Mavzu: Turistlarni оvqatlantirish va maishiy хizmat ko’rsatishni tashkil qilish Bajaruvchi



Yüklə 106,43 Kb.
səhifə5/11
tarix21.06.2023
ölçüsü106,43 Kb.
#133651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Abdusharipov Dilruh,

Taymsher. (Timshare, inglizchadan tarjima qilinsa «Vaqt qismi» degan ma‘noni beradi) - bu birgalikdagi egalik, aniqrog’i klubli joylashtirish vositalarini ulardan ma‘lum vaqt ichida foydalanish huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga olish (misol uchun, 30-50 va ko’proq yil davomida har yili bir haftaga) dir. Klassik taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma‘lum davriga mulk egasi ekanligi haqida sertifikat mavjud bo’ladi. Bir qator mamlakatlarda taymsher meros qilib berilishi, garov vositasi, kreditni ta‘minlash va boshqa vositalar sifatida foydalanishi mumkin.
Ixtisoslashgan muassasalar ham turistlarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan. Ular nomerlarga ega emas. Bu yerda boshpana bo’lib binolar, kollektiv uxlashxonalari yoki maydonlar xizmat qiladi. Ixtisoslashtirilgan muassasalar tunash uchun joy beradi. Ammo turistlarni joylashtirish ular uchun bosh vazifa emas. Bu guruhga sog’lomlashtirish muassasalari (sanatoriyalar, reablitatsiya markazlari, «Sog’lomlashtirish firmalari» va boshqa.), dam olish va mehnat qilish, jamoat transporti vositalari, uxlash xonalari bilan jihozlangan (poyezd, kema) vositalar, shuningdek kongress-markazlar tipidagi binolar kiradi. Qaysiki ular bazasida simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa ixtisoslashgan tadbirlar o’tkaziladi va ularning ishtirokchilarini joylashtirish amalga oshiriladi.
Boshqa kollektiv joylashtirish vositalari. O’zlariga eng avvalo dam olish uchun mo’ljallangan turar joylar majmuasi (bungalo) uylar va boshqalarni qamrab oladi. Ular yagona boshqaruvda bo’lib, cheklangan mehmonxona xizmatlarini ko’rsatadi.
Misol uchun, turizm bo’yicha Irlandiya Kengashi dam olish uchun kompleks uylariga quyidagi talablarni qo’yadi:
Kompleks kamida to’qqizta binodan iborat bo’lishi va ulardan birida idorada ifoda joylashishi kerak. Bino o’zida alohida kirish joylari bo’lgan kapital qurilishni mujassam etgan, yaxshi ekspluatatsion holatda bo’lishi lozim. Har bir binoda mebelli uy, ovqatlanish, dam olish xonalari, shuningdek omborxona, cho’milish (vanna) xonasi va hojatxonalar bo’ladi. Uydan tashqarida esa foydalaniladigan keng-mo’l joylar ko’zda tutiladi. Joylashtirish vositasi har bir yangi yashovchi uchun yig’ishtirilib, tayyorlanadi. Unda ko’rpa-tushaklarni yig’ishtirish va binoni supirish –sidirishda mijozga xizmat ko’rsatilmaydi.
Kollektiv joylashtirishning boshqa vositalari tarkibiga kempinglar uchun maydonlardagi ob‘ektlar kichik kemalar uchun buxtalar kiradi.
Kepinglar – avtoturistlar uchun qo’riqlanadigan va yaxshi jihozlangan maydonlari bor lagerlardir. Ular energiya ta‘minoti, kanalizatsiya tizimi bilan jihozlangan majmuasidir. Kempingda avtomobillar turadigan alohida maxsus joylar ajratilgan bo’lib, shuningdek avtomobillarni profilaktik ko’rikdan o’tkazadigan, yuvish va ta‘mirlash ustaxonasiga ega bo’ladi. Bundan tashqari kempingda avtoturistlarga bir qator axborot, savdo, vaqtni mazmunli o’tkazish xizmatlari taqdim etiladi. Ularning sifati va assortimentiga qarab kempinglarga ma‘lum kategoriya – birdan to’rtgacha yulduz beriladi. Yuqori kategoriyali lagerlar avtoturistlar uchun tennis kortlari, basseynlar, saunalar, suv attraksionlariga ega bo’ladilar. Vaqtni mazmunli o’tkazish markazlari tashkil qiladilar. Sport va ko’ngil ochish ob‘ektlaridan tashqari, ularda savdo va ovqatlanish korxonalari, kir yuvish, aloqa bo’limlari, prokat punktlari bo’ladi. Bular ko’pincha ko’p profili kechayu-kunduz ishlovchi mehmonxonalar, turbazalar va motellar tarkibiga kiradi.

Yüklə 106,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin