Mavzu: Turistik mashrutlarni otkazishni tashkil qilish Reja: I kirish. II asosiy qism


Kutilmagan hodisalarni yo'q qiling



Yüklə 162,57 Kb.
səhifə8/12
tarix14.12.2023
ölçüsü162,57 Kb.
#177772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
.........Kurs ishi-2........0

Kutilmagan hodisalarni yo'q qiling
Uchinchi nuqta nima bilan bog'liq? Bu juda oddiy. Shuni yodda tutingki, siz tuzgan rejangiz hech qachon 100% bajarilmaydi. Uning ishdan chiqishiga nima ta'sir qilishi mumkin? Lagerga sayohat qilishda o'zingizning jismoniy imkoniyatlaringizni, kasalligingizni yoki yomon ob-havoni qayta baholash. Suvga yaqin avtoulovlarni hisobga olgan holda minimal va maksimal dasturni bir kunga rejalashtirish yaxshidir.
Yuqoridagi barcha omillarni hisobga olgan holda siz ajoyib marshrutni tanlashingiz mumkin, faqat yaxshi ko'rilgan yo'llarni tanlashingiz mumkin, suv va balandlik o'zgarishi haqida unutmang. Hammasi siz uchun ishlaydi! Piyoda sayr qiling va zavqlaning!
Turizm xilma-xilligi va ko'p qirraliligi tufayli kichik fuqaroni katta hayotga amaliy tayyorlash uchun keng imkoniyatlar ochadigan eng muhim ta'lim vositasidir.
Turizm tashqi makon faoliyatining eng mashhur turlaridan biri sifatida o'zining yangi mintaqalarini, tabiat yodgorliklarini, tarixi va madaniyatini, urf-odatlari va urf-odatlarini kashf etish va o'rganishga bo'lgan tabiiy intilishlari bilan inson hayotining ajralmas qismidir. 
4. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda etibor qaratiladigan jihatlar.2
Ishlab chiqarishda g‘oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Turistik marshrutlar ishlab chiqishning asosiy prinsiplarini (tamoyillarini) ana shu marshrutlar ishlab chiqishdagi birlamchi talablar, mezonlar deb qabul qilsak bo‘ladi. Hozirgacha turistik marshrutlar ishlab chiqishning 7 ta tamoyili-talabi bor. Bu tamoyillarni turistik marshrut ishlab chiqishdagi asosiy talablar sifatida biror bir olim yoki turizm mutaxassisi taklif qilmagan. Balki, turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi yo‘l-yo‘lakay kuzatuv, talab, amaliyot, o‘yfikr va takliflarni jamlagan mutaxassislarning umum xulosaviy, ijodiy qarashlaridir.
Turistik marshrutlar ishlab chiquvchi bu tamoyillarni qo‘llaganida marshrutga kiritish ob’ektlari, shart-sharoitlar, turistlar yoki xizmat qiluvchilarning, mahalliy aholining takliflari yoki talablari bilan boyitib, mukammallashtirib borishi mumkin. Eng avvalo yaxshi anglab olish lozimki, turistik marshrut ishlab chiqish ma’lum bir nazariya yoki biror bir standart yoki qolipga bo‘ysunmaydi.
Turistik marshrutlarga bo‘ysunadigan standartlar marshrutlarning texnik jihatlaridir. Turistik marshrut ishlab chiqish bu-ma’lum turistik ob’ekt, resursga turistlarni jalb qilishdagi eng birinchi harakatdir. Shuning uchun ham marshrut ishlab chiqish–turni ishlab chiqish, ma’lum turistik ob’ektdan turizmda foydalanishni turlar ham o‘ta darajada mukammal, har tomonlama qulaylik imokniyatlariga ega bo‘lgan marshrutlar asosida amalga oshirilishini talab qiladi.
Turistik marshrutning mukammal ishlab chiqilishi bu–turistning erkin harakat qilishini va turdagi xizmatlarga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondiradi. Hozirda turistik marshrutlar ishlab chiqishning tamoyillari yaratilganki, turizmda har qanday turistik marshrutlar ishlab chiqishda asosan ana shu tamoyillardan foydalaniladi.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi birinchi talab qayd qilingan «tamoyillar»ni puxta bilish va o‘z o‘rnida, talabiga qarab qo‘llash, ishlatish hisoblanadi. Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi tamoyillar alohida-alohida yoki majmuali holda qo‘llanilishi mumkin. Jozibadorlik, betakrorlik tamoyiliga e’tibor berish lozimki, ma’lum bir turistik ob’ektga, resursga turistik marshrut ishlab chiqishda turoperatorning birinchi navbatdagi asosiy vazifasi aynan ana shu turistik ob’ektning eng jozibador, betakror joyini, ko‘rinishini aniqlashdir. Turizmdagi barcha turistik ob’ektlarda jozibadorlik, betakrorlik mavjud. Bu jozibadorliksiz biron-bir turistik ob’ekt turistlarni o‘ziga jalb qilaolmaydi.
Jozibadorlik va betakrorlik deganda ma’lum bir xalqaro yoki mahalliy talab va standartlarning o‘lchamlariga, darajalariga javob beradigan ob’ektning tarixiyligi, mo‘’jizaviy ko‘rinishi va hokazolarni tushunishimiz kerak. Shu nuqtai nazardan turistik ob’ektdagi jozibadorligi, betakrorlikni 4 darajaga bo‘lishimiz mumkin:
 xalqaro miqyosdagi turistik ob’ektlardagi jozibadorlik va betakror lik;
 davlatlardagi turistik resurslarning jozibadorligi va betakror ligi;
 tabiatning biologik xilma-xilligidagi jozibadorlik va betakror lik;
 turistning hohishi bo‘yicha turistik ob’ektda belgilanadigan joziba dorlik va betakrorlik.
Xalqaro miqyosdagi turistik ob’ektlardagi jozibadorlik va betak rorlik deganda mazkur turistik ob’ektning xalqaro miqyosda ma’lum va mashhurligi, mo‘jizaviyligini, dunyo aholisi, bu ob’ektni bilishi tan olina di. Bunday miqyosdagi jozibadorlik va betakrorlik asosiy hollarda mo‘jiza deb nomlanadi. Dunyo miqyosdagi turistik ob’ektning mo‘jiza deyilishi o‘tmishdagi insoniyat bunyod etgan ulkan inshootlarning qay tartibda qurilgan ligi, ularda hozirgacha (koinotni o‘zlashtirish davri) ko‘plab ochilmagan sir-sinoatlarning mavjudligidir.
Jahon miqyosidagi mo‘jizalardagi jozibadorlik va betakrorlik aksariyat hollarda mo‘jiza so‘zi bilan ifodalanadi va bu jozibadorlik, betakrorlikni ko‘rishga butun dunyo aholisi qiziqadi. Bu turistik ob’ektda bitta jozibador lik, betakrorlik mavjud–uning qadimiyligi va ulug‘vorligidir.
Masalan: Dunyoning yetti mo‘jizasining birinchisi bo‘lgan–Misr pirami dalarini olsak qayd qilingan ulug‘vorlik, qadimiylikni ko‘ramiz. Yetti mo‘jizadagi asosiy jozibadorlik, betakrorlik ularning o‘ta darajada ulkanligi va qurilishi jihatidan hozirgi inson ahlini lol qoldirganidir. Shu o‘rinda e’tibor berish kerakki, dunyoda yetti mo‘jizadan ham mo‘jizaliroq turistik ob’ektlar juda ko‘p. Masalan, Buyuk xitoy devori, Stounxedj tosh yodgorliklari, Nasxa cho‘lidagi ulkan qush rasmlari, Hindiston va Tailanddagi tog‘ ibodatxonalari va hakozolar. Mazkur tarixiy yodgorliklardagi jozibador lik va betakrorlik, qadimiylik va inson ahlini lol qoldirgan qurilish san’atidir.
Davlatlarda joylashgan turistik ob’ektdagi jozibadorlik va betakrorlik. Jahonning barcha davlatlarida ham o‘sha mamlakatda yashayotgan aholi uchun ham va boshqa mamlakatlarda yashayotgan aholilar uchun ham taniqli bo‘lgan turistik resurs ob’ekt mavjud bo‘ladi. Ko‘p mamlakatlarda esa faqat shu mamlakat aholisiga tanish, e’zozli turistik ob’ekt bo‘lishi mumkin.
Bu e’zozli turistik ob’ekt jahon shumul ahamiyatga ega bo‘lmaganligidan boshqa davlatlardagi odamlar deyarli qiziqishmaydi, ular bu davlatga ushbu ob’ektni ko‘rish uchun kelib-ketuvchi turistlar bo‘la olishmay di. Jahondagi ko‘pgina davlatlarda esa sivilizatsiya qadimdan rivojlanganligi uchun o‘sha davlat aholisi uchun ham, boshqa davlatlardagi aholi uchun ham hatto jahonshumul ahamiyatga, qiziqishga molik turistik ob’ekt mavjud bo‘ladi.
Bunday davlatlarga Yevropadagi ko‘plab mamlakatlarni misol qilib keltirish mumkin. Masalan: Fransiya davlatida qadimiy, tarixiy obidalar ham, madaniyat markazlari ham juda ko‘p. Lekin, faranglar xalqaro miqyosda o‘zlarining Eyfel minorasi bilan faxrlanishadi.
Malayziya davlatida tarixda mashhur kishilar qurdirgan tarixiy obidalar ham juda ko‘p. Lekin betakror tabiati (qirg‘oqlarini okean suvlari o‘rab turishi, jungli o‘rmonlari, rang-barang o‘simliklar olami, turli-tuman hayvonat dunyosi va hakozolar) bilan jahon turizmida (rekreatsiya turizmi, ekologik turizm) shuningdek, zamonaviy shaharsozlik, dunyoga tanilgan ulkan imoratlari, masjidlari bilan yangi-xalqaro turizm yo‘nalishini rivojlan tirmoqda.
Demak, Malayziya turizmidagi jozibadorlik, betakrorlik va ulug‘vor lik ko‘rinishlari, ob’ektlari, uning tabiatida va zamonaviy shaharsozlikdagi baland, mo‘jizalar binolarida mujassamlashgan. Petronasning egizak binolari jahondagi eng baland va jozibador binolar hisoblanadi.
Yana bir davlat Hindistonni olsak tabiati jihatidan ham tarixiy obidalari (ko‘hna ibodatxonalar, tog‘larni o‘yib ishlangan tosh ibodatxonalar va hakozolar) jihatidan ham turistik resurslarga juda boy bo‘lgan, mamla kat. Lekin, bu mamlakatga kelgan xalqaro turistlar deyarli birinchi navbatda sevgi-muhabbatdagi sado qat timsoliga qurilgan Toj Mahal maqbarasini ko‘rish va ziyorat qilish uchun kelishadi. Bu holat dan xulosa shulkim, Toj Mahal maqbarasi Hindistondek katta va qadimiy mamlakatdagi turistik resurslarning jozibadorligi va betakrorligida yorqin toj hisob lanadi.
Dunyoning davlatlarida joylashgan turistik ob’ektlaridagi jozibador lik va betakrorlikni O‘zbekistondagi turizm resurslarida tahlil qilgani mizda ko‘z o‘ngimizda juda katta va turli-tuman mavzuli turizm resurslari va bu resurslarning har birida o‘ziga xos va mos bo‘lgan jozibadorlik va betakrorlik borligini ko‘ramiz. Qisqa qilib aytganimizda To‘maris, Spitamen, Zahiriddin Bobur, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Shaybo niyxon, Temur Malik, Inolchiq kabi jahonga mashhur sarkardalar, sohib qironlar bizning vatanimizning farzandlari va ularning faoliyati, hayoti, ular qurdirgan Niliy gumbazli maqabaralar, madrasalar va boshqa tarixiy obidalardagi jozibadorlik, betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Jahon sivilizatsiyasining madaniyati, tabobati, astronomiyasi, matema tikasi, geografiyasi, she’riyati, geologiyasining tamal toshini qo‘ygan, jahon shumul maktablarni, dunyodagi dastlabki akademiyalarini (Ma’mun akademiyasi, Ulug‘bek akademiyasi) tashkil qilgan Al-Beruniy, Ibn-Sino, Al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Al-Farg‘oniy, Abu-Nasr Farobiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Lutfiy kabi buyuk siymolar hayoti bilan bog‘liq tarixiy obidalardagi jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Islom olamining mukammal ta’limotini yaratgan, islom olamining buyuk daholari bo‘lgan Ahmad Yassaviy, imom Termiziy, at-Termiziy, Motrudiy, Bahoviddin Naqshband, imom al Buxoriy, Maxdumi A’zam, Qusam ibn Abbos, Buxorolik yetti pirlar, Buxorolik chor Bakrlar, hazrati Doniyor payg‘ambar, Dovud payg‘ambar, Xo‘ja Ahror Vali kabi aziz avliyolar va boshqa ko‘plab ulug‘ inson lar hayoti-faoliyati bilan bog‘liq tarixiy obidalar dagi o‘ziga xos va o‘ziga mos jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor.
Tabiatimizda biologik xilma xil resurslar, to‘rt ekologik tabiiy geografik mintaqaning va yerning tabiati, endemik turlar, iqlim, to‘rt iqlimiy faslning ziynatidagi jozibadorlik va betakrorlik faqatgina O‘zbekistonda bor. Turizmning rivojlantirishga bel bog‘lagan ekanmiz, turizm resurslarimizdagi jozibadorlik va betakrorlikni jahonga ko‘z–ko‘z qilish ning faqatgina uddasidan chiqishimiz lozim bo‘ladi.
Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik va betakror lik. Tabiatning biologik xilma–xilligidagi jozibadorlik va betakrorligi haqida gapirilganda qandaydir tortishuvlar, isbotlashuvlarga o‘rin qoldirmaslik zarur. Lekin tabiat go‘zalligi, uning betakrorligi haqida tortishuvlar, bu betakrorlikni ba’zi bir olimlar, o‘zlarining o‘rganish, ilmiy–tadqiqotlari mavzulari bo‘yicha tushunadi va tabiatdagi betakror likni oldingi o‘rinlarga chiqarishga harakat qilishadi. Biologik xilma-xillik deganda o‘simliklar olami va hayvonot dunyosining o‘zi emas, ular o‘sadigan va yashaydigan tabiiy muhit ham tushunilmog‘i kerak. O‘zbekistonda tabiatidagi biologik xilma -xillik, betakrorlik resurslari alohida mavzu da keltirildi.
Turistning hohishi bo‘yicha turistik ob’ektda belgilanadigan jozibadorlik va betakrorlik. Jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan turistik ob’ektlarga turizmdagi oqim ham katta bo‘lishi o‘z–o‘zidan ma’lum. Masalan, Misrdagi piramidalar, Samarqanddagi Temuriylarning tarixiy, madaniy inshootlari, Hindistondagi Toj Mahal maqbarasi, Parijdagi Eyfel minora si, Xitoydagi «Buyuk Xitoy devori», Rossiyadagi «Kreml» majmuasi, Angliya dagi «Styuunxej» qoldiqlari va x.k.
Shu bilan birga halqaro turizmda ham, ichki turizmda ham alohida guruh turistlarning o‘z qiziqish ob’ekti bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday turistlar yoki kasbiy faoliyati bo‘yicha yoki tabiatdagi biron-bir o‘simlikning o‘sish tarzi yoki bir hayvonning yashash tarzining tabiatiga qiziqishi, aynan o‘sha turni yaxshi ko‘rishi, unga ana shu turning harakatlari yoki o‘sishi, guli, bargi, yoki rangi kichikligi, mittililigi yoki ulkan, kuchliligi yoki yirtqichligi ma’qul bo‘ladi.
Lekin turist yoqtirgan o‘simlik yoki hayvon turi o‘zi yashayotgan mamlakatda yo‘q bo‘lganligi uchun u shu tur o‘sadigan yoki yashaydigan boshqa mamlakat tabiatiga sayohatlar uyushtiradi. Masalan, cho‘lning go‘zal hayvonlari jayron va sayg‘oqlar Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida kamsonli bo‘lsada saqlanib qolgan. Ana shu jayron va sayg‘oqlarni ko‘rish, yashash tarzini o‘rganish va boshqa davlatlar tabiatida yoki hayvonot bog‘ida saqlash va ko‘pay tirishga qiziquvchilar, olimlar, tabiatshunoslar hozirda deyarli O‘zbekiston ga kelishadi (Buxoro viloyatidagi «Jayron» ekologik markazi). Bu yerda ularning faoliyati uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan.
So‘nggi yillardagi kuzatishlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, yurtimizga keluvchi turistlar ichida qoyatoshlarimizdagi qadimiy tasvirlar, rasmlarga qiziquvchilar, ko‘hna arxeologik qoldiqlarga qiziquvchilar soni ko‘payib bormoqda. Shuning uchun ham Respublikamiz hududlaridagi tog‘larda, dara larda qadimiy rasmlar, tasvirlar va yozuvlar tushirilgan qoyatoshlarni ro‘yxatga va davlat nazoratiga olishimiz kechiktirilmay bajariladigan ish hisoblanadi. Yana bir misol keltirganimizda yovvoyi qo‘ylar arharlarni ko‘rish uchun ham davlatimizga ko‘plab turistlar kelishadi. Chunki, «Nurota» tog‘–o‘rmon qo‘riqxonasining asosiy faoliyati Markaziy Osiyo uchun endemik hisoblangan «arharlarni» saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilgan.
E’tibor qiling, «Yovvoyi Afrika» va «Xalqaro geografiya jamiyat»ining yovvoyi yirtqich hayvonlar (sher, yo‘lbars, qoplon, puma, leopard, pantera, giyena va hakozlar) hayoti haqidagi tabiatda olgan filmlarini hamma zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishadi. Shu bilan birga tomoshaning eng qiziq joyi yirtqich hayvonlarning ov qilishi va ovqatlanishi usullaridir. Ushbu filmlardagi betakrorlik aynan ana shu ov qilish ko‘rinishlarining berili shidir. Agar ushbu filmlarda yirtqich hayvonlarning ov qilish ko‘rinishi bo‘lmasa film juda zerikarli va bir marotaba (yovvoyi hayvon bo‘lganligi dan) ko‘rishga arziydi. Turizm marshrutlarini ishlab chiqishda shuning uchun ham insonni qiziqtiruvchi birorta ob’ekt (katta, kichik, mayda, ulkan, haroba va boshq.) e’tibordan chetda qolmaslik lozim bo‘ladi. Shu o‘rinda yana takror laymizki, bugungi kunda e’tibordan chetdagi ob’ekt ertaga qiziqarli bo‘lishi mumkin degan xulosa bilan turistik resurslarning barchasini ro‘yxatga olib, hozirdan turistik resurslar katologini tuzishga kirishimiz lozim bo‘ladi.
Turistik marshrut ishlab chiqishda imkoniyatlarning yaratilganligi tamoyili. Bu tamoyilda turistga turistik marshrut davomi da turistik xizmatlardan foydalanishning eng qulay imkoniyatlari yaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday imkoniyatlar quyidagi xizmatlar ko‘rsatishdagi imkoniyatlar dir.
1.Transport xizmatlaridagi imkoniyatlarning dastlabki sharoiti turistlarga xizmat qiluvchi transport xillarining zamonaviy bo‘lishligi dadir. Marshrut boshlanganidan turist birinchi nabatda o‘z yuklarini joylash tirish tashvishi bilan band bo‘lishadi. Turoperator bu tashvishni doim nazar da tutishi lozim.
Transport xizmatlarini taklif qilishda albatta baland o‘rindiqlarga ega bo‘lgan avtobus yoki mikroavtobuslarni taklif qilish yaxshi natija beradi. Baland o‘rindiqli avtobuslarda turist yo‘l-yo‘lakay ko‘p narsani ko‘radi. Ularning yuklariga kelganda eng yaxshi variant hozircha turist o‘z yukini yonida olib o‘tirishidir.Uning xotirjamligi ham shunday ta’min lanadi.
Turistlarga transport xizmatlari ko‘rsatishda turist yukining (xaltasining) alohida joyda bo‘lishi davri o‘tdi deyishadi mutaxassislar. Transport xizmatlaridagi yana bir imkoniyat transport ichida ekologik toza ichimlik suvlarining bo‘lishi, transport oynalarining ochilishi yoki yopili shi, radio, TV.ning bo‘lishi, turistning avtobus salonida erkin harakatla nishga sharoitning bo‘lishidir.
2. Marshrutdagi ekskursiyalar vaqtidagi imkoniyatlar. Turistik marshrut larning aksariyat qismida (ekologik turizm, arxeologik turizm, rekreatsiya turizmi, tarixiy, diniy turizm va hakozo turlarda) ekskursiyalar tashkil qilinadi. Ayniqsa ekologik turizm marshrutlarida, rekreatsiya turizmi marshrutlarida va turistik lagerlarda dam oluvchilar uchun turli mavzularda landshaftni ko‘rish, tomosha qilish ekskursiyalari uyushtiriladi.
Ekskursiya vaqtidagi imkoniyatlarning birinchisi yurish yo‘llari, so‘qmoq lar, mahalliy ko‘priklar, daralar yoki tog‘ bag‘ridan chiqish, tushish, jarliklar ichidagi yurish yo‘llari tekis, xavfsiz bo‘lishidir. Tog‘ so‘qmoqlaridan, jarlik lar bo‘ylab yurganda tovush, shovqin effektining halokatli bo‘lishi albatta turistlarga tushuntiriladi.
Ekskursiya vaqtida turistlarga yana bir imkoniyat yaratish lozimki, zamonaviy turizmda zamonaviy xizmat deyiladigan–ya’ni ekskursiya davomida turistlarni dam olish tanaffusiga chorlash. Bu usulni ayniqsa tog‘ va cho‘llar dagi ekologik turizm marshrutlaridagi ekskursiyalar vaqtida qo‘llash turist ning kayfiyatini ko‘taradi. Bu usulda marshrut rahbari mahalliy aholidan ot, eshak yoki mahalliy arava olib turistlarning o‘zini ham shu transport turlari da olib yurishi, agar turistlar piyoda yurishni hohlashsa ularning yukini, ichimlik suvini, qisqa muddatli ekzotik ovqatlanish mahsulotlarini va eng muhimi yig‘ma stul va yig‘ma karovatchalarni albatda birga ortib yurish kerak.
Marshrutdagi ekskursiyalarda bizning iqlimimizda xalqaro turistlar ham mahalliy turistlar ham yoz mavsumida tezda chanqab qolishi yoki tog‘lar va xushxavoli tabiat bag‘rida tezda och qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda marshrut ning yoki ekskursiyaning rahbari turistlarga soya-salqin joylarda yig‘ma stul va yig‘ma karovatlardan iborat dam olish joyini taklif qilish mumkin. Bunday imkoniyatlardan foydalangan turist albatta yaxshi kayfiyatda bo‘ladi. Marshrutdagi boshqa xil ximatlarda ham imkoniyatlarning yaratilganlik tamoyilini qo‘llash marshrutning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi.
Turistik marshrut ishlab chiqishning mazmundorligi tamoyili. Bu tamoyildagi talablar ko‘proq birinchi-jozibadorlikni tashkil qilish tamoyi liga o‘xshab ketadi. Lekin jozibadorlikdan boshqa ta’surotlar mazmundor liklarga e’tibor berilib ishlab chiqilgan turistik marshrut har qanday darajadagi turistlar uchun eng yaxshi turistik marshrut hisoblanadi.
Bu tamoyilda turistik marshrutlar ishlab chiqishda turistning oz vaqt davomida ko‘p ob’ektlarni ko‘rishi, bilib olishi yoki eshitish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bunday imkoniyatlardan foydalangan turist turistik firma ning boshqa marshrutlariga ham buyurtma berishi mumkin. Masalan: turist Respublikamizning tabiiy hududlari, mintaqalaridagi ekoturizm resurs larini ko‘rishni tanlaydi. Bu holatda turoperatorda xuddi ana shu turist tanlangan ekoturizm resursiga olib boradigan 2 ta turistik marshrut bo‘lishi lozim.
Birinchi turistik marshrut – Ekoturizm resursiga–ob’ektiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri boradi. Bu marshrutdagi jozibadorlik va betakrorlik ekologik turizm ob’ektining o‘zida bo‘ladi albatda. Ob’ektga to‘g‘ri borilganidan yo‘l-yo‘lakay turist ko‘rgan mazmundorlik ham uzuq-yuluq bo‘ladi, axborotlar kam, to‘xtash deyarli yo‘q va hakozolar. Albatda, bunday turistik marshrut turistga, ayniqsa xorijiy turistga unchalik ham xush kelmasligi mumkin.
Ikkinchi turistik marshrut–yo‘l-yo‘lakay, tarixiy madaniy, me’moriy obidalar,tabiatning rang-barangligi, ko‘ngil ochar o‘yinlar, ko‘rgazmalar, favvoralar, hayvonat bog‘lari, agroturizm ob’ektlarining o‘zgarib turishi, soylar, baland, haybatli qoyatoshlar yoki bepoyon kengliklarning yastanib yotganligi va bu yerda yashayotgan mahalliy xalqning yashash tarzi, urf-odatlari, jarliklar, daryo sohili va hakzolarga turistlar e’tiborini jalb qiladi. Agar tur operator yo‘ldagi soylar yoki qandaydir tarixiy joylarning tarixdagi mashhur kishilarning hayoti bilan bog‘liq (masalan, Temuriylar, Chingiziylar yoki Shayboniyxon, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va boshq.) qiziq afsona va rivoyatlarni topib turistlarga qiziqarli usullarda, jonli ravish da aytib bersa marshrutdagi mazmundorlik yanada oshadi.
Agar turistik guruhda diniy yo‘nalishlardagilari ko‘pchilik bo‘lsa albatda marshrut yo‘lidagi diniy rahnomalar, shayxlar, avliyolar, sayyidlar va eshonlarning qabrlari, ular yaratgan obidalar, ular yashagan joylardan o‘tishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qayd qilinganlardan ma’lum bo‘ladiki, ikkinchi turistik marshrutda jozibadorlik, betakrorlik va ayniqsa mazmundorlik manbalari keng qo‘llanilgan.
Albatda, birinchi turistik marshrutning bahosiga nisbatan ikkinchi turistik marshrutning bahosi ancha baland bo‘ladi. Chet ellik turistlar turis tik marshrut davomida mazmundor ob’ektlarini ko‘rish, yaxshi dam olish uchun mablag‘ harajat qilishdan tortinmasliklari xalqaro turizm rivojidagi tahlillardan ma’lum.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi faoliyatlilik tamoyili. Bu tamoyilda bir turistik marshrutdan yil davomida foydalanish tushuniladi. Lekin mavsumlar o‘zgarishi bilan ushbu turistik marshrutdagi xizmatlarning turlari biroz murakkablashishi yoki yengillanishi mumkin. Masalan, tog‘ daralariga, soylarga, buloq va daryolarga, rekreatsiya ob’ektlariga turistik marshrut yozda uyushtirilsa, xudi shu marshrutdan qish mavsumida tog‘larda chang‘i sportini tashkil qilishda, soylar va daryolar bo‘yicha ovchilik marshrutlarini tashkil qilishda foydalanish mumkin. Qisqasi turistik marshrut harakatdan to‘xtamaydi.
Turistik marshrutlarning faoliyatlilik tamoyilida faqat transport xillari va marshrutdagi xizmatlar biroz o‘zgaradi. Masalan, qishning sovuq havo sharoitida ham erkin yuruvchi, saloni isitiladigan maxsus avtomashi nalar kuzgi-qishki marshrutlarda xizmatga olinadi. Kuzgi-qishki marshrut larga turistlarni taklif qilganda turistlarning hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga juda e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi ko‘p qirralik, (variantlilik) tamoyili. Bu tamoyil bo‘yicha ma’lum bir tur uchun ishlab chiqilgan marshrutning bir necha variantlari oldindan tayyorlanib qo‘yiladi. Masalan, ob-havo o‘zgargan hollarda turistik marshrutdagi xizmatlar ham o‘zgaradi. Ayniqsa turistik marshrutdagi ekskursiyalarni o‘tkazish qiyinla shadi (masalan, yomg‘ir yog‘ayotgan vaqtda). Bunday vaziyatlarda ekskursiyaga ajratilgan vaqtni samarali o‘tkazish tadbirlari ishlab chiqish zarur bo‘ladi va marshrut dasturiga kiritiladi. Endi bu marshrut o‘zgartirilgan marshrut hisoblanadi.
Ma’lum bir tur uchun marshrutning o‘zgartirilgan variantlari turistlar soni o‘zgarganda ham ishlab chiqiladi. Chunki, bu holatda ham oldingi marshrut dagi hajm o‘zgarib ketadi (masalan transport soniga, ovqatlantirishga, ekskursiyaga buyurtmalar). Shu o‘rinda turistlarning (ma’lum bir guruhi) jismoniy tayyorgarligi, yoshi bilan bog‘liq holatlarida ham marshrutning yangi variantlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishdagi qulaylik tamoyili. Bu tamoyildagi talablar shundan iboratki, marshrutdagi barcha xizmatlarni turistga taklif qilishda birinchi navbatda komfortga, qulaylilikga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Bu qulayliklar haqida turistik marshrutning oldingi tamoyillarida batafsil to‘xtaldi.
Turistik marshrut ishlab chiqishning axborotlanganlik tamoyili. Turistik marshrut haqidagi barcha ma’lumotlar–broshyura, buklet lar, ma’lumotlar, gazeta, radio, TV, aloqa vositalari marshrut ish boshlagani dan oldin tayyor bo‘lishi lozim. Turist marshrutda nimani ko‘radi, nimalar haqida ma’lumotlar eshitadi, qanday yuradi, transport turlari, dam olish, ovqatlanish tartibi, ko‘ngil ochar o‘yinlar turi, ekskursiyalar, uchrashuvlar va hakozolarga javob bo‘lishi kerak. Axborotlanganlik tamoyili turizmdagi barcha turistik resurslarga ishlab chiqiladigan turistik marshrutlarda qo‘llanilishi shart.
Qayd qilingan tamoyillar turistik marshrutlar ishlab chiqishning asoslarini, ko‘rsatmalarini, yo‘l-yo‘riqlarini tashkil qiladi. Ma’lum bo‘ladiki, turistik marshrutlar ishlab chiqish ancha murakkab jarayon bo‘lib, turistik xizmatlarni amalga oshirishda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi. Shuningdek, turistik marshrutdagi xizmatlarni bajaruvchilar ham tillarni biladigan, zimmalariga olgan vazifalarni sidqidildan bajaruvchilar bo‘lishlari kerak.

Yüklə 162,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin