Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi Ekskursiyada asosiy hikoya formalari bo‘lib tasvir, ketma-ketlik, sanash va ob’yektlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tushuntirish, o‘zaro ichki bog‘liqlik va bog‘lanishlar mazmunini ochib berish, izohlash, jarayon mobaynida diqqatni ob’yekt xususiyatlariga qaratish, ko‘rsatma berish, ob’yekt kuzatuvining to‘g‘ri olib borilishi bilan bog‘liq ekskursovod tavsiyalari kiradi. Ekskursiya shaharlararo sayohat qilishning norasmiy formasi hisoblanadi. Munosabatlar sayohat jarayonida yuzaga keladi va uning bosqichlari bilan birga rivojlanib boradi. Ekskursiya jarayonida munosabatlarning ochiq xarakterdaligi, ijtimoiy sinflarning yo‘qligi, har bir turist munosabatining qamrovini kengaytirish muhimdir, ekskursiya bu xususiyatlarni spetsifik vositalar yordamida yetkazilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, auditoriya doimiy ravishda ekskursovod va ob’yektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Sayohat esa o‘z o‘rnida ekskursovod, ob’yektlar va ekskursiyachilar munosabatlarining natijasidir. Ekskursiya davomida auditoriyani ajratuvchi va birlashtiruvchi belgilar paydo bo‘ladi. Birlashuvchi belgilarga ekskursiyachi va ekskursovod orasidagi munosabatning mavjudligini ko‘rish, eshitish, umumiylik hissi, bir-biriga ta’sir etish (emotsiya) umumiy diqqatning jalb etilishi sayohatga qadar to‘plangan turistlar auditoriyani tashkil qilmaydi. U faqat diqqatning bir joyga jalb qilinishidan keyingina ekskursovod auditoriya hamohangligi, ularning psixofiziologik va ijtimoiy hamohangligi sharoitida kayfiyatning yaxshi bo‘lishi, ularning barchasi ekskursiyaning yaxshi kechishi uchun zamin yaratadi. Ma’lumki, ekskursiyachilar tushunchasi turlichadir. Ekskursitachilar tushunchasi darjasini aniqlash uchun tipologik guruhlar qo‘llaniladi: haqiqatdan ekskursiyachilar sayohat mavzusi bilan qiziqib va kerakli ma’lumotlarni olish uchun intilganlar.
Ekskursiyachilar, qaysiki sayohatni kutib va eshitibgina qolmay, balki bunda faol qatnashishni xohlaydilar, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, sayohatga yomon kayfiyatda kelishadi va sayohatni buzishga qodirdirlar. Ular sayohatga o‘zlarining xohishisiz kelishgan. Bu ekskursiyachilarni layoqatsiz deb atash mumkin, chunki ular sayohatga ko‘p ham qiziqmaydilar. Bular ekskursavodlar dushmanidir. Kasb yosh yoki ma’lumotiga qarab ekskursiyachilar auditoriyasi tarkibi bir xil bo‘lishi mumkin. Ekskursiyachilar diqqatini sayohatga jalb qilish uchun o‘ylash, qabul qilish yoki tushunish, xotira, ma’no va ekskursavoddan kelayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash va o‘zlashtirish, psixologik jarayonlarda aniqlanadi. Diqqatning uch xili ma’lum: xohish bilan, xohishsiz va istakdan so‘ng. Xohishsiz diqqat bu - ob’yekt haqida o‘ylashga qaratilgan, hech qanaqa kuchsiz (harakatsiz) kelib chiqadi. Xohish bilan diqqat shuning aksidir.