Mavzu: unli tovushlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish ilmiy rahbar : Eshonqulova Surayyo Isamiddinovna chirchiq-2023


II BOB. MAKTAB YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA SAVODXONLIKNI O‘RGATISH KO‘NIKMASI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə6/9
tarix01.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#170258
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chirchiq davlat pedagogika universiteti

II BOB. MAKTAB YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA SAVODXONLIKNI O‘RGATISH KO‘NIKMASI.
2.1. Bo‘g‘in ustida ishlash va unli tovushlar
Maktablarda ona tili o‘rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo‘ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qo‘p qirrali bo‘lib, ularni bajarish o‘quvchilar ongini o‘stirishga, ularga g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo‘naltirilgan. Ona tilini o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to‘g‘ri yoza olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o‘quv predmeti sifatida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, o‘quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo‘naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari haqidagi (so‘z yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili kursi fonetik, gra­fik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi.
Tilni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda boshqa ko‘pgina o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikmalar (predmetlararo ko‘nikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko‘nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o‘quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko‘nik­malar bilan predmetlararo ko‘nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi.
Beriladigan bilim va o‘quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar maktab dasturlari va davlat ta’lim standartida qayd etilgan.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganish uchun tilni ongli egallashga va o‘quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo‘ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o‘quvchilar so‘zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, so‘zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to‘g‘ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o‘zlashtiradilar, shuningdek, ularga so‘zning tovush va gra­fik shakli o‘rtasidagi nisbat (bog‘lanish)ni ongli aniqlash, so‘zni to‘g‘ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan ham so‘zni ongli o‘zlashtirish, uni to‘g‘ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar tanlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari I sinfdan boshlab so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o‘rganadilar.
Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So‘zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so‘zda bir-biriga ta’sirini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tushunadigan va so‘zlarni to‘g‘ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan hajmda ma’lumot berilgan.
Dasturda “Leksika” bo‘limi alohida berilmagan, ammo o‘quvchilar so‘zlarning leksik-semantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so‘z turkumlari va so‘z tarkibini o‘rganish jarayonida ma’lumot oladilar.
Boshlang‘ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o‘zaro bog‘liq holda o‘rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so‘z yasalishi haqidaelementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o‘zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o‘rganishni taqozo etadi. Tilni o‘rganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini o‘quvchilar nutqini o‘stirish vazifasini hal etishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” bo‘limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o‘z ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to‘rt sinfda o‘rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so‘zning morfemik tarkibi va gapni o‘rganish muhim hisoblanadi. So‘z yasalishiga doir bilimlar asosida o‘quvchilarda so‘zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o‘sadi. 4-sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish birinchi o‘ringa qo‘yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalarini, fe’llarning tuslovchi qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish malakalari shakllantiriladi).
Bog‘lanishli nutq ustida to‘rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq holda reja asosida ish olib boriladi.
Onatilidarslaridatilhodisalarima’nosi (semantikasi),qurilishi, vazifasi jihatidan o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo‘ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang‘ich ta’lim darsliklari va metodik qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o‘tamoqda.
Boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartining “Kirish” qismida “Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o‘rgatadi”, − deb alohida ta’kidlangan.
Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishni, o‘qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, “Boshlang‘ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talab”da ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg‘unlik to‘la ta’minlangan bo‘lmog‘i kerak. SHu jihatdan boshlang‘ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash imkonini beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta’limi mazmuni ta’lim mazkur bosqichiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida o‘qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo‘g‘inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo‘ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so‘zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo‘llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlásso‘zlari maьnosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so‘zni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko‘pincha so‘zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fonetik-grafik ko‘nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo‘q jarangli va jufti yo‘q ja­rangsiz undoshlar; so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, urg‘uli bo‘g‘inni aj­ratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o‘zlashtiradilar, ammo ular maxsus o‘qigunlariga qadar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishni, so‘zdagi tovushlarni izchil ta­laffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o‘quvchilarida so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko‘nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o‘z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so‘z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o‘zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi o‘z predmeti va vazifalariga mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan ham foydalanadi:
1. Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish.
2. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o‘rganish.
3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirish.
4. Ona tilidan o‘quvchilarning o‘qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borish.
5. O‘quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og‘zaki qayta hikoyalash, yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilish.
Yuqoridagi tekshirish metodlari ushbu fanning davr talabidan kelib chiqib rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda o‘qitishning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. CHunonchi, XX asrning 20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o‘rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko‘nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi. Savod o‘rgatishda yaxlit so‘z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitik-sintetik ishlar ta’minlanmadi, puxta, to‘g‘ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi.
Keyinchalik 1931 yil 5-sentyabrda qabul qilingan “Boshlang‘ich va o‘rta maktab haqida”gi, 1932 yil 25-avgust qabul qilingan «Boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quv dasturlari rejimi haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishda va o‘quv mashg‘ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o‘qituvchilarga yordam berdi.
O‘tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasida anchagina qo‘llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o‘qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o‘qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi.
1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tayyorlaydigan fakulьtetlar ochila boshlandi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o‘qitishga katta ahamiyat berila boshlandi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda «O‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish haqida”gi qaror alohida o‘rin tutadi.
Ta’lim sohasidagi bu o‘zgarishlar ona tili o‘qitish metodikasida ham bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko‘plari maktablarda amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda.
SHunday qilib, fan sifatida ona tili o‘qitish metodikasining o‘z predmeti, vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo‘lib, bir qator fanlar o‘rtasida uning ma’lum o‘rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o‘zaro munosabati, his-tuyg‘ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o‘rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktab o‘quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan.
Ona tili boshqa fanlarni o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda ham alohida o‘rin tutadi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi.UNLILAR TASNIFI

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin