3.1 Transportda xizmat ko‘rsatishning iqtisodiyotdagi o‘rni Аvtoturistlar uchun moʼljallangan mehmonxonalar va motellar (motorotellar)shosse yoʼllar yaqinida joylashadi. Shinam nomerlar va restoran (yoki qahvaxona) ga hamda umumiy ahamiyatga molik boshqa xonalarga ega, mehmonxona binosidan tashqari, bu mehmonxonalar va motellar avtotransport vositalarini parkovka qilish va ularga texnik xizmat koʼrsatish imkonini beradi (avtomobillarga yonilgʼi quyish shoxobchasi, ta’mirlash ustaxonalari, texnik xizmat koʼrsatish stansiyasi va h.k.ga ega boʼladi). Motellarning joylashishi ularning vazifasi, shaharlar va shaharchalarning joylashgan oʼrni, avtomobil yoʼllari tarmogʼi, kelish yoʼllarining mavjudligi,muayyan joyning tabiiy- iqlimiy sharoitlari, davolash manbalari, tarixiy joylar hamda turistik jihatdan diqqatga sazovor boshqa joylarning mavjudligi bilan belgilanadi. Kempinglar mavsumiy foydalanish uchun moʼljallangan «engil» tipdagi mehmonxona korxonalaridir. Ular avtoturistlar dam olishi hamda ularningavtotransport vositalari toʼxtab turishi uchun moʼljallanadi. Kempinglarda koʼrsatiladigan xizmatlarning barcha turlari soddalashtirilgan boʼladi: uxlash joylari yozgi tipdagi, koʼpincha yogʼochdan qurilgan, isitilmaydigan binolarda yoki chodirlarda joylashadi; vanna va hojatxona asosan umumiy boʼladi.
Transport turlari bo`yicha yo`lovchi tashish va yo`lovchi aylanmasi