Dehqonchilikni kimyolashtirish — ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo‘lidir. Jahon dehqonchiligi tajribasining ko‘rsatishicha, ekinlar hosildorligi tuproqqa kiritiladigan o‘g‘itlar miqdori bilan uzviy bog‘liqdir. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60—70% i) mineral o‘g‘itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o‘g‘it qo‘llash bilan bog‘liq 1 so‘mlik sarf-xarajat 2—3 so‘m bo‘lib hosil bilan qaytadi, g‘o‘zani o‘g‘itlashda esa bu ko‘rsatkich 8—9 so‘mnitashkil etadi. O‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproqiqlim sharoitlari, o‘g‘itlarni me’yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida qo‘llash bilan uzviy bog‘liq. 1980 yilda dunyo bo‘yicha 111,7 mln. t mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, XXI asrning boshlariga kelib, xalqaro amaliy tizimli tahlil instituti (IIASA) hisobi bo‘yicha 287 mln t, BMT qoshidagi Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (UNIDO) ma’lumoti bo‘yicha 307 mln. t mineral o‘g‘it tayyorlanadi. 2015—2020 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 2—3 marta oshadi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o‘g‘it to‘g‘ri keladi. Tuproq unumdorligi va suv bilan ta’minlanganligi o‘g‘itlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘orma dehqonchilik amalga oshiriladigan sharoitlarda azotli o‘g‘itlarning samaradorligi ancha yuqori. Azotning samaradorligiga tuproqning harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi ham ta’sir ko`rsatadi. Bu moddalar tuproqda kam bo`lgan holda azotning o‘zlashtirilishi keskin kamayadi. Tuproq harakatchan fosfor bilan qancha past darajada ta’minlansa (bo‘z tuproqdar ham shunday tuproqlar jumlasiga kiradi), qo‘llaniladigan fosforli o‘g‘itlar samaradorligining yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Kaliyli o‘g‘itlar mexanikaviy tarkibi yengil (qumli va qumloq) tuproqlarda yaxshi samara beradi. O‘rta va og‘ir qumoqli hamda soz tuproqlar kaliy bilan yuqori darajada ta’minlanganligi sababli ularda kaliyli o‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara bir muncha kuchsiz namoyon bo‘ladi.