Mavzu: Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati Tu



Yüklə 107,55 Kb.
səhifə3/7
tarix22.09.2023
ölçüsü107,55 Kb.
#146554
1   2   3   4   5   6   7
Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati

Abortdan keyin kuzatiladigan ruhiy ozgarishlar

Statistik ma’lumotlargako‘ra, deyarli harbeshinchi homiladorlik bola tushirish bilan yakunlanadi va ular homiladorlikning dastlabki davrida kuzatiladi. Bola tushirish u yoki bu ko‘rinishda ruhiyatning buzilishi bilan kechadi. Ayniqsa, birinchi homiladorlikda bo‘lajak farzanddan judo bo‘lish og‘ir depressiv holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ayol motamsaro vaziyatga tushib qoladi, ko‘p yig'laydi, jizzaki bo‘lib qoladi, ishtahasi pasayadi, ishga qo‘li bormaydi, uyqusi buziladi, bolasini tushlarida ko‘radi. Bola nobud bo‘lganiga o‘zini aybdordek sezadi.
Bir marta bola tushirgan ayollarning ba’zilarida turli kasalliklar sababli yana va yana bola tushirishlar kuzatiladi. Bunday hollarda oilaga darz ketishi mumkin. Erkak va ayol vrachma-vrach qatnay
boshlashadi, bola tushirish sabablarini izlashadi. Bu tabiiy, albatta. Ginekologlarning malumotlariga ko‘ra, bola tushirishning 50 % ga yaqini jinsiy a’zolar infeksiyalari bilan bog‘liqdir, albatta, bu yerda venerik kasalliklar alohida o‘rin tutadi. Birinchi bola tushirishdan keyingi homiladan ham ajralib qolmaslik uchun ayol doimo xavotirda yashaydi, hadeb ginekologga qatnayveradi, uning ko'rsatmalarini so'zsiz bajarib borishga intiladi, ya’ni reaktiv nevroz yuzaga keladi. Bu yerda, albatta, ayol bilan psixologik suhbat o‘tkazish juda o‘rin-lidir. Chunki doimiy xavotir va qo‘rquv ham ba’zi hollarda bola rivojlanishiga ta’sir qilishi va to‘satdan bola tushishi bilan tugashi mumkin. Shuning uchun ham homilador ayol kishi uchun ruhiy tinchlik yaratish, oila a’zolari orasida sog'lom psixologik muhitning bo'lishi, tinch uyqu bola tushirishlarning oldini olishi va sog'lom farzandning dunyoga kelishini ta’minlab beradi. Ba’zan esa anti­ depressantlar tavsiya qilishga to‘g‘ri keladi.

Hayz buzilishlarida ayollar psixologiyasi

Ayollarda o‘tkir va surunkali ruhiy siqilishlar aksariyat hollarda, hayz buzilishlariga olib keladi. So‘nggi yillarda qizlarda hayz ko‘rish-ning barvaqt kelishiga e’tibor qaratilmoqda va bu vaziyatni hayot tarzining gurkirab o‘zgarib kelayotgani, ruhiy vajismoniy rivojlanish orasida nomutanosiblik bilan bogMashadi. Psixologlar qizlarda seksual faollikning erta shakllanishiga ochiq matbuotda va internetda intim hayotga bog‘liq ma’lumotlarning ko‘payib borayotgani ham sabab bo'layotganiga katta urg‘u berishadi.
Hayz ko‘rishning buzilishlari ichida amenoreya alohida o‘rin kasb etadi. Amenoreyaga oid dastlabki ma’lumotlar va uning ruhiyatga bog'liqligi ikkinchi jahon urushi davrida aniqlangan. Urush davrida hayoti xavf ostida qolgan ayollarda hayz kelishning uzoq vaqtga yo'qolishi kuzatilganligi yozib qoldirilgan. Shu davrda mutaxassislar amenoreyani ginekologik kasalliklar sababli emas, balki ruhiy buzilishlar va xavotir sababli kelib chiqishini bir necha ayollarda kuzatishgan. Turmushga chiqqan va eri urushga ketib halok boMgan ayollarda ham amenoreya kuzatilishi ushbu holatning ruhiyat buzilishi bilan bog‘liqligini ko'rsatgan.
Stress asri deb atalmish XXI asrda esa amenoreya eng ko‘p uchraydigan patologik holatlardan biridir. Ayniqsa, oiladagi doimiy janjallar, farzand bo‘lmasligi, ishdagi kelishmovchiliklar hayz keli-shining buzilishiga sababchi bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, ayniqsa, xavotir bilan kechuvchi ruhiy-hissiy buzilishlar ameno-reyaga olib kelishi mumkin. Demak, amenoreya - nevrozning bir klinik ko‘rinishidir.


Yüklə 107,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin