Mahalliy o‘g‘itlar, xususan go‘ng, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tuproq harorati yuqori, namlik yetarli bo‘lgan sharoitlarda go‘ng yaxshi samara beradi. O`g‘itlardan foydalanishda joriy yil bilan bir qatorda o‘tgan yillardagi iqlim sharoitlarini ham hisobga olish lozim. Kuz faslida yog‘in-sochin kam bo‘lsa, azotli o‘g‘itlarning samaradorligi kamayadi va aksincha, fosforli o‘g‘itlarning samaradorligi oshadi. O‘g‘itlar, ayniqsa mahalliy o‘g‘itlar, tuproqdagi suv sarfini 10—20 % ga kamaytiradi. O‘z navbatida sug‘orish ham o‘g‘itlar samaradorligini oshiradi. O‘suv davrining ilk bosqichlaridagi past harorat o‘simliklarning azot va fosfor bilan me’yorida oziqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari yuqori haroratlarda ham o‘simliklarning me’yorida oziqlanish jarayoni buziladi. O‘g‘itlarning samaradorligiga tuproqlarning mikrobiologik faoliyati ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Azotli, fosforli, kaliyli o`g`itlar Azot Azot o`simliklar uchun zarur oziq elementlardan biridir. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. O‘simliklar oziklanishida azot manbai bo’lib ammoniy (NH+4) va nitrat (NO-3) tuzlari xizmat qiladi. O`simliklar tomonidan azotning o‘zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalardan sintezlanadigan oqsil molekulasiga birikishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayonga aminlanish deyiladi. Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish asosida ammiak sintezi yotadi. Ammiak faqat ammoniyli tuzlarni emas, balki turli-tuman azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda xom ashyo vazifasini o’taydi.