Quyosh nurlari tuproq yuzasiga singdirilib, issiqlik energiyasiga o‘tadi va tuproqning pastki qatlamlariga berib o‘tkaziladi. Atmosferaning yerga yaqin qismi harorati pastroq bo‘lsa, tuproqdagi to‘plangan issiqlik atmosferaga qarab o‘tadi. Yer yuzasiga tushayotgan va qaytayotgan quyosh nurlarining energiyasiga ko‘ra tuproq isib-soviydi. Tuproq yuzasiga singdiriladigan va undan qaytadigan issiqlik miqdori tuproqning rangi, struktura agregatlarining holatiga, tuproqning o‘simliklar bilan soyalanishiga, namlanishiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tuproq yuzasiga tushayotgan quyosh radiasiyasi miqdori joyning geografik joylashuviga va relyef sharoitlariga, shuningdek, yil, kecha-kunduz davomida o‘zgarishi va atmosfera holati (ochiq yoki bulutli bo‘lishi) singarilarga bog‘liq. Shimoliy yarim sharda quyosh radiasiyasining umumiy oqimi shimoldan janubga kelgan sayin oshib boradi. Yer yuzasining mo‘tadil kenglik zonasida quyosh radiasiyasi kunning o‘rtalarida, yer tekis yuzasida minutiga 0,8-1,5 kal/sm2 ni tashkil etadi.