Mavzu: Vebinar mashg'ulotlarning asosiy shakllari va tashkil etish shakllari Reja



Yüklə 48,72 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü48,72 Kb.
#208426
  1   2   3
zamonaviy pedagogik texnologiya


Mavzu: Vebinar mashg'ulotlarning asosiy shakllari va tashkil etish shakllari
Reja:

  1. Vebinar texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash.

  2. Vebinar mashg'ulotning bosqichlari

  3. Vebinar mashg'uloti bo'yicha dars ishlanma


Vebinar texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash. Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qo‘llanilmoqda.
Vebinar texnologiyalar (ingl. “webinar” - web-based seminar) –
1) web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning o‘zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminar;
2) Internet texnologiyalari va maxsus dasturlar qo‘llanilgan holda talaba (tinglovchi)lar bilan interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakli.
Garchi “vebinar” tushunchasi shu ma’noni anglatsa-da, biroq, ta’lim amaliyotida keng ma’noda qo‘llanilib, turli onlayn tadbirlar (seminar, konferentsiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar bo‘yicha tarmoq translyatsiyalari (kompьyuter yoki Internet tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga xizmat qiladi.
Ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi. CHunki ushbu interfaol ta’lim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiyalar asosidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab qilinadi.
Bu turdagi texnologiyalarning yaratilish tarixi 1980-yillardan – birinchi marta matnli xabarlarni almashish tizimi yaratilgan vaqtdan boshlangan. O‘tgan asrning 90-yillarida yanada takomillashgan muloqot tizimi veb-chat hamda juda qisqa vaqtda xabarlarni almashish tizimlari payo bo‘ldi. 90-yillarning oxirlariga kelib, birinchi konferents-aloqalarni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi. SHundan so‘ng ko‘plab boshqa muloqot tizimlari, jumladan, Internet tarmog‘idagi konferents-aloqalarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Vebinar mashg‘ulotlarni olib borish uchun pedagoglarning oldiga veb-kamera o‘rnatilib, u tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulot tarmoq orqali namoyish etiladi. Bu mashg‘ulotni Yer sharining istalgan nuqtasida ko‘rish, Internet tarmog‘iga ulangan kompьyuter vositasida talabalar va pedagog o‘rtasida muloqotni tashkil etish mumkin. Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqa Veb-ilova xizmati orqali ta’minlanadi.
Vebinarga ulanishi uchun ishtirokchi (talaba, tinglovchi) o‘z manzilini sayt manzilidagi brauzer qatoriga kiritishi zarur. Talabalar pedagogni tinglagan holda unga savollarni og‘zaki hamda yozma tarzida berishlari mumkin. Pedagog o‘z kompьyuterida o‘quv materiallari (matnli hujjatlar, taqdimot slaydlari va b.)ni namoyish etish, virtual doskaga yozish, chizish imkoniyatiga ega. U ishtirokchilarning barchasini ko‘rib turadi va istalgan talaba, tinglovchiga yoki ularning barchasiga bir vaqtning o‘zida e’tiborni qarata oladi. Boshqacha aytganda mashg‘ulot o‘tayotgan virtual auditoriya to‘la ravishda pedagogga ko‘rinib turadi.
Odatda vebinar mashg‘ulotlar turli shakllarda tashkil etiladi.
Ta’lim shaklining tanlanishi pedagog tomonidan qo‘yilgan maqsadan kelib chiqib belgilanadi.
Vebinar mashg‘ulotlarni o‘tkazish maqsadlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- talabalar tomonidan o‘quv materialining puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash;
- talabalarning mavjud bilimlarini mustahkamlash;
- jamoada ishlash metodlarini o‘zlashtirish;
- o‘zaro tajriba almashish;
- kasbiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish;
- bilish faoliyati miistarn’l tashkil etishda
Odatda vebinar mashg‘ulotlar talabalar tomoni o‘quv moduli, uning muayyan bo‘limi, mavzulari mustaqil o‘rganilgandan keyin tashkil etiladi. Bu mashg‘ulotlarning an’anaviy darslardan farqi – ularda har bir talaba, tinglovchi o‘quv materialini muhokama qilish va muayyan ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish masalalarini muhokama etisha faol ishtirok etishi mumkin. Mashg‘ulotning muvaffaqiyati pedagogning mahoratiga, muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkillashtirishiga, auditoriyaning faolligiga va mashg‘ulot shaklining maqsali tanlanganligiga bog‘liq.
Vebinar mashg‘ulotlar uch bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqich. Texnik ta'minot
2-bosqich. Vebinar mashg'ulotlarni tashkil etishga tayyorgarlik
3-bosqich. Vebinar mashg'ulotni olib borish
Qo‘shimcha ravishda ishtirokchilarga “Vebinarda qanday ishtirok etish mumkin?” nomli qisqacha yo‘riqnomani yuborish maqsadga muvofiqdir.
Vebinar mashg‘uloti haqidagi xabar masofaviy o‘quv kursining “Yangiliklar forumi”da tarqatilishi va tavqimda qayd etilishi kerak. Agarda vebinar mustaqil tashkil etilayotgan bo‘lsa, u holda ishtirokchilar mashg‘ulot haqida bir hafta oldin xabardor qilinishi, shuningdek, mashg‘ulot haqida yana bir bor bir kun va bir soat avval xabar yuborilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu turdagi mashg‘ulotning dasturiy ta’minoti mutaxassislar tomonidan ta’minlanadi. Ayni vaqtda vebinar mashg‘ulotlar turli tijorat (Webinar.ru, Comdi, Mirapolis Virtual Room va b.) hama erkin tarqatuvchi (OpenMeetings, OnWebinar va h.k.) serverlar yordamida tashkil etiladi.

Yüklə 48,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin