Mavzu Umumiy pedagogika- ta’lim-tarbiya nazariyasi. Umumiy peda-fayllar.org
Umumiy pedagogika- ta’lim-tarbiya nazariyasi.
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos “bola” va “yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.