Turizmda joylashtirish vositalari, ovqatlantirish korxonalari va transport xizmatlarining ahamiyati
2018 yil 1 yanvar holatiga magistral quvurlar uzunligi, km
Ularda kongresslar oʼtkazish uchun zallar, majlislar, konferentsiyalar, simpoziumlar uchun alohida joylar, har xil turdagi
restoranlar, aloqa va bank boʼlimlari, teletayp, teleks, basseynlar, naunalar,kegelbanlar faoliyat koʼrsatadi. Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun moʼljallanadi.Mamlakatimizda bunday mehmonxonalarasosanuyushtirilgan guruhli tur –ekskursiya va sport turizmi uchunmoʼljallangan boʼlib, ular shaharda, shahar tashqarisida, turistik ob’ektlaryaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda,koʼpincha yashil massivlaryaqinida quriladi. Turistik mehmonxonalarning oʼziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda turistik xizmatlar koʼrsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar xonalari mavjud boʼladi. Bunday xonalar majmui turistik
marshrut turiga va mazkur marshrut boʼylab turistlarning harakatlanish
usuliga bogʼliq. Turistik bazalar, dam oluvchilarning muayyan tarzda tartibga solingan kontingentiga, yuklash, foydalanish va ish tartibiga ega boʼlgan turistik
muassasalarning an’anaviy turi sifatida, asosan maxsus ishlab chiqilgan
va jihozlangan piyoda, changʼi, suv, togʼ, ot, chana, velosiped, avtobus
trassalari yoki aralash turistik trassalardan oʼtkazilgan marshrutlar boʼylab
sayohat qiluvchi rejali (qisman – mustaqil) turistik guruhlarni dam olishga
qabul qilish va xizmat koʼrsatish uchun moʼljallanadi. Turistik bazalar odatda shahar yaqinidagi dam olish zonalarida, turistik sogʼlomlashtirish hududlari yoki komplekslari tarkibida joylashadi. Kurort mehmonxonalari bir joyda nisbatan uzoq vaqt dam olish uchun oʼljallanadi. Аyrim hollarda bunday mehmonxonalarda profilaktik davolanish yoki shifo olish imkoniyati ham nazarda tutilishi mumkin.
Buning uchun kurort mehmonxonalarida kurortning asosiy sohasiga koʼra
davolash- sogʼlomlashtirish binolari va xonalari quriladi, parhez ovqatlanish tashkil etilishi ham mumkin.Odatda kurort komplekslarida umumiy, maishiy, tibbiy va sportxizmatlarining katta qismi umumiy kurort muassasalari tomonidankoʼrsatiladi. Buning uchun umumiy kurort restoranlari, barlari, qahvaxonalari, kattalar va bolalar uchun oshxonalar, koʼp funktsiyali zallar, kinoteatrlar, savdo korxonalari,stadionlar, sport zallari, tennis kortlari, sport va oʼyin maydonchalari, berk va ochiq basseynlar, ot sporti markazlari va h.k.
quriladi. Taymsher – mehmonxona xizmatlarining nisbatan yangi turi.
Uning nomerlar fondi odatda 50-250 nomerdan tashkil topadi. Аlohida
qurilmalarga ega boʼlishi ham mumkin. Kvartira tipidagi nomerlar fondiga
ega, xizmatlar koʼrsatish shart- sharoitlari kurort mehmonxonalaridagi
oʼxshash. Аlohida kvartiralar xususiy mulkdorlarga sotiladi, ammo taymsher toʼliq boshqaruvchi kompaniya tomonidan nazorat qilinadi. Аpartamentli mehmonxonalar. Uzoq vaqt yashashga moʼljallangan apartamentli mehmonxonalar, oddiy mehmonxonalarga qaraganda, foydali maydonining kattaligi va ularda mijozlar uzoq vaqt yashashi bilan farq qiladi. Nomerning qoʼshimcha maydoni odatda qulay kreslo va divan qoʼyilgan mehmonxona hamda koʼp funksiyali qaznoqqa ega kichik oshxona shaklida boʼladi. Joylashtirish ob’ektlarining yana bir shakli – pansionlar ham jahon amaliyotida ancha keng tarqalgan. Ularda yashash, odatdagimehmonxonalarda yashashga qaraganda, ancha arzon turadi. Mehmonxonadan pansionning asosiy farqi shundaki, u toifalarga
ajratilmaydi. Аmmo bu pansionda yashash sharoiti mehmonxonadagi
yashash sharoitidan yomon degan ma’noni anglatmaydi. Pansion joylashtirish ob’ektlarining erkin shakli boʼlib, u odatda qurilish paytida mehmonxona sifatida tasavvur qilinmagan binolarda tashkil etiladi.Pansionning oʼziga xos xususiyati shundaki, u nisbatan kichkina, odatda 10-20 kishiga moʼljallangan nomerlar fondiga ega boʼladi. Sportchilar uchun moʼljallangan mehmonxonalar sportkomplekslari qoshida yoki tabiiy sharoitlariga koʼra ma’lum sport turini rivojlantirish imkonini beruvchi joylarda quriladi. Sportchilar uchun moʼljallangan
mehmonxonalarda sport anjomlarini ijaraga berish shaxobchalari, dam
olish uchun moʼljallangan bir qancha muassasalar faoliyat koʼrsatadi,
sport va tibbiy ahamiyatga ega binolar va qurilmalar mavjud boʼladi. Qoida
tariqasida, bu yerda umumiy ovqatlanish va dam olish korxonalari ham
faoliyat koʼrsatadi. Harakatlanadigan tarkibni yonilg‘i bilan ta’minlash masalalari ham IATAning diqqat markazida turadi, chunki yonilg‘i xarajatlari ulushi o‘rta hisobda aviakompaniyalar foydalanish xarajatlarining 15% ni tashkil etadi.
Shu munosabat bilan Uyushma quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi: 1) o‘zaro til
topishni yaxshilash uchun yonilg‘i etkazib beruvchilar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; 2) yonilg‘i xarid qilish bilan bog‘liq standartlar va qoidalarni ishlab chiqadi; 3) yonilg‘I bilan ta’minlash masalasining barcha jihatlari ustidan nazorat olib boradi va h.k. Xizmatlar ko‘rsatish sohasida IATA xalqaro yo‘lovchi tashish tariflarini ishlab chiqishning barcha masalalari bo‘yicha qonun chiqaruvchi organ hisoblanadi. U yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, o‘rinlarni bronlash, bagajga ishlov berish, uni rasmiylashtirish va berish tartibini belgilaydi; havoda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish standartlarini, shu jumladan bortkuzatuvchilar ishini tashkil etish va ularni tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni, bortda yo‘lovchilarni ovqatlantirishga, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga va asbob-uskunalarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. IATA yo‘lovchilar va bagajga aeroportda xizmat ko‘rsatish qoidalarini ishlab chiqadi; aviakompaniyalarning jadvallarini muvofiqlashtirish va aeroportlarning
yuklanishi muammolari bo‘yicha konferensiyalar o‘tkazadi; aviakompaniyalar tegishli qoidalar va taomillarni jamoaviy tarzda muhokama qilishi uchun imkoniyat yaratadi. IATA aviatashuvlar masalalari bo‘yicha konsultatsion xizmatlar ko‘rsatadi; axborot faoliyati bilan shug‘ullanadi — xalqaro reyslarga tariflarni e’lon qiladi, TIM (Travel Informational Manual) qo‘llanmasini (unda aviatashuvlar bilan bog‘liq hujjatlarga qo‘yiladigan talablar, sanitariya va bojxona qoidalari hamda boshqa hujjatlar ifodalanadi), havo transporti tarmog‘i faoliyati bilan bog‘liq 360 dan ortiq nashrlarni chop etadi. IATA qoshida Havo transporti xodimlarini kasbiy jihatdan tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etilgan bo‘lib, u fuqaro aviatsiyasi idoralari xodimlari, aviakompaniyalar va aeroportlar, yuk tashish sohasida band bo‘lgan tashkilotlarning xodimlari, shuningdek turistik sektor xodimlarini o‘qitib-o‘rgatish va 46 malakasini oshirish uchun o‘quv-mashq dasturlari va metodikalarining to‘liq kompleksini taklif qiladi.
Uchish xavfsizligi va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash IATA faoliyatining
muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Buning uchun u uchish xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan aviakompaniyalarning foydalanish faoliyatiga va aviatsiya asbobuskunalariga qo‘yiladigan yangi talablarni ishlab chiqadi va amalga kiritadi;
turboreaktiv va turbovintli samolyotlarda uchish xavfsizligining holati to‘g‘risidagi
hisobotlarni har yili e’lon qiladi; uchish xavfsizligi va inson omilining roli muammolari bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar o‘tkazadi; yo‘lovchilarni bir kara tekshirishni nazarda tutadigan xavfsizlik tizimini ishlab chiqadiki, bu yo‘lovchi aeroportda rasmiyatchiliklardan o‘tishini engillashtiradi. Bundan tashqari, IATA atrof muhitni muhofaza qilish muammosini hisobga olgan
holda tarmoqni rivojlantirish strategik dasturlarini ishlab chiqadi va amalga joriy etadi; aviakompaniyalarning yuridik manfaatlarini himoya qiladi; yuk tashish sohasida xizmatlar ko‘rsatadi; hukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi; ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qiladi va turli masalalar bo‘yicha o‘z tarmog‘ining pozitsiyasini tushuntiradi. Havo transporti faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro tuzilmalardan tashqari, fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadigan bir qancha mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar ham mavjud: Fuqaro aviatsiyasi Yevropa konferensiyasi va Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligi tashkiloti — Evronazorat. Afrikadagi 32 davlatni birlashtirgan Afrika fuqaro aviatsiyasi komissiyasi. Mintaqadagi 20 mamlakatni birlashtiruvchi Arab davlatlari fuqaro aviatsiyasi kengashi. Lotin Amerikasi fuqaro aviatsiyasi komissiyasi. Uning tarkibiga Janubiy va Markaziy Amerika hamda Karib dengizi havzasidagi 19 mamlakat kiradi. Yuqorida zikr etilgan barcha birlashmalarning maqsadi o‘z mintaqalarida uchish xavfsizligini oshirish vazifalarini hal qilish, tegishli davlatlarning aviatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish, mintaqalardagi havo navigatsiyasi nazorat tizimini takomillashtirishdan iborat. Masalan, 2001 yil kuzda Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligi tashkiloti o‘zining «Erkin marshrutlar havo muhiti» dasturini e’lon qildi. Bu dasturni u yaqin kelajakda amalga kiritmoqchi. Ushbu dasturning mohiyati shundan iboratki, G‘arbiy Yevropa osmonida havo koridorlari bo‘lmaydi va aviakompanilarning samolyotlari «ochiq osmon» mintaqasida manzilga qat’iy belgilangan marshrut (hozirda shunday) bo‘ylab emas, balki eng qisqa marshrut bo‘ylab harakatlana oladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga qaraganda, bu havo muhitidan oydalanishning samaradorligini oshiradi, aviatashuvchilarga har yili taxminan 60 mln. evro tejab qolish imkonini beradi, shuningdek havo dispetcherlari, havo kemasi ishini engillashtiradi, bagajni yo‘qotganlik, nobud qilganlik yoki unga
shikast etkazganlik uchun javobgarlikni oshiradi
Yuqorida zikr etilgan holatlarning istalgan biri yuz bergan taqdirda, tashuvchi,
yo‘lovchilarning qonuniy manfaatlarini e’tiborga olgan holda:
jadval o‘zgarganligi haqida ularni ogohlantirishi;
ularni o‘z reysi yoki boshqa tashuvchining reysi bilan tashishni amalga oshirishi;
- ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘lovchilarga aeroportda xizmat ko‘rsatilishini tashkil
etishi yoki ularni belgilangan tartibda mehmonxona bilan ta’minlashi shart. Agar
jadval o‘zgarishi natijasida yo‘lovchi tashishdan voz kechishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, tashuvchi amalga oshirilmagan tashish uchun pul summasini unga qaytarib berishi shart. Agar yo‘lovchining hujjatlari noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan yoki to‘liq hajmda taqdim etilmagan bo‘lsa, tashuvchi uni tashishdan bosh tortishga haqli. Bunda davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlarning mavjudligi, haqiqiyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun faqat ana shu organlar hamda fuqaro javobgar bo‘ladi. Shu munosabat bilan ko‘pincha bunday vaziyatlarda yo‘lovchi tashuvchiga qiladigan barcha da’volar asossiz hisoblanadi. Tashuvchi bunday hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun javobgar bo‘lmaydi. Yo‘lovchi to‘xtash nazarda tutilgan har qanday oraliq aeroportda sayohatni to‘xtatish va to‘xtash huquqiga ega. Bunday to‘xtash «Stopover» deb ataladi. To‘xtash joyida o‘ziga zarur vaqt bo‘lgach, sayohatchi mazkur marshrut bo‘ylab tashishni davom ettirishi mumkin. Bunda u shunday reysda o‘rinni darhol bronlashtirishi (agar tashishni davom ettirish sanasi aniq bo‘lsa) yoki ma’qul sanada mazkur reysda o‘rin mavjudligini tasdiqlashni so‘rashi mumkin. Yo‘lda bunday to‘xtash mumkin, basharti: - u to‘xtash mo‘ljallangan mamlakatning davlat organlari tomonidan ruxsat
etilgan bo‘lsa; yo‘lovchi o‘zining shu huquqidan foydalanish niyati haqida tashuvchiga oldindan xabar bergan bo‘lsa; bu chiptaning amal qilish muddati doirasida amalga oshirilgan bo‘lsa; - bu tarifni hisoblashda hisobga olingan va chiptada rasmiylashtirilgan bo‘lsa. Agar chiptani xarid qilish chog‘ida yo‘lovchi oraliq aeroportda to‘xtash niyatida ekanligini bildirmagan va o‘zining bu huquqidan foydalanishga uchish jarayonida qaror qilgan bo‘lsa, u tashuvchiga tarifdagi tafovutni, shuningdek pirovard manzilgacha rasmiylashtirilgan uning bagaji samolyotdan olinishi natijasida reys kechikkan holda ko‘rilgan zararni qoplaganidan keyin uchishni davom ettirishi mumkin. Yo‘lovchi yoki u bilan birga shu reysda ketayotgan oila a’zosining kasalligi natijasida majburan to‘xtash istisno holat hisoblanadi va ko‘rilgan zararni qoplash talab etilmaydi. “Stopover”dan foydalanish huquqi asosan normal tariflar bo‘yicha rasmiylashtirilgan aviatashuvlarga nisbatan amal qiladi. Agar turist maxsus tarif bo‘yicha rasmiylashtirilgan chiptaga ega bo‘lsa, yo‘lda to‘xtash mavjud cheklashlardan kelib chiqib amalga oshiriladi yoki mazkur tarifni qo‘llash qoidalariga muvofiq mutlaqo taqiqlanadi. Yo‘lovchi ko‘rsatilgan tashuvlar o‘ziga yoki hududi orqali amalga oshirilayotgan davlat vakolatli organlarining barcha qonunlari, qarorlari, qoidalari va farmoyishlariga amal qilishi shart. Bu maxsus nazorat talablarini hamda pasport, viza, sanitariya va boshqa rasmiyatchiliklarni, shuningdek tashuvchining qoidalari va yo‘riqnomalarini bajarishga taalluqli. Agar mamlakatning davlat organlari yo‘lovchi pirovard manzil, transfer yoki
tranzit mamlakatiga kirishi rad etilgani munosabati bilan tashuvchiga yo‘lovchini
jo‘nash manziliga yoki boshqa biron-bir manzilga qaytarish majburiyatini yuklagan bo‘lsa, yo‘lovchi yoki uni rasmiylashtirgan tashkilot tashuvchiga ko‘rsatilgan tashish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplashi shart. Havo kemasining yo‘lovchisi quyidagi huquqlarga ega: xO‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozli shartlarda hamda tashuvchi tomonidan belgilangan havoda yo‘lovchi tashish qoidalariga muvofiq havo kemasida qatnash;
xhavo kemasining turiga qarab, belgilangan norma (bir yo‘lovchiga kamida 10
kg) doirasida bagajni bepul olib o‘tish; xikki yoshdan katta bo‘lmagan bir nafar farzandini unga alohida o‘rin bermasdan o‘zi bilan (xalqaro aviatashuvlarda – imtiyozli tarifga muvofiq) tekinga olib o‘tish. Ikki yoshdan katta bo‘lmagan boshqa bolalar, shuningdek 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar imtiyozli tarifga muvofiq, ularga alohida o‘rin berilgan holda tashiladi; - havoda tashish chog‘ida tashuvchining aybi bilan tanaffus qilinganida yoki jo‘natish va (yoki) uchishda havo kemasi majburan ushlab qolinganida dam olish xonasi, ona va bola xonasi xizmatlaridan, shuningdek mehmonxonada berilgan o‘rindan tekinga foydalanish1. Bunda havo kemasi yo‘lovchilariga xizmatlar ko‘rsatish va imtiyozlar berish tartibi amaldagi aviatsiya qoidalari bilan belgilanadi. Yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi shartnoma tashuvchi yoki yo‘lovchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Quyidagi hollarda tashuvchi yo‘lovchini havoda tashish shartnomasini bir taraflama tartibda bekor qilishi mumkin: x yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan pasport, bojxona, sanitariya talablari va boshqa talablarning havoda tashish bilan bog‘liq qismini buzgan taqdirda; xalqaro aviatashuvlarda davlatning tegishli organlari tomonidan belgilangan uchish, manzilga eltish yoki tranzit qoidalarini buzgan taqdirda;
x yo‘lovchi amaldagi aviatsiya qoidalari talablarini bajarishdan bosh tortgan
holda; - havo kemasi yo‘lovchisining havoda tashishning alohida sharoitini talab
etuvchi yoxud yo‘lovchining o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tahdid soluvchi, tibbiy
hujjatlar bilan tasdiqlangan, xuddi shuningdek tartibsizlikni yuzaga keltiruvchi va
boshqa shaxslarga tuzatib bo‘lmaydigan noqulayliklar tug‘diruvchi sog‘lig‘ining holati tufayli; x havo kemasi yo‘lovchisi og‘irligi bagajni bepul tashish bo‘yicha belgilangan normadan ortiq bo‘lgan bagajiga haq to‘lashdan bosh tortgan taqdirda;.
52 x havo kemasi yo‘lovchisi o‘zi bilan ketayotgan ikki yoshdan katta bola uchun
haq to‘lashdan bosh tortgan taqdirda; x havo kemasi yo‘lovchisi havo kemasi bortida havo kemasining uchishiga yoki boshqa shaxslarning sog‘lig‘iga xavf soluvchi xulq-atvor qoidasini buzgan, shuningdek havo kemasi komandirining farmoyishlarini bajarmagan taqdirda; x yo‘lovchining shaxsiy buyumlarida, shuningdek uning bagajida, yukida havoda tashish taqiqlangan buyumlar yoki moddalar topilgan taqdirda. Yo‘lovchini havoda tashish to‘g‘risidagi shartnoma tashuvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda, tashish uchun to‘langan haq yo‘lovchiga qaytarib beriladi (yo‘lovchi havo kemasi bortida xulq-atvor qoidalarini buzgan hol bundan mustasno). Yo‘lovchi tashishdan aeroportda yoki harakat yo‘nalishida voz kechishga haqli. Bu holda u tashuvchidan tashish uchun to‘langan haqni yoki uning foydalanilmagan qismini tariflarni qo‘llash qoidalarida nazarda tutilgan miqdorda qaytarib olishi mumkin. Yo‘lovchining tashishdan voz kechishi majburiy yoki ixtiyoriy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Majburiy voz kechish quyidagi holatlar bilan belgilanishi mumkin: - chiptada ko‘rsatilgan reysning bekor qilishini yoki kechiktirilishi; - bronlashtirishda yo‘l qo‘yilgan xato tufayli reysda o‘rin yoki chiptada ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatish klassini taqdim etishning iloji yo‘qligi; - favqulodda holat tufayli chiptada ko‘rsatilgan aeroportda qo‘nishning mumkin emasligi; - ushbu reysni amalga oshirayotgan havo kemasi turining almashtirilishi; - yo‘lovchining yoki u bilan birga havo kemasida ketayotgan oila a’zosining betobligi; - tashuvchining yo‘l hujjatlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirishi; - havo kemasi kechikishi yoki yo‘lovchi transfer aeroportiga etib kelishi lozim bo‘lgan reys bekor qilinishi natijasida transfer aeroportidan chiptada ko‘rsatilgan reysda uchib ketishning mumkin emasligi. Yo‘lovchi tashishdan majburiy voz kechgan taqdirda tashuvchi unga navbatdagi reyslardan birida chiptada ko‘rsatilgan shartlarda tashishni taklif qilishi yoki chipta qiymatini jarima sanksiyalari hisobga olmasdan qaytarib berishi shart. Bu holda, agar tashish yo‘lning biron-bir qismida amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘langan haq to‘liq
qaytariladi, tashish qisman amalga oshirilgan bo‘lsa, tashishning bajarilmagan qismi uchun haq yo‘lovchiga qaytarib beriladi. Ixtiyoriy voz kechish — yo‘lovchining shaxsiy sabablari bilan belgilangan voz kechish. Bunda tashuvchi qaytariladigan pul mablag‘laridan o‘ziga tegishli barcha pullarni chegirib qolishga haqli. Xususan, yo‘lovchi uchishdan voz kechishi haqida tashuvchiga uchishdan ko‘pi bilan 24 soat, kamida – 3 soat oldin xabar bergan bo‘lsa, tashuvchi undan chiptaning 10% miqdorida yig‘im chegirib qolishi mumkin; agar voz kechish uchishdan 3 soatdan kamroq vaqt oldin yuz bergan bo‘lsa, yig‘im miqdori 25%
ni tashkil etadi. Gruppaviy tashuvlarda 24 soatdan kamroq vaqt oldin uchishdan voz kechish 25% miqdorida yig‘im ushlab qolinishiga olib keladi. Maxsus tariflar bo‘yicha sotilgan chiptalar pulini qaytarish mazkur tariflarning qo‘llanilishi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Pullar tashuvchi yoki uning agenti tomonidan chiptalar xarid qilingan joyda uchish kuponlari taqdim etilganidan keyin tashish rasmiylashtirilgan valyutada va haq to‘lash shaklida chiptada ismi ko‘rsatilgan shaxsga yoki chiptaga haq to‘lagan va buning dalillarini taqdim etgan shaxsga qaytarib beriladi.