Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati
Ginekologikoperatsiyalardankeyinkuzatiladiganruhiy o‘zgarishlar Turli xil ginekologik kasalliklarni davolash operatsiya yo‘li orqali amalga oshiriladi. Bachadonni olib tashlash, gisterektomiya, kuchli qon ketishlarni to‘xtatish, tug‘ish paytida kuzatiladigan xavfli vaziyatlarda o'tkaziladigan operatsiyalar ayol uchun katta bir ruhiy-hissiy buzilishlarga sababchi bo‘ladi. Masalan, bachadonning olib tashlanishi yosh ayollar uchun og‘ir ruhiy jarohat hisoblanadi. Ayniqsa, farzandsiz ayollar yoki yana farzand ko'rishni xohlagan ayollarda bachadonning olib tashlanishijuda og‘ir kechadi.
Bachadonga ega bo‘lish va regulyar tarzda hayz ko‘rish aksariyat ayollar uchun ayollik ramzidir. Bachadonning olib tashlanishi ular uchun ayollik va yoshlikning orqada qolgani, endi hayot ma’nosiz bo‘lib qolganini anglatadi. Bachadoni olib tashlangan ayollar bir necha oylab odatiy hayot tarziga qayta olmay yurishadi, depressiya va apatiyaga tushishadi, o'zlarini xuddi yaqin bir kishisidan judo bo‘lgandek his qilishadi. Ularning somatik shikoyatlari ham ko‘payadi, qornida har xil og‘riqlar, oyoq-qoilarida uyushishlar paydo bo‘ladi, bel og‘riqlari, tez-tez siyish, umumiy holsizlik, charchab qolish, o‘z-o‘zidan yig‘i kelish kabi belgilar kuzatiladi.
Sekin-asta bachadoni olib tashlangan ayol me’yoriy hayotga qayta boshlaydi, ayniqsa, psixologning aralashuvi, aynan hayotiy muhim ко‘rsatmalar sababli bachadonning olib tashlanganligini tushuntirish ayol kishining ruhiyatiga taskin beradi. Mutaxassislarning fikricha, bachadoni olib tashlangan ayollarning odatiy hayotga qaytishi 2 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, awaldan o‘ta ta’sirchan yoki ruhiy-hissiy buzilishlarbilan psixolog nazoratida boigan ayollarda kuzatiladi. Albatta, psixologning aralashuvi bu davrni bir necha oylarga qisqartirishi mumkin. Ba’zan ginekologik operatsiyalardan so‘ng turli darajada ifodalangan vegetativ-endokrin buzilishlar kuzatiladi va ular dorivor vositalar bilan faol davolashni talab qiladi.