Mavzu: Turistlarni оvqatlantirish va maishiy хizmat ko’rsatishni tashkil qilish Bajaruvchi


Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko„rsatishning texnologik sxemasi



Yüklə 106,43 Kb.
səhifə3/11
tarix21.06.2023
ölçüsü106,43 Kb.
#133651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdusharipov Dilruh,

Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko„rsatishning texnologik sxemasi. Mehmonxonada turistlarga xizmat ko’rsatishning yopiq texnologik sikli quyidagi asosiy xizmatlarni o’z ichiga oladi:
1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati;
2. Nomer fondidan foydalanish xizmati;
3. Tijorat xizmati;
4. Texnik muhandislik xizmati;
5. Boshqaruv xizmati.
Bu asosiy xizmatlarni yetkazib berish uchun zarur bo’ladigan ta‘minlovchi xizmatlarning minimal to’plamidir.
1.Qabul qilish va joylashtirish xizmati: qabul qilish, ro’yxatga olish, turistlarni nomerlarga joylashtirish, hisob-kitoblar, joylarni bron qilish va turistlarni uyiga yoki boshqa joyga jo’natishni ta‘minlaydi. Qoida bo’yicha, xizmatni joylashtirish ishlarini menejer boshqaradi va unga ro’yxatga olish byurosi, porte, administratorlar, xizmat ko’rsatish byurosi, shveysarlar, garderobchilar, yuk saqlash kamerasi xodimlari, bron qilish xizmatlari bo’ysunadilar.
2.Nomer fondidan foydalanish xizmati yashash va qo’shimcha binolar ta‘miri hamda texnik xizmat ko’rsatilishini, odam joylashtirishga tayyorlash, tozalash, kosmetik yoki rejali ta‘mirlash uchun nomerlarni foydalanishdan chiqarishni ta‘minlaydi. Ushbu xizmat menejeri nomer fondiga xizmat ko’rsatish va ta‘minlash guruhini, qavat xizmatchilarini, farroshlarni, konferansiya boshqalarni boshqaradi.
Bron qilish tizimi dunyoning turli shaharlari bilan aloqada bo’lgan va tarmoqqa birlashtirgan EHM kompleksini o’z ichiga oladi. Kompleksning asosiy vazifasi quyidagilar:
 shu mehmonxona buyurtmasi bo’yicha nomerlarni bron qilish;
 boshqa mehmonxonalar buyurtmasi bo’yicha nomerlarni bron qilish;
 turli transport turlariga chiptalarni bron qilish;
 boshqa vazifalar.

Ba‘zi hollarda bunday tizim asosiy mehmonxonadagi mahalliy (ichki) masalalarni ham yechadi:


 mijozlar bilan avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar;
 nomer fondini rejalashtirish;
 xodimlar ish haqini hisoblash;
 moddiy ne‘matlarni hisoblash, buxgalteriya hisoboti va boshqalar.
Yirik mehmonxona komplekslari yagona bron qilish tizimlariga ulanadilar. Ularga Sabre, Galileo, Amadeus, Vorldspan kabilar kiradi. Bu bron qilish tizimlari ikki asosiy vazifani bajaradi:
- mehmonxonalarda nomerlarni band qilish;
- chiptalarni poyezd, teploxod va boshqalar narxlarida bron qilish.
Qo’shimcha va yordamchi xizmatlar bo’limi ba‘zi hollarda o’z ekskurssion byurosiga, o’z xo’jaligiga, ish, kongress va biznes turlarni ta‘minlash bo’yicha maxsus byurolarga, gid-tarjimonlar, ta‘minlangan konferens-zal, kabinet, orgtexnika kabilarga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek bu xizmat tarkibiga quyidagilar ham kiradi:
- sartaroshxona va kosmetik salonlar;
- kir yuvish xizmati;
- atele, tikish va oyoq kiyim ustaxonasi;
- maishiy xizmatlar ustaxonalari;
- bolalarga qarash xizmati;
- tibbiy xizmatlar bo’limi;
- kimyoviy tozalash;
-ijara xizmati;
- boshqa xizmatlar.

Bozor bu – tovarlarni pulga ayirboshlash, tovar o‘z xaridorini topib, egasini almashtiradigan, iste’molchi talabini qondiradigan, sotuvchi esa o‘z xarajatlarini qoplaydigan va foyda oladigan (yoki aksincha, zarar ko‘radigan) sohadir. Tovarlar bozorini shuningdek, talab va taklif qonuniga muvofiq faoliyat yuritadigan taqsimot vositasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U sotuvchilar va xaridorlarni birlashtiradigan hamda bir-biri bilan savdo qilish uchun mo‘ljallangan mexanizmdir.Ko‘plab marketologlarning hisoblashicha, bozor yakuniy mahsulotning mavjud va potensial sotuvchi va xaridorlari yig‘indisini ifodalaydi. Zamonaviy tovar bozorida yetarli darajada murakkab strukturalangan ijtimoiy va boshqaruv jarayoni shakllangan bo‘lib, Filipp Kotlerning1 fikriga ko‘ra u tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida shaxslar va shaxslar guruhlarining ehtiyoj va muhtojliklarini qondirishga yo‘naltirilgandir.


Bu jarayon - “marketing” nomini olgan.Marketing (ingl. market — bozor) – tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga samarali yetkazib berish, shuningdek, ularni sotish uchun qulay sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan boshqaruv, tartibga solish va tadqiqotchilik faoliyati tizimidir. Tovarni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bozor faoliyati sohasini xam marketingga mansub deb hisoblash mumkin.



Yüklə 106,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin