Mavzu: Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati Tu



Yüklə 107,55 Kb.
səhifə5/7
tarix22.09.2023
ölçüsü107,55 Kb.
#146554
1   2   3   4   5   6   7
Tugʻruq komplekslari va ayollar maslaxatxonalarida psixolog faoliyati

Klimakterik davrda psixologik ozgarishlar

Sog'lom ayol organizmida reproduktiv sistema 7-8 yoshdan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlaydi va 60-65 yoshga yetganda, o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Reproduktiv sistemada sodir bo‘ladigan orqaga qaytuvchi o'zgarishlar kliniaks nomini olgan. Buning natijasida, awal homilador bo‘lish, keyin esa hayz ko‘rish faoliyati to‘xtaydi. Bu davr 10 yilgacha, ba’zan undan ham ortiq davom etishi mumkin. Klimakterikdavr - fiziologik jarayonlardan iborat davr bo‘lib, organizmning reproduktiv sistemasida involutsion jarayonlar ustun-
lik qiladi.
Bu davrda awal homilador bo‘lish, keyin esa hayz ko'rish to'xtaydi. Bu jarayonni quyidagi davrlarga aj'ratishadi:
premenopauza45 yoshdan menopauza boshlangunga qadar davr;
perimenopauza premenopauza davri bilan menopauzadan keyingi ikki yil;
menopauza— so‘nggi hayz;
postmenopauzal davr menopauzadan keyin boshlanadi va umrning oxirigacha davom etadi.
Premenopauzal davrning fiziologik kechishida tuxumdon funk-siyasining sekin-asta pasayishi kuzatiladi, bu jarayonning klinik manzarasi menopauzaning boshlanganligidan dalolat berib turadi. Reproduktiv sistemaning postmenopauzal davrida involutiv o‘zga-rishlar estrogenlar miqdorining keskin kamayishi hisobiga kechadi.
Menopauza fiziologik jarayon bo‘lib, ichki a’zolar va sistemalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan namoyon bo‘lishi mumkin. Menopauzadan keyin ichki a’zo va to‘qimalarda o‘ziga xos qarish jarayoni boshlanadi, ayniqsa, endokrin bezlarda, jinsiy a’zolarda hujayralar hajmining kichrayishi kuzatiladi. Estrogenlar miqdorining yetishmasligi sababli osteoporoz rivojlansa, progesteron miqdori yetishmasligi ichki a’zo vato‘qimalardagiperplastik jarayonlarni jadallashtirishi mumkin va shu sababli, bachadon yoki sut bezlari o‘smasi rivojlanishi mumkin. Organizmda estrogenlar va proges- teronlar miqdorining yetarli darajada bo'lishi kayfiyatning yuqori darajada bo'lishiga ham yordam beradi. Shuning uchun ham bu gormonlarning yetishmovchiligi ruhiyat va hissiyotning turli darajada ifodalangan buzilishlariga, ayniqsa, xavotirli depressiyalarga sababchi bo‘ladi.
Klimakterik davrning fiziologik kechishiga bir qancha omillar o‘z ta’sirini ko'rsatadi, ya’ni homiladorlik va tug‘ish davrlarining sog‘lom tarzda kechishi, ratsional tarzda ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlar (ichish, chekish) ning yo‘qligi, mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish va h.k.

Yüklə 107,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin