Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati
17.5.Hayzoldisindromi
Hayz kelishidan oldin ruhiy-asabiy, vegetativ, endokrin va somatik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Ushbu buzilishlar umumiy vegeto-nevroz ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ba’zi mutaxassislar tomonidan hayz kelishi bilan bog‘lanmay qoladi. Demak, hayz oldi sindromi deb atalmish affektiv buzilishlar mavjudligini vrachlar doimo yodda tutishi lozim. Ushbu belgilar hayz kelgandan so‘ng yoki tugagandan keyin o‘tib ketadi. Nevrotik belgilarga boy hayz oldi sindromi ayol kishining ish faoliyatiga, o‘qishiga va shu kabi faol hayot tarzini talab qiluvchi vaziyatlarga salbiyta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday paytlarda u o‘qishga yoki ishga borgisi kelmaydi, uyyumushlarini tashlab qo‘yadi, umumiy holsizlik kuzatiladi, apatiyaga tushadi, hech kim bilan gaplashmay uyda yotgisi keladi. Ba’zan vrachlar e’tiboridan ham chetda qoladigan bu holat oila a’zolari tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinishi va turli xil majoralarga sababchi boiishi mumkin.
Hayz oldi sindromida yashirish ruhiy-hissiy buzilishlar qo‘zg‘ashi mumkin. Masalan, depressiyaga moyil ayollarda depressiya, bosh og‘riqqa moyillarda bosh og‘rig‘i, yurak qon-tomir kasalliklariga moyillarda kardialgiyalar, oshqozon-ichak sistemasi kasalliklariga moyil ayollarda psixosomatik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Bosh og‘riq bilan keladigan sindromlarda hayz migreni alohida o‘rin kasb etadi. Bunda hayz yaqinlashgan sayin migren xurujlari kuchayib kelaveradi, hayz tugagandan so'ng o‘tib ketadi. Shuningdek, o‘z-o‘zidan yig‘-lash, fikrlarning chalg‘ib ketishi, parishonxotirlik, xavotir, uyqu chanlik, kardiofobiya, ko‘krak uchida og'riqlar, elektrolitlar alma-shinuvining buzilishi hisobiga oyoq-qo‘lning shishishi, qabziyat, bo‘g‘imlarda og‘riqlar va boshqa psixosomatik buzilishlar kuzatiladi. Hayz oldi sindromi faqat monosimptomlar bilan ham namoyon bo'lishi mumkin, masalan, bosh aylanishi sindromi bilan. Buning asl sababi neyroregulator buzilishdir, buni ba’zan shifokorlar kamqonlik bilan ham bog‘lashadi.
To‘g‘ri yig‘ilgan anamnez va bemorning shikoyatlari xronologiyasi hayz oldi sindromini aniqlashni osonlashtiradi. Yuqorida ko'rsatib
o‘tilgan sindromlar hayz kelishidan 5-6 kun oldin kuchayib, hayz boshlanishi bilan keskin kamaya boshlaydi yoki butunlay yo'qoladi. Aynan mana shu holat hayz oldi sindromini to‘g‘ri aniqlashga yor-dam beradi.