Rotel – koʼchma mehmonxona. Bir yoki ikki oʼrinli boʼlimlardan iborat
vagon- treyler koʼrinishida boʼladi. Har bir boʼlim ventilyatsiya va alohida
yoritish uskunasi bilan jihozlangan. Rotelda kiyimalmashtirish, yuvinish
joyi va hojatxona bor. Vagonning orqa qismida oshxona va muzlatgich
joylashadi. Flaytellar, qoida tariqasida, aholi gavjum joylardan ancha chetda
joylashgan boʼladi. Ularga faqat havo transportida borish mumkin. Flaytel
yaqinida aerodrom,angarlar, ellinglar, ustaxonalar joylashadi. Tabiiyki,
restoranlar, barlar, kontsert zallari, dansing va sh.oʼ. ham boʼladi.
Аyrim flaytellarda reklama har xil kalibrli (hajmli) havo sharlarida va
har xil dirijabllarda sayr qilishni va’da qiladi. Flaytel qoshida havo va
quyosh vannalari qabul qilish uchun moʼljallangan bogʼlanma aerostatlar
ham boʼladi. Tabiiyki,bularning barchasi juda katta pul turadi va ulardan
faqat juda boy odamlar foydalanishi mumkin. Birinchi flaytel АQShning Oklaxoma shtatidagi Talas shahri yaqinida tashkil etilgan. Bu mehmonxona korxonasining reklama bukleti vertolyotlar qoʼnishi uchun maydoncha, samolyotlar uchun kichik aerodrom, uchuvchilar uchun radiostantsiya va meteorologiya stantsiyasi bilan bevosita aloqa qilish imkoniyatini taklif qiladi.
Suv boʼylab sayohat qilayotgan turistlarga xizmat koʼrsatish uchun
moʼljallangan suzuvchi mehmonxonalar va mehmonxona komplekslarijuda koʼp mamlakatlarda, chunonchi: Frantsiya, Gretsiya, Shveytsariya,Daniya,Niderlandiya, Shvetsiya, Ispaniya va boshqalarda loyihalashtirilmoqdavaqurilmoqda. Suzish vositalarining aksariyati prichallar, pirslar, suvgatushirish va suvdan koʼtarish moslamalari, shuningdek qayiqlarni saqlash,ularni ta’mirlash va ularga yonilgʼi quyish inshootlari bilan jihozlangan.
«Botel» atamasi – mehmonxona biznesidagi yangi tushuncha (boat -qayiq,kema, hotel – mehmonxona). Odatda, botel deganda ekskuriyabarjalari tipidagi suzuvchi mehmonxona tushuniladi. Botellar mavsumiyyoki yil boʼyi ishlaydigan muassasalardir. Bu guruhga «suv turizmimarkazlari» (Polsha), «dam olish bazalari- shaharchalari»(Germaniya),flotellar (Ispaniya va Yugoslaviya) kiradi.
Botokempinglar suv boʼylab sayohat qiluvchi turistlarga safarda
xizmat koʼrsatish uchun moʼljallangan. Turistik muassasalarning bu tipiga
Polshada keng tarqalgan «suv stantsiyalari» hamda Germaniyadagi «yozgi
turistik shaharchalar» kiradi.
Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa oddiy restoranlar ish
faoliyatidan biroz farq qiladi. Restoran ish vaqti shunday tashkil etilishi
kerakki, ushbu vaqt mehmonxonada joylashgan koʼpgina mehmonlar
ehtiyojini qondirsin, hatto bu restoranga bazi hollarda foyda keltirmasa
ham. Mehmonxona mehmonlarining 70% tushlik, 50%ga yaqini kechki
ovqatni mehmonxona restoraniga qilmaydilar. Restoran daromadining
uchdan ikki qismini chetdan kirgan xoʼrandalar olib keladi. Bundan shuni
xulosa qilish kerakki, mehmonxona restorani tashqaridan alohida
kiradigan eshikka va avtomobillar toʼxtash joyiga ega boʼlishi kerak.“Room servise” - nomerda xizmat koʼrsatish. Birinchi darajalimehmonxona nomerda xizmat koʼrsatuvchi “Room servise“xizmatigaega boʼlishi kerak (hatto foyda keltirmasa ham). Аgar ushbu xizmat toʼgʼritashkil etilsa,mehmonxona daromadining 1 5% ni tashkil etishi mumkin.
“Room servise” da menyu odatda cheklangan boʼladi (ba’zida restoran
menyusidan alohida tayyorlanadi), lekin yuqori klassli otellarda ushbu
xizmat orqali restoran taomlariga ham buyurtma berish mumkin. Ushbu
xizmatda eng asosiysi – yetkazib berish tezligi, shuning uchun maxsus
servis lifti boʼlishi talab etiladi. Taom telejkalarda, taomning zaruriy
haroratini ta’minlovchi maxsus konteynerlarda olib kelinadi. Xizmatning
asosiy ishi nonushtaga toʼgʼri keladi (70%gacha). Ertalabki buyurtmaning
¾ qismi bu oddiy «kontinental» nonushtadir.
Room servise xizmatiga telefon orqali yoki mehmon kechqurun oʼz
nomeri yeshigining tashqi qoʼlida osib qoʼygan kartochka orqali buyurtma
berishi mumkin (menyu va buyurtma vaqtini kartochkada koʼrsatadi).
Kichik mehmonxonalarda ushbu xizmatlarning ish vaqti chegeralangan.
Katta mehmonxonalarda uzluksiz ishlaydi. “Room servise” da narxlar
restorandan koʼra qimmatroq boʼladi.