2.2 Hayvonot olamini muhofaza qilish. Muhofazaga muhtoj va yo‘qolib borayotgan hayvon turlaridan O‘zbekistonning Qizil kitobiga kenja turlar bilan birgalikda sutemizuvchilarning 30, qushlarning 52 turi, sudralib yuruvchilarning 21 turi, baliqlarning 18 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, mollyuskalarning 15 turi va bo‘g‘imoyoqlilarning 67 turi kiritilgan.
Yer ostida yashovchi sut emizuvchilarga asosan kemiruvchilar kiradi. Ular oldingi oyoqlari bilan yerni kovlab, o`ziga uya qiladi. Bularga yumronqoziqlar, sug`urlar, dala sichqonlari, krotlar (ko`rsichqonlar), so`qirsichqonlar kiradi.
Daraxtda yashovchi sut emizuvchilar oyoqlarri, qo`llari, dumlari bilan daraxtlarga chirmashib oladi. Bularga maymunlar, chala maymunlar, chumolixo`rlar, yalqovlar, xaltalilar va birqancha kemiruvchilar hamda hasharotxo`rlar kiradi.
Uchib yashovchi sutemizuvchilarga faqat ko`rshapalaklar kiradi. Ular mevalar bilan oziqlanib, kunduzi daraxt shoxlari orasida dam olib, kechasi uchib yuradi.
Suvda yashovchi sut emizuvchilar guruhiga qisman suvda yashashga moslashgan (norka, qunduz, oq ayiq, suv kalamushi, o`dakburun kabi) formalardan tortib, butn umrini suvda o`tkazadigan (kitlar, delfinlar, bobr, vixuxol kabi ) turlari bor.
Hozirda mavjud bo`lgan yo`ldoshlilar o`n yettiga turkumiga bo`linadi. Ulardan eng xarakterlilari bilan tanishamiz.
Hasharotxo`rlar turkumi. Bu yo`ldoshli sut emizuvchilarning eng primitiv turkimidir. Mazkur turkumga kiruvchi sut emizuvchilar mayday bo`ladi. Ularga tipratikan, yerqazar, krot, vixuxol kabilar misol bo`ladi.
Tipratikan. Tikonli sharga o`xshash o`ralib olib, g`alati bir tarzda o`zini dushmandan himoya qiladi, ular hashorat va kemiruvchilarni yeb, qishloq xo`jaligida katta foyda keltiradi. Bundan tashqari u ilon, baqa va kaltakesaklarni ham tutib yeydi,qushlarning yerdagi uyalarinivayron qiladi, ularning bolasini ham yeb qo`yadi. Tipratikan tabiatda juda keng tarqalgan. U tungi hayvon. Kunduz kunlari inlarida bekinib, ov qilish uchun kechasi chiqadi. Qish boshlanib oziq yetmay qolsa, u o`z iniga kirib yashirinadiva shu yerda uzoq uyquga ketadi. Bu vaqtda uning tana harorati pasayadi, nafas oladi, yuragi sekin va zo`rg`a uradi. Bahor kelib, havo isiy boshlashi bilan yana uyqudan turib hayotini davom ettiradi.
Kemiruvchilar turkumi. Kemiruvchilar o`z ovqatini kemirib yeydi. Shu sababli ular asosan tishlarining tuzilishi bilan xarakterlanadi. Pastki va ustki kurak tishlari o`tkir, oziqni shu tishlari yordamida uzib oladi va jag` tishlari yordamida maydalaydi. Kurak tishlari yirik va o`tkir, juda nqattiq oziqdan o`tmaslashmaydi, chunki old tomoni qalim emal qavati bilanqoplangan bo`ladi.
Kemiruvchilar sut emizuvchilar sinfining eng katta turkumio. Uning tipi vakillari olmaxon, dala sichqonlari, yumronqoziqlar, kalamushlar, jayralar, bobrlar, qo`shayoqlar, dengiz cho`chqalari, nutriya va ondatralardir.
Olmaxon-Afrika, Yevropa va Janubiy Osiyodagi o`rmonlarda yashadi. U faqat daraxtlarda hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. O`tkir tirnoqlari bilan daraxtlarga yopishib oladi. Daraqxt kovaklarida yoki o`t-o`lanlardan to`qilganinlarda yashaydi. Meva, urug`, hasharot va boshqalar bilan oziqlanadi. Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Qozog`iztonda va Orta Osiyoning tog`li rayonlarida sichqonsimon olmaxon, bog` olmaxoni, o`rmon olmaxon uchraydi. Qishda uyquga ketadi. May oyida 3-6 tagacha bola tug`adi, ularni sut bilan boqadi.
Olmaxon ov qilinadigan qimmatli hayvon. Kemiruvchilarning ham foydasi, ham zarari bor. Ko`pgina vakillari-olmaxon, ondatra, nutriya, bobr mo`ynali hayvon sifatida katta ahamiyatga ega. Ammo ba`zi vakillaridan yumronqoziq, sichqon, qo`shayoq kalamushlar qishloq xo`jaligiga katta ziyon yetkazadi.
Tovushqonsimonlar turkumi. Quyonlar bu turkumining eng xarakterli oilalaridan hisoblanib, ular asosan yovvoyi, quyon va uy quyoni (tovushqon) dan iborat vakillardan tashkil topgan.
Tovushqon oq, malla va qora rangli bo`lib, mamlakatimizda keng tarqalgan. Tovushqon yerni kovlab yer osyida hayot kechiradi. Uning tanasi boshidan oyg`igacha uzun va yumshoq junlar bilan qoplangan, bu junlar qalin mo`yna hosil qiladi. Tovushqonning terisi ham yupqa, shox qatlam va qalin, pishiq va cho`ziluvchan bo`ladi. Pastki va ustki jag`larida o`tkir kurak va oziq tishlari bor. U meva, o`simlik, aynisa ildizmevalar ( sabzi, karam, lavlagini ) juda yaxshi ko`radi.
Bir yilda 2 – 3 marta 2 tadan 10 tagacha bola tug`adi. Bolasi jun bilan qoplangan bo`lib, yura oladi. Yosh tovushqonlar tez o`sadi. Oradan 6 – 8 kun o`tgich, ular mustaqil yashay boshlaydi. Tovushqon bolalar bog`chasida ko`paytiriladigan sut emizuvchilardan. Uni uchastkadagi tipik burchakda asrash va ko`paytirish mumkin.
Quyon dalalarda, tog` etaklarida, cho`llarda yashaydi. Quyonlar dasht sharoitiga moslashgan. Ular dalalarda butalar tagiga in qurib yashaydi. U juda tez chopadi, o`z dushmanlaridan qochib ulguradi. Ular dalalarda o`simliklar bilan ularning po`stlog`I bilan oziqlanadi. Quyonlar odatda yiliga 3-4 marta, 4-12 tadan bola tug`adi. Quyonlardan ovlash maqsadida Ulardan mazali go`sht, teri va jun olinadi.
Yirtqichlar turkumi. Mazkur turkum vakillari yashash tarsi va tashqi muhitga moslashishiga ko`ra, xatto tashqi qiyofasi bo`yicha xam yirtqich hayvonlardir. Ular katta va o`tkir qoziq tishlari, burtmali va o`tkir qirrali kesuvchi oziq tishlari xamda kichik kurak tishlari bilan ajralib turadi. Yirtqich tishlarining mavjudligi, tirnoqlarining kuchli taraqqiy etganligi bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi. Ko`zlari o`tkir, o`zlari baxaybat, serxarakat bo`ladi. Yirtqichlar tabiatda katta rol o`ynaydi. Ular bir qancha sichqonsimon kemiruvchilarni va kasal hayvonlarni tutib yeydi. Bu turkumga bir necha oila kiradi. Ular sirtlonlar, mushuklar, suvsarlar, ayiqlar, itlar va boshqalardir.
Yirtqichlar turkumining eng tipik vakillariga mushuk, it, bo`ri, tulki, ayiq, arslon, yo`lbars, qoplon, ilvirs, gepard, silovsin, sobol va boshqalar kiradi.
Mushuk – mushuksimonlar oilasiga kirib, uning boshi yumaloq, ko`zlari yirik, mo`ylovli, oyog`ining tirnoqlari o`tkir, usti mayin jun bilan qoplangan. Uning yaxshi ko`rgan ovqati sichqondir. SHu jihatdan ham u odamlarga katta foyda keltiradi.
Mushuk yovvoyi turlarida xonakilashtirilgan. Ularda ko`rish, hid bilish qobiliyati yaxshi taraqiy etgan. o`ljasini poylab to`sadan xujum qiladi tutadi .
Juft tuyoqlilar turkimi. Juft tuyoqlilar turkumiga cho`chqa, begemot, bug`i, alqor, jirafalar, antilopa, echki, qo`y, qoramol, kiyik, los va boshqalar kiradi.
Juft tuyoqlilar asosan o`simliklar bilan oziqlanadigan o`simlikxo`r hayvonlar bo`lib, ko`pchiligining boshida shoxi bor. Masalan, bug`u va losning shoxlari har yili bahorda yangilanib, o`sib chiqadi. Lekin ko`pchilik xonakilashtirilgan juft tuyoqlilar [qo`y,sigir, echkilar] ning shoxi yangilanmaydi, umrining oxirigacha saqlanadi. Juft tuyoqlilar turkumi tuyoqlarining tuzilishiga ko`ra uchta kenja turkumga, kavsh qaytarmaydiganlar [cho`chqalar, begemotlar], qadoq oyoqlilar [tuyalar, lamalar], shoxlilar [jirafalar, bug`ular, sigirlar va hokazolar]ga bo`linadi.
Hamma juft tuyoqlilarning oshqozoni murakkab bo`lib, ko`p kameralidir. Hazm bo`lishi qiyin bo`lgan oziqlar bunday oshqozonda yaxshi ishlanadi.
Juft tuyoqlilarni ba`zan kavsh qaytaruvchilar deb ham yuritishadi. Kavsh qaytaruvchi juft tuyoqlilar kishilar hayotida katta ahamiyatga ega. Ularning suti, go`shti, juni, terisidan kishilar uzoq vaqtlardan beri foydalanib kelganlar.
Toq tuyoqlilar turkumi. Bu turkumga o`simlikxo`r yirik sut emizuvchilar kiradi. Ularning oyoqlari uchida bitta tuyoqlari bo`ladi. Shuning uchun ham ular toq tuyoqlilar deb atladi. Toq tuyoqlilarga ot, eshak, qulon, zebra, oq karkidon va boshqalar kiradi.
Ot inson tomonidan qadimda xonakilashtirilgan toq tuyoqli sut emizuvchi hayvondir. Undan kishilar turli maqsadlarda, minish uchun ulov sifatida, janglarda dushman bilan urishish maqsadida, sutidan dorivor qimiz tayyorlashda, go`shti va terisini olish uchun foydalanib kelishgan. Ot tik qad- qomatli, zirak, sirti ingichka va kalta junlar bilan qoplangan. Rangi har xil, sariq, qora, olachipor, qizg`ish bo`lgani uchun ularni saman, g`ir, ko`k, bo`z, targ`il deb atashgan. Bizda yilqichilik yaxshi rivojlangan. Ayniqsa tog`li rayonlarda ko`plab yilqichilik fermalari tashkil qilingan. Yovvoyi Prjeval`skiy otidan tortib, jahonga mashhur qorabayir, Budyonniy zot otlargacha xalqimiz hayotida keng foydalanib va ko`paytirib kelinmoqda.
Xartumlilar turkimi. Xartumlilar turkimi yer yuzida unchalik ko`p emas. Bu turkumga Hindiston fili bilan Afrika fili kiradi.