Vallarni hisoblash Vallarning eguvchi moment M va burovchi moment T ta`siriga chidamliligi, birligi xamda vibrabardoshligi hisoblanadi. O’qlarni hisoblash vallarni hisoblashning T=0 bo’lgandagi xususiy xolidir. Shuning uchun o’qlarni hisoblash haqida aloxida to’xtalib o’tirishning xojati yo’q. Odatda, vallarning mustaxkamligini hisoblash asosida loyixalash ishi quyidagi tartibda bajariladi:
1.Ma`lum aylanish chastotasi xamda quvvat asosida valning taxminiy diametri aniqlanadi. Buning uchun faqat burovchi moment ta`siridagi valning mustaxkamlik shartidan foydalaniladi:
bu yerda , N – quvvat, kVt; val ko’ndalang kesimining polyar qarshilik momenti; - burovchi moment ta`siridan xosil bo’ladigan kuchlanishning ruxsat etilgan qiymati. Yuqoridagilarga binoan quyidagi ifodani yozish mumkin:
bunda deb olib, valning diametri uchun quyidagi formulani xosil qilamiz:
bu yerda S - soniy koeffisient, uning miqdori ning qiymatiga qarab 60-jadvaldan olinishi mumkin.
60-jadval
MPa
10
12
15
21
30
40
50
C
168
158
147
130
116
106
98,5
Odatda, transmissiya vallari uchun
reduktor vallari uchun
qilib olinadi.
2.Topilgan taxminiy diametrga asoslanib, valning tuzilishi chama bilan chizib olinadi. Bunda valning istalgan kesimidagi kuchlanishning iloji boricha bir xil bo’lishiga harakat qilish lozim. Buning uchun valning aylanuvchi detal` o’rnatilgan o’rta qismini yo’g’onroq qilib, tayanchlarga yaqinlashilgan sari ingichkalashtirib borish tavsiya etiladi. Valning chetki qismi diametrini tanlashda uni standartdan olinadigan dumalash podshipniklariga yoki elektrik dvigatellar valiga mos keltirish kerakligini nazarda tutish lozim. Bundan tashqari, pog’onali vallarning diametrlari o’zgaradigan joyda ortiqcha kuchlanishlar konsentrasiyasi xosil bo’lmasligi uchun bu joy qirrali bo’lmasdan, ma`lum radius bilan dumaloqlanishi (galtel` xosil qilinishi) kerak.
3.Valning tuzilishi quyilgan talabga to’la javob berishiga ishonch xosil qilingach, uning mastaxkamligi tekshirib ko’riladi. Buning ikki xil usul bilan amalga oshirish mumkin:
a) ruxsat etilgan kuchlanishlar hamda keltirilgan moment bo’yicha tekshirish usuli (takribiy usul);
b) xavfli kesimdagi kuchlanishlar konsentrasiyasini e`tiborga oluvchi va extiyot koeffisientini topish asosida tekshirish usuli (aniqlashtirilgan usul).
Agar valning mustaxkamligini tekshirish qoniqarli natijani bermasa, uning tuzilishiga zarur o’zgarishlar kiritilib, mustaxkamligi qayta hisoblanadi.