Mavzu: Umurtqali hayvonlarning ko’payishi biologiyasi va rivojlanishi Reja


SUTEMIZUVCHILARNING XILMA-XILLIGI. SUT EMIZUVCHILARNING TASHQI QOPLAG’ICHLARI



Yüklə 122,46 Kb.
səhifə8/10
tarix27.12.2023
ölçüsü122,46 Kb.
#199957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-ta mavzu biologiya

SUTEMIZUVCHILARNING XILMA-XILLIGI. SUT EMIZUVCHILARNING TASHQI QOPLAG’ICHLARI
Reja:

1. Sutemizuvchilar sinfiga umumiy tavsif.


2. Sutemizuvchilar sistematikasi, biologiyasi.
3. Sutemizuvchilar ekologiyasi va ahamiyati.
Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi.
Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, ko’rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. o’rta quloq bo’shlig'ida uchta uzangi, sandon va bolg'acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stloglda juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug'adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi.
Sut emizuvchilarning tuzilishi. Terisi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi. Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag'ichIarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g'on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug'u, to’ng'iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg'u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qismida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan bo’lib, peshona suyagi bilan qo’shilib ketgan. Bug'ularning shoxi esa teri hisobidan tariqqiy etadi va suyak to’qimasidan iborat.
Sut emizuvchilarning terisi ter, yog', hid va boshqa har xil bezlarga boy. Teri bezlari epidermisdan kelib chiqqan bo’lib, chin teriga botib turadi. Yog' bezlari uzumboshiga o’xshab tuzilgan. Ularning chiqarish yo’li soch xaitasiga ochiladi, sekreti sochni va terini yog'Iab turadi. Terbezlari naysimon shaklga ega, Bu bezning chiqarish yo’li teriyuzasiga yoki soch xaltasining ustki qismiga ochiladi. Terning 97 - 99 foizi suvdan iborat. Ter tanani sovutib turish bilan birga ayirish funksiyasini ham bajaradi. Hid bezlari va ter yog' bezlarining o’zgargan shaklidir. Hid bezi suvsarlarda yaxshi rivojlangan bo’lib, o’z jinslarini axtarib topish, himoya vazifasini o’taydi. Sut bezlari ter bezlarining o’zgarishidan kelib chiqqan, faqat urg'ochi hayvonlarda rivojlangan.
Sut emizuvchilarining chin terisi asosan qon tomirlariga boy bo’lgan tolali biriktiruvchi to’qimadan va teriosti kletchatkasidan iborat. Teriosti yog' qatlami, ayniqsa, kitsimonlar, sovuq iqlimda yashaydigan va qishda uyquga ketadigan hayvonlarda yaxshi rivojlangan.

Yüklə 122,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin