Vallarning mustaxkamligini hisoblashning takribiy usuli. Bu usulga ko’ra keltirilgan moment ta`siridan valning xavfli kesimida xosil bo’ladigan kuchlanish aniqlanib, ruxsat etilgan kuchlanish qiymati bilan solishtiriladi. Demak, bu xolda val kesimi uchun mustaxkamlik sharti quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda M - uchlanish aniqlanadigan kesimga ta`sir etayotgan eguvchi moment, Nm; T - shu kesimdagi burovchi moment,Nm; W - xisoblanayotgan kesimning egilishga bo’lgan qarshilik momenti, mm3.
Agar valga ta`sir etuvchi kuchlar har xil tekislikda yotsa, ularni o’zaro perpendikulyar bo’lgan gorizontal xamda vertikal ikkita tekislik bo’yicha ta`sir etadigan qilib olish, so’ngra ma`lum usullar bilan tayanchlardagi reaksiyalarni topish va ulardan foydalanib eguvchi moment epyuralarini ko’rish lozim. Bu xolda har bir kesimga umumiy ta`sir etadigan eguvchi moment ikki tekislik bo’yicha tuzilgan momentlarning geometrik yig’indisi sifatida aniqlanadi, ya`ni
Shundan so’ng, burovchi moment epyurasi ko’rilib, keltirilgan momentning qiymati aniqlanadi:
Masalan, 145-shaklda keltirilgan, qiya tishli g’ildirak o’rnatilgan val uchun:
Mv=
bu yerda FtM - ulanadigan val uchlarining o’qdoshligini aniq ta`minlashning iloji bo’lmaganligi tufayli muftada xosil bo’ladigan qo’shimcha kuch; uning qiymati har xil muftalar uchun har xil bo’ladi; taxminiy hisoblashlarda FtM=(0,2-0,5)Ft qilib olinadi, bu yerda muftaga ta`sir etuvchi aylana kuch; bu kuchning yo’nalishi valda Ft dan xosil bo’ladigan deformasiyani oshiradigan qilib olinadi; Ft g’ildirakdagi aylana kuch; Fx uk bo’ylab yo’nalgan kuch; Fr valga tik yo’nalgan kuch. Taqribiy hisoblash natijalaridan foydalanib, val qismlarining tuzilishi va o’lchamlari yetarli darajada aniq belgilanadi. Shundan so’ng hisoblashning aniqlashtirilgan usulidan foydalanib, valning mustaxkamligi tekshirib ko’riladi.