvchi o‘z tanlagan usulni topishni taklif qiladi.
Bundan keyin ish vaziyatga qarab o‘tkaziladi. Agar uchala usul ham o‘quvchilarning ishlarida o‘z aksini topgan bo‘lsa u holda o‘qituvchi har bir usulni tushuntirib berishni taklif qiladi. Buning uchun o‘qituvchi topshiriqni mustaqil uddalay olmagan o‘quvchilarni chiqaradi. Topshiriqni mustaqil uddalagan o‘quvchilar ularni tekshirib turadilar, ularga yo‘naltiruvchi savollar berish bilan yordam beradilar. Ular, masalan, ushbularni so‘rashadi: 3 soni nimani bildiradi? Agar 3ga 4ni qo‘shsak biz nimani bilamiz? va h. k.

Yordam berish shakli o‘qituvchi tomonidan masalani Yechish uchun taklif


qilingan usullardan istalganini muhokama qilish paytida ko‘rsatilishi mumkin. Bajarilgan ish o‘quvchilarni ikkichi topshiriqni bajarishga tayyorlaydi: ―Oldingi ma`lumotlarning o‘zidan foydalanib bunday yechiladigan masalalar tuziladi: 34-26, 34+26, 40-34, 40+40‖.
Tarkibli masalalar bilan ishlashda tayyor yehimlarni analiz qilish bilan bog‘liq topshiriqlardan foydalanish kerak. Masalan: ―Yozuvlarni qara va ularning har biri qaysi masalaga tegishli ekanini tushuntir‖
(3+2)+3, 3+2
Tovuqlarni boqish uchun bir kunda 3kg don, g‘ozlarni boqish uchun esa undan 2kg ortiq don sarflanadi. G‘ozlarni boqish uchun necha kg don sarflangan?

  1. Tovuqlarni boqish uchun bir kunda 3kg don, g‘ozlarni boqish uchun esa undan 2kg ortiq don sarflandi. Tovuq va g‘ozlarni boqish chun necha kg don sarflanadi?

Bu topshiriqni bajarishdan oldin masalalar tekstlarini tahlil qilish va taqqoslashga doir ish o‘tkazish kerak, bu ish davomida o‘quvchilar masalalarning shartlari bir xil, ularning savollaridagina farq borligini ta‘kidlaydilar.
Sodda masalalarni Yechishga alohida e‘tibor berish bilan birga ularni o‘quvchilar mustaqil Yechishlarinitashkil qilib, bu ishni tarkibli masalalarni Yechish malakasining shakllanishi bilan oqilona qo‘shib olib borish kerak.
Masalan, o‘quvchilarga ―Qizcha 10 so‘mga daftar sotib oldi. U 40 so‘mdan qancha qaytim oladi?‖ masalasini mustaqil Yechish uchun taklif qilib, uni ommaviy tekshirish bilangina yoki shumaqsadda masalaning individual doskadagi yechilishidan foydalanish bilan cheklanmaslik kerak. Masala mustaqil yechib bo‘linganidan keyin, topshiriqning uddasidan chiqa olmagan o‘quvchilarnimasalani rollar bo‘yicha o‘ynashga taklif qilish foydali.



Yüklə 70,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin