Mavzu: Turizmda joylashtirish vositalari, ovqatlantirish korxonalari va transport xizmatlarining ahamiyati Bajaruvchi


yilda transport turlari bo'yicha yuk tashish tarkibi, %



Yüklə 156,06 Kb.
səhifə13/15
tarix29.04.2023
ölçüsü156,06 Kb.
#104613
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Turizmda joylashtirish vositalari, ovqatlantirish korxonalari va transport xizmatlarining ahamiyati

2017 yilda transport turlari bo'yicha yuk tashish tarkibi, %



Yil davomida faoliyat koʼrsatish muddatiga qarab:


- yillik (butun yil mobaynida ishlaydigan) mehmonxonalar;
- mavsumiy (yozda, qishda ishlaydigan) mehmonxonalar farqlanadi.
Mehmonxonalarda yashovchilarni ovqatlantirish usuliga qarab:
- toʼliq pansion bilan ta’minlovchi mehmonxonalar;
- faqat nonushta beradigan mehmonxonalar;
- ovqatlanishni taklif qilmaydigan (qoida tariqasida, oʼz gastronomik
ishlab chiqarishi, ya’ni restorani yoki boshqa korxonasi yoʼqligi tufayli)
mehmonxonalar farqlanadi. Mehmonxonalarni loyihalash va qurish amaliyotida bir nechta shunday tuzilishlar yuzaga kelgan. Quyida ularning asosiylarinia koʼrib
chiqamiz.
Joylashgan yeriga qarab, mehmonxonalarning quyidagi turlarini
ajratish mumkin:
- shahar markazidagi mehmonxonalar;
- yoʼl chetidagi, qoida tariqasida, kam qavatli, usti ochiq avtoqoʼnalgʼali
mehmonxonalar;
- shahar chetidagi va aeroportlardagi mehmonxonalar;
- suzib yuruvchi mehmonxonalar – dengiz, daryo yoki koʼl qirgʼogʼi
yaqinida turistlarni joylashtirish va ular dam olishi uchun mehmonxona
tarzida jihozlangan suzish vositalari. Zarur holda bunday mehmonxonaturistlar bilan birga suv boʼylab boshqa qoʼnalgʼaga koʼchirilishi mumkin. Koʼrsatiladigan xizmatlar darajasi, assortimenti va bahosiga qarab, mehmonxonalar bir necha turga boʼlinadi:
- arzon mehmonxonalar yoki koʼrsatiladigan xizmatlar miqdoricheklangan mehmonxonalar (bunday mehmonxonalar qoshida ovqatlanishkorxonalari boʼlishi shart emas);
- «lyuks» mehmonxonalar – alohida loyihaga koʼra qurilgan, mebeli
sifatining yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, xonalari yaxshi jihozlangan,qoida
tariqasida, xizmat koʼrsatuvchi xodimlari miqdori nomerlari soniga
nisbatan koʼproq boʼlgan mehmonxonalar.
Mehmonxonalarni shuningdek ularda harakat vositalari
(transport)ning mavjudligiga, mulk shakliga (munitsipal, davlat, xususiy,
ijaraga olingan va h.k.) qarab ham tasniflash mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish
boʼyicha qonun hujjatlariga zid boʼlmasligi kerak.
Funtsional vazifasigaqarab mehmonxonalar:
- ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yigʼilishlar,kengashlar va h.k. uchun;
- dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort
mehmonxonalari,avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar;
- mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yoʼlovchilar uchun,
sportchilar uchun va boshqalar uchun quriladi.
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga moʼljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi. Odamlarni suvda tashish transport vositalari yordamida sayohat qilishning eng qadimgi turlaridan biridir. Dastlab odamlar buning uchun yog‘och sollar va qayiqlardan foydalanganlar. Hozirgi zamon turizmida ularni noan’anaviy transport turlariga kiritish mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti ulkan teploxodlar — o‘z bortiga yuzlab yo‘lovchilar olish, ularni qulay shart-sharoitlarda uzoq masofalarga tashish, dengiz va okeanlar bo‘ylab, hatto muzliklar orasida sayohatlar qilishga qodir laynerlar yaratilishiga olib keldi. Xizmat ko‘rsatish sohasiga qarab, hozirgi zamon suv transporti dengiz va daryo transportiga bo‘linadi. Dengiz transportiga mansub bo‘lgan kemalar xalqaro yo‘nalishlarda, uzoq masofalarga va kabotaj tashuvlarini amalga oshiradi. Xalqaro dengiz aloqalari deganda yo‘lovchi va yuklarni mamlakat hududidan tashqariga tashish va mamlakat tashqarisidan tashib keltirish tushuniladi. Bir mamlakat portlari o‘rtasida ochiq dengiz orqali amalga oshiriladigan reyslar uzoq masofalarga yo‘lovchi va yuk tashishga kiradi (ochiq dengiz hech kimning suverenitetiga bo‘ysunmaydi, u insoniyat mulki deb e’tirof etiladi va barcha davlatlar va shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin). Kabotaj reyslari dengiz portlari o‘rtasida sohil bo‘ylab, ochiq dengizga chiqmasdan amalga oshiriladi. Daryo floti kemalari davlat hududi doirasida joylashgan suv yo‘llari bo‘ylab yo‘lovchi va yuk tashishni amalga oshiradi. Ichki suv yo‘llariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko‘llar, yirik suv omborlari, kanallar, shlyuzlar. SHu munosabat bilan suv transportida yo‘lovchi va yuk tashishning huquqiy sohasi dengiz transporti va ichki suv transporti faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dengiz transportida yo‘lovchi va yuk tashish xalqaro va milliy qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xalqaro tashuvlarga nisbatan shartnomalar va konvensiyalar amal qiladi. 1974 yilda Afinada qabul qilingan «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risidagi Konvensiya» shunday hujjatlardan biridir. Konvensiya qoidalari barcha kemalarga nisbatan (havo yostig‘i ustidagi kemalardan tashqari) amal qiladi va har qanday xalqaro tashuvga nisbatan qo‘llaniladi, basharti kema Konvensiyaga a’zo davlat bayrog‘i ostida suzsa yoki shunday davlatda ro‘yxatga olingan bo‘lsa. Afina Konvensiyasida yo‘lovchining o‘limi yoki uning badaniga shikast etkazilishi natijasida, shuningdek bagajning yo‘qotilishi yoki shikastlanishi natijasida unga etkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligi nazarda tutilgan. Mazkur hujjatga muvofiq tashuvchining mulkiy javobgarligi yo‘lovchining sog‘lig‘iga shikast etkazganlik uchun 700000 SHveysariya frankini; qo‘l yukini yo‘qotganlik yoki unga shikast etkazganlik uchun – 12500 SHveysariya frankini; transport vositasi uchun – 50000 SHveysariya frankini; bagajning boshqa predmetlari uchun – 18000 SHveysariya frankini tashkil etadi. 1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International Maritime Organization) dengizda kema qatnovi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida, shu jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni ifloslanishdan saqlash bilan bog‘liq xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashish masalalarini tartibga soluvchi bir qancha konvensiyalar imzolandi: «Dengizda inson hayotini qo‘riqlash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1974); «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashishning ba’zi bir qoidalarini bir xillashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‘lovchi tashishning ba’zi bir qoidalarini bir xillashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1981); «Dengizda halokatga uchraganlarni qidirish va qutqarish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1979); «Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan
ifloslanishining oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya» (1972) va b. Agar dengizda yo‘lovchi tashish kruiz xususiyatiga ega bo‘lsa, dengizda yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi shartnomaga mijozga xizmat ko‘rsatish sohasiga, chunonchi: ovqatlanish, ko‘ngilochar tadbirlar, ekskursiya dasturiga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar tuziladi. Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksining boblaridan biri kemani muayyan muddatga fraxt qilish (taym-charter) to‘g‘risidagi shartnomaga bag‘ishlanadi. Ushbu shartnoma turistik va boshqa maqsadlarda yo‘lovchilarni ommaviy tashish uchun dengiz kemalaridan foydalanuvchi turfirmalar va boshqa tashkilotlarga qiziqarlidir. Kemani vaqtinchalik fraxt qilish shartnomasiga ko‘ra kema egasi belgilangan haq (fraxt) evaziga fraxt qiluvchiga kemani va kema ekipaji a’zolarining xizmatlarini yo‘lovchi, yuk tashish uchun yoki boshqa tijorat maqsadlarida muayyan muddatga aqdim etish majburiyatini oladi. Bunday shartnomani rasmiylashtirishda unda quyidagilar ko‘rsatilishi shart: taraflar nomi; fraxt qilish maqsadi; kema nomi, uning texnik va foydalanish ko‘rsatkichlari (yuk ko‘tarish qobiliyati, tezligi va b.); suzish hududi; kemani topshirish va qaytarish vaqti va joyi; fraxt qiymati; taym-charterning amal qilish muddati. Butun taym-charter muddati mobaynida kemani soz holatda saqlash kema
egasining majburiyati hisoblanadi. Fraxt qiluvchi kemadan foydalanganlik uchun
haqni o‘z vaqtida to‘lashi shart — odatda haq muayyan muddat (yarim oy, bir oy)
uchun oldindan avans tariqasida to‘lanadi. Haq to‘lash muddatlariga rioya qilinmagan hollarda kema egasi shartnomani bekor qilish va kemani chaqirib olishga haqli. Taym-charter shartnomasiga ko‘ra kapitan hamda ekipajning boshqa a’zolari kema egasining kemani boshqarish, ichki tartib va ekipaj tarkibiga oid farmoyishlariga bo‘ysunishi lozim. Kemadan tijorat maqsadlarida foydalanishga oid farmoyishlarni fraxt qiluvchi beradi. Bunda fraxt qiluvchi kemadan shartnomada nazarda tutilmagan maqsadlarda yoki bitimda nazarda tutilmagan suzish hududida foydalanishga haqli emas. Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksida kemani ekipajsiz fraxt qilish (berbout-charter) shartnomasi ham nazarda tutilgan. Kemani ekipajsiz fraxt qilish shartnomasiga ko‘ra kema egasi belgilangan haq (fraxt) evaziga fraxt qiluvchiga muayyan muddatga foydalanish va egalik qilishga ekipaj bilan komplektlanmagan va jihozlanmagan kemani yo‘lovchi, yuk tashish uchun yoki boshqa tijorat maqsadlarida taqdim etish majburiyatini oladi. Bu holda fraxt qiluvchi kema ekipajini mustaqil ravishda komplektlaydi. Komanda ilgari mazkur kema ekipaji a’zosi bo‘lgan yoki bo‘lmagan shaxslardan tashkil topishi mumkin. Ekipajni komplektlash usulidan qat’I nazar, uning barcha a’zolari fraxt qiluvchining barcha buyruqlariga bo‘ysunishlari shart. Berbout-charter shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: taraflarning nomi; kema nomi, klassi, bayrog‘i, texnik va foydalanish ko‘rsatkichlari; sarflaydigan yonilg‘i miqdori; suzish hududi; fraxt qilish maqsadi; kemani topshirish va qaytarish vaqti va joyi; fraxt qiymati hamda shartnomaning amal qilish muddati.Turizmda berbout-charterdan ko‘pincha kichik elkanli kemalar – yaxtalarda sayohat qilishda foydalaniladi. YAxtalarning ko‘plab modellari mavjud bo‘lib, ular katta-kichikligi va komfortabelligi bilan farq qiladi. YAxta ekipajsiz ijaraga olingan taqdirda, kemani mustaqil boshqarishni xohlagan ijarachi shkiperlik guvohnomasigaega bo‘lishi lozim. Yaxtada sayohat qilish uchun chet el portlariga kirishda viza talab etilmaydi. XX asr oxirida kruiz industriyasi turistik biznesning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Ma’lumki, kruiz deganda suv transporti turlarida sayohat qilish tushuniladi. U orol qirg‘og‘i bo‘ylab ekskursiya qilishni, port shaharlarning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni, shuningdek dengiz va daryo laynerlari bortida dam lishni o‘z ichiga oladi. Jahonda kruiz kompaniyalari juda ko‘p (100 dan ortiq) bo‘lib, ularning bir qismi Kruiz kompaniyalari xalqaro uyushmasiga a’zodir. Kruiz biznesi sohasidagi eng mashhur tashuvchilar qatoriga «Carnival Cruise Lines», «Celebrate Cruises», «Royal Caribbean International», «Princess Cruises», «Costa Cruises», «Norwegian Cruise Lines» kompaniyalari kiradi. Kruiz kompaniyalari, shuningdek ularning floti ko‘rsatiladigan xizmatlar
toifasiga qarab (mehmonxonalar singari) toifalarga ajratiladi. Aksariyat yirik kruiz
kompaniyalari ommaviy iste’molchiga qarab mo‘ljal olsa-da, ular ko‘rsatadigan
xizmatlar «4 — 5 yulduz» darajasidadir. Oliy toifa («6 yulduz») kemalar atigi to‘rtta bo‘lib, ular «Seaborn», «Radisson Seven Seas Cruises», «Cunard Line» va «Silversea Cruises» kompaniyalariga tegishli. Mazkur kompaniyalarning kemalari kamida 200 — 250 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga hashamatli apartamentlarda eksklyuziv dam olish hamda sayohatchilarning odatlari va xohish-istaklarini hisobga oluvchi xizmatlar taklif qilinadi. Bunday kompaniyalarning xizmatlaridan kema bortida o‘tkazilgan har bir kun uchun 1000 AQSH dollari va undan ko‘proq haq to‘lashga qodir boy odamlar foydalanadi. Ommaviy turizmga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan dengiz kruiz kemalari 1700 dan 2600 tagacha yo‘lovchi sig‘adigan ko‘p palubali ulkan kemalardir. Zamonaviy kemalarning o‘rtacha tonnaji 75 000 t dan 100 000 t gacha etadi. «Royal Caribbean International» va «Celebrate Cruises» kompaniyalarining dengiz laynerlari o‘zining qulayliklari bilan ajralib turadi. «Royal Caribbean» kompaniyasining dengiz floti uch klass: Radiance, Vision va Voyager klasslariga mansub kemalardan iborat. Radiance kemalarining intereri o‘zining shinamligi bilan farq qiladi. Ko‘p sonli darchalar dengiz manzaralarini kuzatish imkonini beradi. Kayutalarning yarmidan ko‘prog‘i individual verandaga ega. Vision klassiga mansub 6 kemaning barchasi o‘ziga xosligi va tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Voyager klassi kemalari boshqa kruiz kemalaridan kattaligi bilan farq qiladi, chunki ular katta maydonlarni talab qiluvchi turli zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. Bugungi kunda jahondagi eng katta (va qimmat) kruiz layneri 17 palubali gigant «Voyager of the Seas» hisoblanadi. 1999 yilda suvga tushirilgan bu kema «Royal Caribbean International» kompaniyasiga tegishli. Uning suv sig‘imi 142 000 t, bortga olishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilar soni — 2200 mehmon va 1180 ekipaj a’zosi, o‘rtacha tezligi — 50 km/soat. Kemaning o‘lchamlari ham aqlni lol qoldiradi: uzunligi – 311 m, kengligi – 47 m, balandligi – 70 m.
Ushbu dengiz laynerining o‘ziga xosligi shundan iboratki, uning bortida birinchi
marta quyidagilar qurilgan: konkida uchish maydonchasi, alpinizm bilan shug‘ullanish uchun devor va haqiqiy ko‘cha — to‘rt paluba balandlikdagi oynavand gumbaz ostida promenad. Kemada restoranlar va barlar, diskotekalar, uch yarusli teatr, tungi klublar, kazino, kutubxona, kinoteatr, ko‘p sonli basseynlar (jakuzi bilan), bolalar va kattalar uchun “suvtog‘lar”, sauna, sport inshootlari (golf maydoni, rolikodrom, basketbol maydonchasi, uzunligi 400 m bo‘lgan yugurish yo‘lagi, fitnes-studiya, 900 tomoshabinga mo‘ljallangan muz maydoni), tabiiy solyariy, go‘zallik saloni, massaj kabineti, vertolyot maydonchasi va hokazolar bor. Palubalar o‘rtasida o‘n to‘rtta oynavand lift yordamida aloqa qilinadi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 2000 va 2001 yillarda yana ikkita shunday megalayner – «Explorer of the Seas» va «Adventure of the Seas» suvga tushirildi. Dengiz kruiz laynerlarining kayutalari maydoni, inter’erining rang-barangligi, qulayliklar (dush, vanna, jakuzi) to‘plamining kattaligi bilan ajralib turadi. Bu, tabiiyki, ularning narxida ham aks etadi. Kayutalar narxi ularning katta-kichikligi, uxlash o‘rinlari soni va joylashishi (ustma-ust yoki yonma-yon), palubaning balandligi (odatda yuqori palubadagi kayutalar quyi palubadagi kayutalardan qimmatroq), paluba
uzunligi bo‘yicha joylashgan o‘rni (kemaning orqa qismi, old qismi, o‘rta qismi),
balkonlar, darchalar, illyuminatorlar bor-yo‘qligiga bog‘liq. Ichki kayutalar nisbatan arzon yuradi. Ular sun’iy manbalar — lampalar, torsherlar, bra yordamida yoritiladi. Kayutalar turli kemalarda har xil tasniflanadi, ammo umumiy holda u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: balkonli «lyuks» kayutalar; darchali kayutalar; ichki kayutalar. Kruizlarni amalga oshirishda mijozlarning dam olishini tashkil etish ularga xizmat ko‘rsatishning muhim jihati hisoblanadi. Kruiz kemalarida turli klublar (shu jumladan bolalar klublari) ishlaydi, mashhur rassomlar va haykaltaroshlarning ko‘rgazmalari o‘tkaziladi, turli tomosha va shoular o‘tkazish uchun aktyor va «estrada yulduzlari» taklif qilinadi. Kruiz kompaniyalari mijozlarga xizmat ko‘rsatish tadbirlarini muntazam kengaytirib boradi. Masalan, «Royal Caribbean International» kompaniyasi o‘z laynerlarida to‘y o‘tkazish, yubileylarni tantanali ravishda nishonlashni taklif qiladi. Kruiz kemalari bortida oilaviy dam olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kichik yoshdagi bolalarga guruhda yoki individual tarzda enaga xizmatlari ko‘rsatish nazarda tutilgan. Bolalar klublari ishlaydi, turli yoshdagi bolalar uchun har xil
ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilgan. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, laynerlarda ba’zi bir tadbirlarga tashrif buyuruvchilar yoshi chegaralangan
Har qanday kruiz layneri bortida sayohat «hammasi kiritilgan» prinsipida tashkil
etiladi. Ko‘pgina kruizlarga viza olish talab etilmaydi. Xalqaro dengiz qonunchiligida «kapitan vizasi» degan tushuncha mavjud bo‘lib, unga asosan yo‘lovchilar o‘z pasportlarini kapitanga berib qo‘yadilar va turli mamlakatlarda qirg‘oqda 48—72 soatgacha bo‘lishlari mumkin. Bunda yo‘lovchining xulq-atvorini kema kapitani kafolatlaydi. Sayohatni bunday tashkil etish uni ancha arzonlashtiradi (faqat kruiz boshlanayotgan mamlakat vizasini olish talab etiladi).
To‘g‘ri, kruizlar boshqa sayohat turlariga qaraganda ancha qimmat turadi. Ammo
bu erda ham muayyan mijoz uchun uning moddiy holatiga mos keladigan xizmat
ko‘rsatish shartlarini tanlash imkoniyati mavjud. Hozirda kruizlarning narxi bo‘yicha quyidagi tasnifi qabul qilingan: ekonom-klass (kishi boshiga bir kunda 75 — 150 AQSH dollari); klassik (100 — 200 AQSH dollari); premium (150-400 AQSH dollari); lyuks (700-1000 AQSH dollari); eksklyuziv (1000 AQSH dollaridan ortiq). Ekonom-klass bo‘yicha kruizlarni amalga oshirishda normal hayot ta’minoti uchun zarur barcha qulayliklarga ega bo‘lgan eski andozadagi kichik kemalardan foydalaniladi. Klassik kruizlar, qoida tariqasida, kruiz laynerlarining servisi, komfort iva dizayniga qo‘yiladigan barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi yoki qayta jihozlangan kemalarda amalga oshiriladi. Mazkur dengiz sayohatlari o‘rtcha ommaviy iste’molchi uchun mo‘ljallangan. Premium, lyuks va eksklyuziv kruizlar boy turistlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga individual tartibda xizmat ko‘rsatiladi. Karib dengizi havzasi va O‘rtaer dengizi dengiz kruizlari o‘tkaziladigan asosiy hududlar hisoblanadi. Karib dengizi havzasining afzal jihati shundan iboratki, bu erda kruizlarni yil bo‘yi o‘tkazish mumkin. Karib dengizi havzasi bo‘ylab tashkil etilgan kruizlar davomida turistlar bir necha mamlakatga tashrif buyurishlari va ularning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishlari, ajoyib plyajlarda dam olishlari, mashhur sharshara va vulqonlarni tomosha qilishlari, Bagama orollaridagi YAshil lagunada delfinlar bilan suzishda ishtirok etishlari mumkin. Deyarli har bir portda ularga suv osti
dunyosini batiskafda yoki lasta, niqob yoki akvalang yordamida tadqiq qilish
imkoniyati beriladi. Ushbu hudud bo‘ylab kruiz sayohatlarining davomiyligi 3 kundan ikki haftagacha; marshrutlar yo‘nalishlarga qarab tasniflanadi: G‘arbiy Karib, Sharqiy Karib, Janubiy Karib, Karib Sharqi va G‘arbi, butun Karib.
O‘rtaer dengizi bo‘ylab kruizlar turistlarga Yevropa mamlakatlari (Ispaniya,
Fransiya, Italiya, Gretsiya) va SHimoliy Afrika mamlakatlari (Marokash, Tunis, Misr va b.)ning boy madaniyati va tarixi bilan tanishishni taklif qiladi. Kruizlarning Yevropa bo‘ylab marshrutlari Britaniya, Skandinaviya va Rossiya qirg‘oqlari yaqinidagi suv yo‘llarini ham qamrab oladi. Dengiz kruiz sayohatlarining boshqa yo‘nalishlari — Hind okeani qirg‘oqlari, Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya orollari, Shimoliy Amerika va Alyaskaning g‘arbiy sohili ham mashhur. Ayrim kruiz kompaniyalari to‘rt oydan ortiq davom etadigan dunyo bo‘ylab sayohatlar tashkil etadi. So‘nggi yillarda Shimoliy Muz okeani arxipelaglariga, Shimoliy qutbga va Antarktida sohillariga tashkil etilgan muzyorar kemalardagi kruizlar ommaviylasha boshladi. Suv sayohatlarining mazkur noan’anaviy turini amalga oshirishda Rossiyaning «Sovetskiy Soyuz», «Yamal», «Professor Multanovskiy», «Buynitskiy», «Molchanov», Finlyandiyaning «Sampo» muzyorar kemalari faol ishtirok etmoqda. Mazkur kemalar Grenlandiya, Shpitsbergen, Frans-Iosif eri, Antarktida sohillariga reyslarni amalga oshiradi. Shunday turlardan biri — «Arktikaga sayohat»ni AQSHning «Quark Expedition» kompaniyasi Rossiyaning «Kapitan Xlebnikov» muzyorarida tashkil etgan bo‘lib, u quyidagi marshrut bo‘yicha amalga oshiriladi: Shpitsbergen — Grenlandiyaning g‘arbiy qismi — Kanada (Rizalt) — Chukotka — SHpitsbergen. Muzyorar kemalarda sayohat qilishga qiziqish Germaniya va AQSH turistlarida kuchli. So‘nggi yillarda muzyorar kemalarda Yaponiya, Avstraliya, Gollandiya va Shveysariya fuqarolari ham paydo bo‘ldi. Bunday kruizlarni yil bo‘yi amalga oshirish mumkin: qishda ularning asosiy yo‘nalishi — Antarktida, yozda — Arktika dengizlari. Ushbu turlar qiymati ancha baland — 10000 AQSH dollari va undan qimat turadi. Xalqaro kruizlar 1974 yilda Afinada qabul qilingan «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashish to‘g‘risidagi Konvensiya» qoidalariga hamda muayyan tashuvchining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qoidalarga binoan aksariyat hollarda 21 yoshga to‘lmagan shaxslar kattalar kuzatuvisiz kruizlarda ishtirok etishga qo‘yilmaydi; maktab o‘quvchilaridan iborat guruhlardan bronlashtirishga arizalar qabul qilinmaydi; kruiz kompaniyalari sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagan yo‘lovchini laynerga chiqarishni rad etish huquqiga ega. SHu sababli kruizga shartnoma tuzish paytida turistlar uni amalga oshirish qoidalari va shartlari bilan puxta tanishib chiqishlari lozim. Paromlarda kruizlar dengiz sayohatlarining so‘nggi yillarda ommaviylashib borayotgan turlaridin biridir. Umumiy holda parom deganda muayyan qirg‘oqlar o‘rtasidagi suv to‘siqlari orqali transport vositalari (avtomobillar, avtobuslar, temir yo‘l vagonlari), yuklar va yo‘lovchilarni muntazam tashishga mo‘ljallangan suzuvchi qurilma (kema, sol va sh.k.) tushuniladi. Kruiz maqsadlarida foydalaniladigan zamonaviy paromlar fan va texnikaning oxirgi yutuqlari asosida qurilgan, suv ustidagi shaharlarni esga soladigan ko‘p palubali kemalardir. Eng komfortabel parom kruizlari Boltiq dengizida «Silja Line» va «Viking Line» kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Ularda mijozlar uchun diskotekalar, restoranlar, kafelar, saunalar, basseynlar, poshlinasiz savdo do‘konlari va shu kabilar tashkil etilgan. Ushbu paromlarda amalga oshiriladigan turistik-ekskursiya dasturlari 4 — 8 kun
davom etadi. Bu vaqt ichida turistlar Finlyandiya va SHvetsiyaning qadimgi va
navqiron shaharlari me’morchiligi, Skandinaviya qishloqlarining hayoti bilan
tanishish, bir qancha muzeylarga, Xelsinkidagi «Serena» akvaparki va «Itakeskus»
savdo markaziga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalar bilan sayohat
qiluvchilarga «Ertaklar mamlakatiga sayohat» degan maxsus dastur nazarda tutilgan. Paromlarga joylashishda turistlarga moddiy holati har xil bo‘lgan mijozlarga mo‘ljallangan komfortabel kayutalar taqdim etiladi. Qoida tariqasida, kayutalarda garderob, konditsioner, dush, tualet, televizor, fen, ichki telefon, ikkita karavot bo‘ladi. Oilaviy kayutlar, shuningdek nogironlar va allergiklar uchun mo‘ljallangan kayutalar ham bor. Kruiz tarzida dam olishni taklif qiluvchi tashkilotlardan tashqari, avtobus turlariga hamda avtomashina olib kelish uchun safarlar tashkil qiluvchi firmalarga, shuningdek avtomobil olib kelib sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyalar ham mavjud. Rossiyada bunday parom kompaniyalari orasida «TT-Line» (Boltiq dengizining g‘arbiy qismida, Germaniya bilan Shvetsiya oralig‘ida ishlaydi) va «Finnlines» (Finlyandiya va Germaniya o‘rtasida aloqa qiladi) kompaniyalari mashhur. Boltiq dengizi mintaqasida bir necha yirik tashuvchilarning mavjudligi ulardan nafaqat transport aloqasi uchun, balki paromlarda kompleks turlarni tashkil etish uchun ham foydalanish imko ini beradi. Masalan, Xelsinkidan Travemyundgacha «Finnlines» paromida, Rostok (Germaniya)dan Trilleborg (SHvetsiya)gacha – «TTLine» paromida va Stokgolmdan Xelsinkigacha — «Viking Line» paromida sayohat qilish mumkin. Bunday avtobus-parom turi 10—14 kunga mo‘ljallangan Daryo va ko‘llar bo‘ylab sayohat ichki suv sistemalari rivojlangan mamlakatlarda dam olishning eng ommaviy usullaridan biridir. O‘tgan asrning o‘rtlarida turistik marshrutlarda ishlashga mo‘ljallangan komfortabel daryo kemalarining qurilishi dengiz kruizlari jadal sur’atlarda rivojlanishiga olib keldi. Ichki suv arteriyalari bo‘ylab amalga oshiriladigan kruizlar, dengiz kruizlariga solishtirganda, bir qancha ustunliklarga ega. Ular muttasil o‘zgaruvchi manzarani kuzatish, safar marshruti yirik aholi yashaydigan punktlar orqali o‘tgan holda shaharlar me’morchiligini o‘rganish, agar sayohat kichik manyovrchan kemada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, istalgan ma’qul xushmanzara joyda to‘xtash imkonini beradi. Bundan tashqari, daryolar va ko‘llarda barpo etilgan gidrotexnika inshootlari (shlyuzlar, kanallar, suv omborlari) ham turistlar diqqatiga sazovor ob’ektlardir. Daryo kruizi turist uchun bir yo‘nalishda amalga oshirilishi yoki halqali marshrutga ega bo‘lishi mumkin. Daryo bo‘ylab sayohatlarni yo kema egalari, yo turistik kompaniyalar tashkil etishi mumkin. Masalan, Rossiyada Volga daryo kemachilik boshqarmasi «Rixard Zorge», «Aleksandr Sveshnikov» teploxodlarida quyidagi kruizlarni amalga oshiradi: «Moskva—Nijniy Novgorod— Moskva» marshruti bo‘yicha «Zolotыe kupola Rossii» kruizi (10 kun), Uglich, Mishkin, Kostroma, Plyos, Murom shaharlarida to‘xtagan holda; «Moskva— Plyos— Moskva» marshruti bo‘yicha «Uzorы Kostromы» kruizi (6 kun), Uglich, Mishkin, YAroslavl, Kostroma shaharlarida to‘xtagan holda; «Moskva— Uglich—Moskva» va «Moskva—Tver—Moskva» marshrutlari bo‘ylab qisqa muddatli uch kunlik sayohatlar. YAna bir mashhur tashuvchi — Moskva daryo kemachilik boshqarmasi «Moskva—Astraxan—Moskva» (20 kun), «Moskva—SanktPeterburg—Moskva» (9 va 13 kun), «Moskva—YAroslavl—Moskva» (5 kun), «Moskva—Uglich—Moskva» (3 kun) kruiz dasturlarini taklif qiladi. Daryo sayohatlari va kruizlari bilan shug‘ullanadigan turistik kompaniyalar o‘z flotiga ega bo‘ladi yoki kemalarni ularning egalaridan fraxt qiladi. Kemani fraxtga berishda kema egasi to‘xtash paytlarida unga xizmat ko‘rsatish, buyurtmachiga yonilg‘i quyilgan teploxod taqdim etishga shartnoma tuzishi mumkin. Mazkur hamkorlik usuli firmalarga ancha qimmatga tushadi. Ikkinchi holda operator to‘xtash joylari bilan shartnoma tuzish, yonilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish va h.k. ilan o‘zi shug‘ullanadi. Kruizni shunday tashkil etish turistik firmalarga xarajatlarni kamaytirish va tegishincha xizmatlar ko‘rsatish paketini arzonlashtirish imkonini beradi. Umuman olganda, yirik teploxodni fraxt qilish bahosi bir kunda 4000-8000 AQSH dollarini tashkil etishi mumkin. Ichki daryo kruizlarini tashkil etishda turfirma kema egasi bilan fraxt shartlarida shartnoma tuzishi lozim. SHartnoma tuzilganidan keyin turfirma kruiz reyslariga yo‘llanmalar sotish huquqiga ega bo‘ladi. Kemalarni ijaraga olish shartnomasida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: - kemalar soni va nomi; - ulardagi o‘rinlar miqdori (toifalar bo‘yicha); - kruizlarning marshrutlari va ularning muddatlari; - har bir kema uchun bir reys aylanishida zarur choyshab va yostiq jildlari soni va ularning qiymati; - har bir reys aylanmasiga chiptalar qiymati va shartnoma bo‘yicha to‘lanadigan haqning umumiy summasi; - taraflarning javobgarligi. Turistlarni tashish uchun haq reys boshlanishidan kechi bilan 15 kun oldin amalga oshirilishi lozim. Transport vositasini ijaraga olish shartnomasidan tashqari, turfirma yana quyidagi shartnomalarni tuzishi zarur: restoran xizmati boshqarmasi bilan turistlarni ovqatlantirishga; qabul qiluvchi tashkilotlar bilan ekskursiya xizmatlari ko‘rsatishga; kinoprokat yoki videoprokat korxonalari bilan teploxodlarning kinozallarida namoyish etish uchun filmlarning kino- yoki videonusxalarini olishga; kutubxonalar bilan reyslarni kitoblar bilan ta’minlashga; musiqa jamoalari, artistlar, lektorlar va shu kabilar bilan shartnomalar. Kruiz kemalarida safar qilayotgan yo‘lovchilarga nisbatan, maxsus qoidalarda nazarda tutilmagan barcha hollarda odatdagi yo‘lovchilar uchun belgilangan yo‘lovchi,

qo‘l yuki va bagaj tashishning barcha qoidalari amal qiladi. Kruiz kemasiga


yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish kema jo‘nashidan ikki soat oldin boshlanadi.
Reys boshida kema kapitani, kruiz rahbari, restoran direktori va kema vrachi
turistlar bilan suhbat o‘tkazadi. Suhbatda ular safar maqsadi va shartlarini, kemada,
qirg‘oqda hamda daryoda cho‘milish paytida o‘zini tutish qoidalarini bayon etadi.
Yo‘lda to‘xtaganda va qirg‘oqqa tushganda turistning yonida kemaga qaytishda
vaxtada turgan dengizchiga ko‘rsatish uchun turist daftarchasi yoki yo‘llanma
koreshogi bo‘lishi lozim. Qirg‘oqqa tushgan barcha yo‘lovchilar teploxodga
belgilangan vaqtda qaytib kelishlari zarur, chunki turist kechikkanligi uchun reysni
kechiktirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sayohat chog‘ida teploxod bortida turistlarga har xil — pullik va bepul xizmatlar ko‘rsatiladi. Bepul xizmatlarga, qoida tariqasida, quyidagilar kiradi: basseyndan, kinozaldan, kutubxonadan foydalanish, teledasturlar namoyishi salonida televizor tomosha qilish, tez tibbiy yordam olish. Pullik xizmatlarga quyidagilar kiradi: bardan, bufetdan, kiosklardan tovarlar xarid qilish, sartaroshxona, buyumlarni saqlash kamerasi xizmatlaridan foydalanish.

Yüklə 156,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin